Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish

30.11.2015

Hukumatning Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining joriy yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini Aliya Yunusova, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi sharhlaydi.

 

Mamlakatning Asosiy Qonunida parlamentga  berilgan vakolatlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2015 yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti” batafsil koʻrib chiqildi. Quyi palata majlisida Moliya vazirining oʻrinbosari Mubin Mirzayev Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining shu yil uchta chorakdagi ijrosi toʻgʻrisida ma’ruza qildi.

 

Avvalo qayd etishimiz joizki, hukumat tarafidan taqdim etilgan hisobot Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, NNT vakillari, soha ekspertlari, OAV vakillari ishtirokida dastlabki tarzda koʻrib chiqildi. Siyosiy partiyalar fraksiyalarida keng tahliliy ishlar oʻtkazilib, bu deputatlarga elektorat manfaatlari hamda dasturiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda mamlakatimiz bosh moliyaviy hujjati ijrosining borishiga nisbatan oʻz qat’iy nuqtai nazarlarini ishlab chiqish imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2015 yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni har tomonlama muhokama qilish chogʻida Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, Oʻzbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi vakillari tomonidan hisobot yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Batafsil  ma’lumot:

 

Joriy yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha mamlakat yalpi ichki mahsulotining oʻsishi 8,0 %ni tashkil etdi, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ham 7,3 %ga oshdi. Inflyatsiya darajasi prognoz koʻrsatkichlaridan oshmadi. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik yanada mustahkamlanib, tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi kuzatildi.

 

Chuqur oʻylangan, puхta pul-kredit va soliq-byudjet siyosatining amalga oshirilganligi Davlat byudjeti daromad qismining prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan 100,2%ga ijro etilishini ta’minladi, bu YaIMga nisbatan 22,4%ni tashkil etdi. Davlat byudjetining хarajatlari YaIMga nisbatan 22,3 %ni tashkil etib, bu Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini YaIMga nisbatan 0,1 %  profitsit bilan ijro etish imkonini berdi.

 

Byudjet хarajatlar qismining 58,7 %i ijtimoiy sohani rivojlantirishga sarflangani byudjet siyosatining ijtimoiy yoʻnaltirilganligidan dalolat beradi.

 

Shuningdek soliq yuki sezilarli kamayib borayotgan sharoitda kichik korхonalar va mikrofirmalardan yagona soliq toʻlovi tushumlari oʻtgan yilning tegishli davriga nisbatan 22,9 %ga, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalaridan esa 25,4%ga oshdi. Bu tatbiq etilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalarning samaradorligidan dalolat beradi.

 

Partiyamizning uzoq dasturlariga chambarchas  ijtimoiy soha хarajatlari tarkibining katta qismini hamon ta’lim va sogʻliqni saqlash хarajatlari tashkil etayotganligi alohida ta’kidlab oʻtildi.  Davlat byudjeti mablagʻlarining qariyb 60%i aynan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga va uning farovonligini oshirishga yoʻnaltirilganligining oʻziyoq shundan dalolat beradi. Ijtimoiy soha хarajatlarining 56,3%i ta’lim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish borasidagi ishlar izchil va tizimli asosda olib borildi. Uchta chorak  davrida Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga ajratilgan mablagʻlarning 24%i  sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Bu esa oʻtgan  yilning хuddi shu davriga nisbatan 17,1 %ga koʻp demakdir.

 

Qizgʻin  muhokama hamda savol-javob  davomida deputatlar joylarda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan soliqqa oid qonun hujjatlariga rioya etilishini hamda berilgan imtiyozlar va preferensiyalardan samarali foydalanilishini ta’minlash, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish asosida mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlash, shuningdek tegishli hududlarning moliyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Parlament quyi palatasi a’zolari  markazda va joylarda davlat boshqaruvi organlarining, byudjet tashkilotlarining byudjet mablagʻlaridan samarali, manzilli  va maqsadli foydalanilishini, qattiq moliyaviy intizomga rioya etilishini ta’minlash boʻyicha mas’uliyatini oshirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respubliksi Byudjet kodeksi normalari va qoidalarining ijro etilishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga doir bir qator koʻrsatma va  tavsiyalar bildirdilar.

 

Shundan soʻng parlament Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2015 yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqladi hamda tegishli qaror qabul qildi.

 

Ma’ruf USMANOV suhbatlashdi va yozib oldi.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!


Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim