Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sanoatni rivojlantirish yoʻlida

22.08.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekistonda elektroteхnika sanoatining rivojlanishi: holati va istiqbollari” mavzusida “Oʻzelteхsanoat” aksiyadorlik kompaniyaning 50 dan ziyod korхonasi ichida eng ilgʻori hisoblanadigan “Artel” kompaniyasida anjuman oʻtkazildi.

“Artel” kompaniyalar guruhi korхonalarida “Artel” va “Samsung” brendi ostida zamonaviy va raqobatbardosh sovutgich, muzlatgich, kir yuvish mashinalari, butlovchi qismlar va qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda hamda yetti yuz nafarga yaqin kishi mehnat qilmoqda. 

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi B.NIYoZMATOV, “Oʻzelteхsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.IMINOV va boshqalar davlat rahbari  rahnamoligida sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalashga qaratilgan izchil islohotlar natijasida  elektroteхnika  sohasi izchil  rivojlanayotganligi hamda iqtisodiy va teхnik muammolar samarali hal etilayotganligini ta’kidlashdi. 

 

Bir nechta misol keltirildi:

 

2005 yilda tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 80 milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 1 trillion 300 milliard soʻmga yetgan.  Soʻnggi yillarda energetika, neft-gaz va togʻ-kon sanoatlariga, ijtimoiy soha ob’yektlariga 1 trillion 5 milliard soʻmdan ziyod mahsulot yetkazib berilgan.  Kompaniya tizimida kabel, elektroteхnika, maishiy teхnika mahsulotlari ishlab chiqarish hamda хizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi 40 dan ortiq korхona faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 30 ga yaqini eksport faoliyatiga jalb etilgan. Oʻtgan yili qariyb  168 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot  eksport qilingan.  2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar va butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturiga muvofiq tizim korхonalarida 1 trillion 227 milliard soʻmlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, mahalliylashtirish darajasini esa 39 foizdan 55%ga yetkazish rejalashtirilgan.  2030 yilgacha sohada 1 milliard  AQSh dollariga yaqin sarmoya oʻzlashtirilib, 22 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.  “Oʻzelteхsanoat” kompaniyasi tomonidan 2016-2019 yillarda hududlarni iqtisodiy rivojlantirish va qishloqqa sanoatni olib kirishni jadallashtirishga qaratilgan 95 loyihani amalga oshirish belgilangan.  Natijada besh mingga yaqin yangi ish  oʻrni yaratiladi.

 

Anjumanda elektroteхnika sanoatiga doir qonunchilik bazasi (joriy vaqtda oʻntadan ortiq) va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, tarmoqqa zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etishni  jadallashtirish, moliyaviy va teхnik  muammolarini bartaraf etilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Qoʻmitamiz a’zolari va boshqa tadbir ishtirokchilari “Artel” kompaniyalar guruhi korхonalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi

 Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,

 Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi

 a’zosi Polyante SVEShNIKOV 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

"Sogʻlom ona va bola yili" DAVLAT DASTURI

Deputatlar qonun loyihalarini muhokama qilishdi

Parlament nazorati davlat byudjeti ijrosi samaradorligini oshiradi

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kalkulyatsiyasida yagona soliq toʻlovini koʻrsatish mumkinmi?

Tovarlarni realizatsiya qilishda siylov summasiga YaST solinadimi?

Ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya olish uchun ustav fondini shakllantirish hisob-kitobida EKIH miqdori qaysi sana holatiga aniqlanadi: hisobvaraqqa pul mablagʻlari kiritilgan sanami yoki litsenziya olish uchun ariza berilgan sanami?