Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

Oʻzbekiston Oliy va Konstitutsiyaviy sudlari tarkibi oʻzgardi

05.12.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati 2015 yil 4 dekabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” va “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy cudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” qarorlar qabul qildi

 

 

Birinchi qarorga muvofiq Fayzulla Abdullayevich Abduazimov Oliy sud raisining oʻrinbosari etib saylandi.

 

 

Atabek Napasovich Matkarimov va Sadriddin Bavabekovich Eshankulov Oliy cudning sudyalari etib saylandi.

 

 

Ra’no Norboyevna Kamalova boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Oliy sudning sudyasi vazifasidan ozod qilindi.

 

 

“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy cudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaror bilan Uzak Bazarov va Genjemurat Pirjanov Konstitutsiyaviy cudning sudyalari etib saylandi.