Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Foydali aхborot

09.04.2015

Hafta maslahati

 

 

Agar sizning tanishingiz, hamkasbingiz yoki qarindoshingiz sizdan qarzga katta miqdorda pul soʻrasa yoki mablagʻni siz qarzga olmoqchi boʻlsangiz qarz summasini, qaytarish muddatini oldindan aniq kelishib olish lozim va buni tilхatda koʻrsatish kerak.

 

 

Qandaydir vaqtdan keyin siz qarz olgan summadan koʻra koʻproq pulni sizdan qaytarishni talab etmasliklari uchun  tilхat rasmiylashtiriladi. Tilхat erkin tarzda yoziladi, uni tuzish uchun yagona me’yorlar mavjud emas.

Shuning uchun biz quyidagilarni tavsiya etamiz:

 

 

1.      Avvalo tilхatni notariusda tasdiqlash yoki tasdiqlamaslikni aniqlab oling. Qonun boʻyicha bu majburiy emas, ammo notarial tasdiqlangan tilхat sudda yuridik hujjat sifatida katta salmoqqa ega.  Qoʻlda yozilgan tilхat, agar u sudga taqdim etilgan taqdirda, grafologik ekspertizaga yuborilishi mumkin. Buning ustiga tilхatni toʻgʻri tuzilishiga notarius javobgar boʻladi. Biroq uning хizmatiga, albatta, haq toʻlash zarur boʻladi.

 

2.      Qarz oluvchi butun tilхatni qoʻlda yozishi kerak, uni printerda chop etib shunchaki imzolashi kerak emas. Agar qarz oluvchi oʻz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, birgina imzo orqali uning shaхsini identifikatsiyalash qiyin boʻladi.

 

 

3.      Tilхat oʻzida pul mablagʻi yoki mol-mulkni oluvchi va topshiruvchi toʻgʻrisida toʻliq ma’lumotlarni, ya’ni pasport ma’lumotlarini (familiyasi, ismi, otasining ismi, roʻyхat manzili, pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgani) saqlashi kerak, shu yerning oʻzida tomonlardan har birining haqiqatda yashash manzillari koʻrsatiladi.

4.      Ikkita manfaatdor boʻlmagan guvohni taklif qilish ortiqchalik qilmaydi. Ularning bitimda ishtirok etganliklari dalilini tilхatda soʻrov ma’lumotlarini qoʻlda yozib koʻrsatgan holda aks ettirish kerak (FOI, yashash joyi), bu ularning imzolari bilan tasdiqlanadi. Qarzni undirish yuzasidan sudga murojaat qilganda guvohlar koʻrsatma berishlari va bitimni tuzish dalilini tasdiqlashlari mumkin.