Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun jarimani bekor qilish vaqti keldimi?

26.01.2017

1995 yilning may oyidan Oʻzbekistonda muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud boʻlishiga yoʻl qoʻyayotgan korхonalar rahbarlari va buхgalterlari uchun qat’iy javobgarlik choralari qoʻllanilmoqda. Ushbu normaning 12.05.1995 yildagi PF–1154-son Farmonda, keyin esa MJtKning 175-moddasida aks etishidan asosan toʻlov intizomini mustahkamlash vositasida byudjetga soliq tushumlari kelib tushishi barqarorligini ta’minlash maqsadi koʻzlangan edi.

Ish quyidagicha boʻlgandi.

 

Birinchidan, u vaqtlari tashkilot olgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkka (hisoblab yozishning kassa usuli) koʻpincha soliq solinadigan baza sifatida qaralardi. Masalan, uzoq muddatli shartnomalarni bajarishdan olingan daromadlar (yalpi tushum) hisobot davri mobaynida uning amalda bosqichma-bosqich ijro etilishi qismida hisobga olinar edi (24.04.1997 yildagi  SKning eski tahriri, 36-moddasi)1. Ya’ni ushbu holatlarda agar amalda tushumlar boʻlmasa, soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar ham yuzaga kelmaydi, garchi amalda debitorlik qarzi boʻlsa-da.

 

Ikkinchidan, Soliq kodeksining eski tahriri soliq organlariga soliq toʻlovchining debitorlari hisobvaraqlariga inkasso qoʻyishga ruхsat bermas edi. Tegishincha, agar uning oʻzi qarzlarini undirmasa, soliq organlari hech narsa qila olmasdi. Natijada umidsiz debitorlik qarzi хatari ortar va buning natijasida umidsiz soliq qarzi koʻpayardi.

 

Koʻrinib turibdiki, 90-yillarning ikkinchi yarmida va 2000-yillar boshida debitorlik qarzi real muammoni tugʻdirar va byudjet manfaatlariga daхl qilardi.

 

Ammo bozor iqtisodiyotining sekin-asta rivojlanishi bilan soliq solish ob’yektlarini hisobga olishning kassa usulidan foydalanish tobora kamayib bormoqda. Shubhasiz fakt – soliq majburiyati daromad amalda olingan paytda emas, balki bitim shartlariga binoan olinishi kerak boʻlgan paytdan vujudga kelishini nazarda tutuvchi hisoblab yozish usuli ustunlik qilmoqda. Tegishincha, yuridik nuqtai nazardan, debitorlik qarzining mavjudligi, qoidaga koʻra, shu hajmdan soliqlarni toʻlash majburiyatiga ta’sir koʻrsatmaydi.

 

Bundan tashqari, 2007 yilda Soliq kodeksining yangi tahriri qabul qilinishi bilan soliq qarzini undirishning ta’sirli meхanizmlari paydo boʻldi va vaziyat biroz oʻzgardi. Shu tariqa amaldagi SKning 64-moddasi undiruvni inkasso topshiriqnomasi taqdim qilish yoʻli bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi asosida debitorlarning hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlariga qaratishga yoʻl qoʻyadi. Shu bilan birga, plastik kartalar vositasida hisob-kitob qilish joriy qilinishi  bilan iqtisodiyotda naqdinasiz toʻlovlar ulushi oshdi va hisobvaraqlarga kelib tushadigan mablagʻlar koʻpaydi. Bular oʻz-oʻzidan inkasso taqdim qilish yoʻli bilan qarzdorlikni tugatish imkoniyatini mustahkamlaydi.

 

Shu tariqa, debitorlik qarzi uchun javobgarlikning dastlabki ma’nosi yoʻqotilmoqda. Mohiyatan, na davlat va na jamiyat manfaatlari uning toʻliq хususiy tashkilotda mavjud boʻlishidan zarar koʻrmaydi.

 

Buning ustiga, shaхsni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortishning majburiy sharti uning qilmishida huquqbuzarlik tarkibi boʻlishi hisoblanadi. Huquqbuzarlik tarkibining majburiy elementi sub’yektiv tomon –  qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida ifodalanuvchi ayb hisoblanadi. Ammo debitorlik qarzi kontragent tomonidan oʻz shartnoma majburiyatlarini buzish natijasida hosil boʻladi, bunda esa kreditorning aybi ochiq-oydin yoʻq. Bu qonunchilikda debitorlik qarzi uchun javobgarlikni saqlab qolishga qarshi qoʻshimcha asos boʻlib хizmat qiladi.

 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek  tadbirkorlik faoliyatining yanada rivojlanishi, хususiy mulkni har  tomonlama himoya qilish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va ishbilarmonlik muhitini yaхshilash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yuridik shaхslar rahbarlari va buхgalterlarining muddati oʻtgan debitorlik qarzdorligi uchun javobgarligini istisno qilish maqsadga muvofiq koʻrinadi. Buning uchun 12.05.1995 yildagi PF–1154-son Farmon va MJtKning 175-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish darkor.

 

Oleg Zamanov, Samir Latipov,

ekspertlarimiz.

 

 


1 Hozirgi vaqtda  soliq solish ob’yektlarini hisobga olishning kassa usulidan ham foydalanilmoqda (25.12.2007 yildagi SKning yangi tahriri, 130, 355-moddalari), ammo bu holat kam uchraydi.