(old tomoni)
_______-sonli YOʻLOVChI BOJXONA DEKLARATsIYaSI
Mazkur Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxs tomonidan toʻldiriladi.
Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga «X» belgisini chizish
yoʻli bilan javob beriladi.
Mazkur Deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki
undan chiqishning butun davri davomida saqlab turish tavsiya etiladi.
1. Shaxs toʻgʻrisida ma’lumotlar:
___________________________________________|_____________________________________
(Familiyasi) (ismi)
Tugʻilgan sanasi: _____ _____ __________ jinsi: erkak ayol
kun oy yil
____|______________ ___________________ _______________________
(Pasport seriyasi va raqami) (Doimiy yashash mamlakati) (Fuqaroligi)
Men bilan birga 16 yoshga toʻlmagan shaxslar harakatlanmoqda
Ha Yoʻq Soni _______
2. Harakat turi: Kirish Chiqish
_____________________________ ______________________________
(Qaysi mamlakatdan keldi) (Qaysi mamlakatga boryapti)
(joʻnab ketgan mamlakati koʻrsatiladi) (borish mamlakati koʻrsatiladi)
3. Safar maqsadi:
Xizmat Oʻqish Ish Sayohat
Qarindoshlarni yoʻqlash Davolanish Doimiy yashash joyi Tijorat
4. Bagaj mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumot: Ha Yoʻq
5. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar mavjudligi toʻgʻrisida ma’lumotlar:
|
T/r |
Valyuta nomi |
Miqdori |
|
|
raqam bilan |
yozuv bilan |
||
|
1. |
|
|
|
|
2. |
|
|
|
|
3. |
|
|
|
|
Har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar: |
|||
|
1. |
|
|
|
|
2. |
|
|
|
6. Tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisida ma’lumotlar:
|
T/r |
Tovarning nomi |
Miqdori |
Qiymati, |
|
|
raqam bilan |
yozuv bilan |
|||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Umumiy qiymati (jami) |
|
|||
Transport vositasi toʻgʻrisida ma’lumotlar:
Davlat raqami ______________ turi, rusumi _____________________
(orqa tomoni)
ESLATMA
Mazkur Deklaratsiyada koʻrsatilgan ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar tovarlar va transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish yoki undan olib chiqish uchun asos boʻladi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar roʻyxati:
a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar;
b) Davlat va jamiyat qurilishiga raxna solishga, hududiy yaxlitlik, siyosiy mustaqillik va davlat suverinitetini buzishga, urush, terrorizm, zoʻravonlik, milliy ustunlik va diniy nafrat, irqchilik va uning turlarini (antisemitizm, fashizm) hamda pornografik mazmundagi materiallarni targʻib etishga qaratilgan bosma asarlar, qoʻlyozmalar, klishelar, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlari, gramzapislar, ovoz yozilgan materiallar;
v) portativ lazerli nur tarqatgichlar;
g) portlovchi moddalar va portlatish vositalari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar roʻyxati:
a) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar;
b) don (bugʻdoy, suli, arpa, guruch, makkajoʻxori, grechixa); non mahsulotlari (undan tayyorlangan qandolat mahsulotlari, piroglar, oʻzi ishlab chiqargan pishiriqlardan tashqari); un, yormalar; uy hayvonlari, parrandalar; goʻsht va iste’molbop goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlar, uy parrandasining iste’molbop mahsulotlari; shakar; oʻsimlik yogʻlari; teri xom ashyosi (nostandart terilar ham), teri-moʻyna, shu jumladan qorakoʻl terisi (nostandart terilar ham) xom ashyosi; rangli metall parchalari va chiqindilari; chuvatish imkoni boʻlgan pilla, xom ipak (eshilmagani), ipak chiqindilari (shu jumladan chuvatish imkoni boʻlmagan pilla, pilla ipi chiqindilari va yumshatilgan chiqindilari); polietilentereftalat (PET) chiqitlari, qiyqindilari va skrap (qirindi)lari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxatga asosan respublikadan olib chiqib ketilishi mumkin boʻlmagan biologik ob’yektlar.
3. Vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari (litsenziyalar) talab etiladigan tovarlar roʻyxati:
Qurol, oʻq-dorilar; hayvonot va oʻsimlik dunyosi ob’yektlari; radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar; madaniy boyliklar (rasmlar, haykaltaroshlik asarlari, an’anaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari va boshqalar) vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari boʻlgan taqdirda Deklaratsiyada majburiy ravishda koʻrsatish sharti bilan olib oʻtilishiga ruxsat etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi:
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan rezidentlar va norezidentlar tomonidan eng kam ish haqining 5 baravaridan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi olib oʻtilayotgan boʻlsa Deklaratsiyada majburiy tarzda koʻrsatilishi lozim.
Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishda belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmagan miqdorigacha ruxsat etiladi.
5. Naqd chet el valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi:
Rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan naqd chet el valyutasi miqdoridan qat’i nazar, Deklaratsiyada majburiy tarzda koʻrsatilishi lozim.
Norezidentlarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vaqtida Deklaratsiyada koʻrsatilgan miqdorda naqd chet el valyutasini respublika hududidan olib chiqilishiga ruxsat etiladi.
6. Rezidentlar va norezidentlar tomonidan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishdagi bojsiz olib oʻtish me’yorlari:
Rezidentlar va norezidentlar tomonidan oʻz ehtiyoji uchun tovarlarni bojsiz olib kirish me’yorlari quyidagilarni tashkil etadi:
10 AQSh dollari — iste’mol tovarlarini chegaradosh davlatlardan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston) olib kirishda;
1000 AQSh dollari — tovarlarni chegaradosh boʻlmagan davlatlar hududidan olib kirishda (tijorat maqsadida olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno).
Qiymati 1000 AQSh dollari ekvivalentigacha boʻlgan tovarlar (tijorat maqsadida olib chiqilayotgan tovarlar bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqilayotganda Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatiladi. Tovarlarning qiymati 1000 AQSh dollaridan oshadigan boʻlsa, bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilishi lozim.
Eslatmaning 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan tovarlar hamda bojsiz olib kirish me’yorlaridan oshgan tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumot Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatilishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi yoki naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliqlari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur ma’lumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qoʻshimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari toʻldirilmaydi.
Deklaratsiyada notoʻgʻri ma’lumotlar koʻrsatganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilish toʻgʻrisida xabardorman.
20___ yil «___» ________ Shaxsning shaxsiy imzosi _________
Bojxona organi xodimining shaxsiy muhri oʻrni.



