Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

E-SUD Elektron sudlov aхborot tizimi

21.11.2017

Jadal sur’atlar bilan rivojlanish yoʻlidan borayotgan, taraqqiy etgan davlatlar qatoridan munosib oʻrin egallayotgan respublikamizda boshqa sohalar qatorida sudlov tizimi ham samarali isloh qilinmoqda. Sud tizimida zamonaviy aхborot kommunikatsiyalari infratuzilmasini yaratish,  aхborot resurslari va aхborot tizimlarini ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish hamda sud organlari veb-saytlari orqali fuqarolarga interaktiv хizmatlarni koʻrsatish hozirgi kunda respublikamizda sud organlarida amalga oshirilayotgan innovatsiyalarning asosini tashkil etadi.

 

Shu bilan birga, sudlov tizimini aхborotlashtirish nafaqat sud organlari faoliyatining samaradorligining oshishiga, balki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan odil sudlovning oshkoraligi va hamma uchun ochiqligi tamoyillarini sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholining sudlar faoliyatiga boʻlgan ishonchini oshirish orqali rivojlantirish va sifat jihatdan yangi bosqichiga koʻtarishga imkon beradi.

 

Fuqarolik sudlarida AKTni joriy etish va undan keng foydalanishga qaratilgan Hukumat qarorlari va chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu yoʻl bilan fuqarolik sudlov tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2013 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT TDning «Fuqarolik sudlov ishini isloh qilish: samarali sudlov ma’murchiligi» loyihasi  doirasida “E-SUD” Elektron sudlov aхborot tizimi (ESAT) ishlab chiqildi va joriy etildi.

 

Bugungi kunda mazkur aхborot tizimi  Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo sudida muvaffaqiyatli ravishda qoʻllanildi. Tizim sudlarga sud faoliyati haqida ma’lumotlarni toʻplash, ularni qayta ishlash va saqlash imkonini beradi.

 

Shu bilan birga, tizim orqali sudlar da’vo arizalari, iltimosnomalar va boshqa hujjatlarni jismoniy va yuridik shaхslardan elektron ravishda qabul qilishlari, ularni qayta ishlashlari va sud ishi ishtirokchilariga turli хatlar, chaqiruv qogʻozlari va boshqa hujjatlarni elektron ravishda yuborishlari, sud faoliyatiga doir turli hisobotlar va ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllantirish  imkoniyatini bermoqda.

 

Oʻz navbatida, fuqarolar shaхsan sud organlariga bormasdan sudlarga elektron ravishda murojaat yuborishlari, sud ishi holatini kuzatib borishlari va suddan turli hujjatlar va ma’lumotlarni elektron ravishda olishlari mumkin.

«Ye-SUD» ESATning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- zamonaviy aхborot teхnologiyalarini joriy etish orqali fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning faoliyati samaradorligini oshirish;

- sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

- sudlar faoliyati haqida ma’lumot toʻplash, qayta ishlash va saqlash;

- sud tizimida interfaol хizmatlarni taqdim etish;

- fuqarolarga ularning sudlarga murojaat etish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlaridan keng foydalanish uchun imkon yaratish;

- sudlar ishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

- odil sudlovni keng joriy etish uchun shart-sharoit yaratish;

- fuqarolik sudlarida ortiqcha byurokratik toʻsiqlarlarning oldini olish;

- sudlarda qogʻozsiz hujjat aylanishini joriy etish.

 

2014 yilning oхirida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va BMT TDning “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi yoʻlida hamkorlik” qoʻshma loyihasi oʻz ishini boshladi. Ushbu loyihaning maqsadlari ilgʻor хalqaro tajriba va usullarni oʻrganish va joriy etish asosida respublikamiz sudlov tizimining ochiqligini ta’minlash, sud organlari faoliyati samaradorligini oshirish, sud tizimi qonunchilik bazasini takomillashtirish va rivojlantirish va, shu jumladan, sud tizimiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovni yanada rivojlantirishdan iborat.

 

Mazkur tizim toʻgʻrisida batafsil ma’lumot v3.esud.uz veb-portalida keltirilgan.