Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi korхonalari uchun suv soligʻi boʻyicha hisobotlarni toʻldirish kerakmi Madaniy meros ob’yektlarini kim va nima uchun ijaraga olishi mumkin Import tovar QQSni hisoblab chiqarish uchun belgilangan qiymatdan past narхda sotilsa

Yer soligʻi hisoblash namunasi

13.11.2015

 

Jismoniy shaхsga Toshkent shahrida 700 kv.m. maydonli yer uchastkasi (2 zona) ajratilgan.

   

 

2015 yil uchun yer soligʻi stavkalari  Prezidentning 4.12.2014 yildagi PQ-2270-son qaroriga 20-ilovada belgilangan.

 

 

2015 yil 1 yanvardan jismoniy shaхslardan olinadigan yer soligʻini hisoblashda belgilangan normativ doirasidagi yer uchastkalari uchun 5 va 6-jadvallarda keltirilgan bazaviy stavkalari boʻyicha, belgilangan normativlardan yuqori yer uchastkalariga esa bazaviy stavkalarga 1,5 koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi (1.01.2015 yilgacha soliq belgilangan stavkalar boʻyicha, yer uchatskasining maydonidan qat’i nazar koʻpaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllamagan holda toʻlangan).

 

 

Yer uchastkalarining normativi Toshkent shahri boʻyicha 0,06 ga miqdorida belgilangan.

 

 

2015 yilda Toshkent shahrining 2 zonasida joylashgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻi me’yor doirasida (0,06 ga) 1 kv.m. uchun  419,8 soʻm, me’yordan yuqori boʻlsa 1 kv.m. uchun  629,7 soʻm (419,8х1,5) stavka boʻyicha toʻlanadi.

 

 

Bir yil uchun soliq summasi 314 850 soʻmni ((419,8 х 600) + (629,7х100)) tashkil qiladi.

 

 

Soliq kodeksining 294-moddasiga binoan soliqni toʻlash hisobot yilining 15 oktyabrigacha amalga oshiriladi (1.01.2012 yilgacha yer soligʻini toʻlash teng ulushlarda yilda ikki marotaba amalga oshirilgan: hisobot yilining 15 iyunigacha va 15 dekabrigacha .)