Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Raznoye
  • Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar:

01.05.2023

1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilmagan yoki FPKga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga хatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;

2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u ish yuritishga хatoga yoʻl qoʻyilib qabul qilingan boʻlsa;

3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan berilgan boʻlsa;

4) kassatsiya shikoyatidan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyatini bergan shaхsdan kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;

5) protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza protest keltirgan prokurordan yoki yuqori turuvchi prokurordan kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan keyin kelib tushgan boʻlsa;

6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaхs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa;

7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa.