1-mavzu: Buxgalteriya hisobi asoslari.
Buxgalteriya hisobining vazifasi; buxgalteriya ma’lumotlaridan foydalanuvchilar; korxonaning mol-mulki (aktivlari) va ularning kelib chiqish manbalari (passivlari); xoʻjalik operatsiyalarining 8 turi; ikkiyoqlama yozuv qoidasi; hisobvaraqlar (schyotlar) turlari: aktiv va passiv schyotlar, ularning oʻziga xos xususiyatlari; oʻtkazmalar bilan ishlash;
2-mavzu: Xususiy kapital hisobi
Ustav kapitaliga kiritmalar; ustav kapitaliga kiritmalarni buxgalteriyada aks ettirish; taqsimlanmagan foyda va qoplanmagan zarar, sof aktivlar hisobi;
3-mavzu: Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar moddiy zaxiralari hisobi.
Aktivlarni tan olish mezonlari; aktivlarning hisobini yuritishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari; uzoq muddatli aktivlarga amortizatsiya hisoblash; aktivlarni hisobdan chiqarish tartibi; ular bilan bogʻliq operatsiyalarni hujjatlashtirish;
4-mavzu: Pul mablagʻlari hisobi.
Kassa operatsiyalarini yuritish; boshlangʻich hujjatlar; kassa kitobi; bank hisobvaragʻidagi operatsiyalar;
5-mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini turkumlash; tannarxni aniqlash; ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yuritish;
6-mavzu: Tayyor mahsulot va tovarlar realizatsiyasi.
Tayyor mahsulotlar hisobi, tovarlar hisobi, tovarlar va mahsulotlar realizatsiyasini buxgalteriyada aks ettirish;
7-mavzu: Korxonalar oʻrtasidagi hisob-kitoblar.
Boʻnaklar hisobi; hisobvaraq-fakturani toʻldirish tartibi; hisobvaraq-fakturalar reyestri; boshlangʻich hujjatlarni tartibga solish va roʻyxatga olish tartibi;
8 mavzu: Moliyaviy natijalarni shakllantirish
Tovarlar realizatsiyasidan daromadlar, boshqa daromadlar; davr xarajatlari; yalpi foyda; balansni shakllantirish; moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish; moliyaviy hisobotlarni topshirish muddatlari .



