Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun pochta manzilini oʻzgartirish shartlari ba’zan imkonsiz vazifaga oʻхshab qolmoqda 2026 yil yanvardan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradi 2026 yil yanvardan qanday oʻzgartirishlar kuchga kiradi

Mol-mulk soligʻini hisoblash namunasi

13.11.2015

 

Kvartiraning umumiy maydoni – 70 kv.m., uning kadastr hujjatlari boʻyicha inventarizatsiya qiymati – 10 000 ming soʻm.

 

 

Soliq summasi 130 ming soʻmni (10 000 х 1,3%) tashkil qiladi. (1,3% – 2015 yil uchun jismoniy shaхslar uchun  mol-mulk soligʻi stavkasi).

 

 

Pensionerga mulk huquqida tegishli boʻlgan mol-mulkning umumiy inventarizatsiya qiymati 1 750 ming soʻmni,  mol-mulkning umumiy maydoni hajmi 158 kv.m.ni tashkil qiladi.

 

 

Soliq kodeksining 275-moddasiga asosan pensionerlar mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozga ega – ularga tegishli mol-mulkka soliq solinmaydigan maydon hajmi doirasida soliq solinmaydi. Soliq solinmaydigan maydon hajmi 60 kv.m.ni  tashkil qiladi (Prezidentning 4.12.2014 yildagi PQ-2270-son Qaroriga 19-ilova).

 

 

Pensionerlar uchun  byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan mol-mulk soligʻi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:

 

(S umum. - (S umum. / S umum.) х 60 kv. m.) х M,  bunda:

 

S umum. – mol-mulk bilan band boʻlgan maydonning umumiy hajmi;

S umum. - mol-mulkning umumiy inventarizatsiya qiymati;

M – mol-mulk soligʻi stavkasi.

 

 

Modomiki kvartiraning umumiy maydoni  200 kv.m.dan oshmas ekan, soliq soliq solinadigan mol-mulkning inventarizatsiya qiymatiga nisbatan 1,3 foiz stavka boʻyicha toʻlanadi (Prezidentning 4.12.2014 yildagi PQ-2270-son Qaroriga 19-ilova)

 

 

Mazkur vaziyatda byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi 14 111 soʻmni ([1750 - 1750 / 158 х 60]) х 1,3%) tashkil qiladi.