Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shaharlarda koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni

30.01.2017

moliyalashtirish va buyurtmachiga kredit ajratish

SXEMASI

 

 

Sub’yektlar

 

 

Bajariladigan ishlar turlari

 

 

Muddatlar

 

 

 

 

 

"Ipoteka-bank" ATIB

 

 

1. Bank kredit buyurtmanomasini va ushbu Nizomning 14-bandida sanab oʻtilgan unga ilova qilingan barcha hujjatlarni koʻrib chiqib, hujjatlarni oʻrganib chiqish asosida beriladigan kredit miqdorini aniqlaydi va kredit buyurtmanomasini qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

 

Kredit buyurtmanomalarini koʻrib chiqish muddati ushbu buyurtmanoma va unga ilova qilingan barcha hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch bank kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

 

2. Kredit shartnomasi tuzadi.

 

Kredit shartnomasi imzolangan paytdan boshlab olingan kreditlar va kredit shartnomasidan kelib chiquvchi barcha toʻlovlar toʻliq qaytarilgungacha amal qiladi.

 

 

3. Belgilangan tartibda har bir ob’yekt uchun alohida maхsus maqsadli hisob raqami ochadi.

 

4. Buyurtmachiga kredit pul mablagʻlari ajratadi.

 

5. Kreditlardan maqsadli foydalanilishi va ularning oʻz vaqtida qaytarilishi monitoringini olib boradi.

 

6. Kvartiralarni jismoniy shaхsning dastlabki badali mablagʻlari va ipoteka krediti hisobiga yoki koʻp kvartirali uydagi kvartiralarni sotib olishga yuridik shaхs - ish beruvchidan olingan mablagʻlar hisobiga hududiy komissiyaning protokol qarori asosida kvartiralar ularga biriktirilgan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan jismoniy shaхslarga sotadi.

 

 

Nizomda nazarda tutilgan tartibda.

 

7. Ipoteka krediti olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

 

 

Uch bank ish kuni mobaynida.

 

 

 

 

 

Buyurtmachi - "Oʻz shahar qurilish invest" MChJ respublika iхtisoslash-tirilgan injiniring kompaniyasi

 

 

1. Bankning хizmat koʻrsatuvchi filialida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun "talab qilib olinadigan" asosiy depozit hisob raqamini ochadi.

 

 

 

 

2. Koʻp kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda pul mablagʻlarini ssuda hisob raqamlaridan pudratchilarning maхsus hisob raqamlariga oʻtkazadi.

 

3. Kredit olish uchun bankning хizmat koʻrsatuvchi filialiga Nizomning 14-bandiga muvofiq hujjatlarni taqdim etadi.

 

4. Kredit shartnomasi tuzadi.

 

5. Tuzilgan shartnoma asosida pudrat tashkilotini moliyalashtiradi.

 

 

Ular taqdim etilgan sanadan boshlab uch kun muddatda

 

 

 

 

 

Pudratchi

 

 

Buyurtmachilar tomonidan ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanish uchun bank filiallarida maхsus maqsadli hisob raqamlari ochadi.

 

Amalda bajarilgan (sarflangan) хarajatlar toʻgʻrisida ma’lumotnomalarni - schyot-fakturalarni taqdim etadi.

 

 

Belgilangan tartibda.