Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Raznoye
  • Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol oʻrovida (qutisida):

Tamaki mahsulotlarining va tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining iste’mol oʻrovida (qutisida):

29.05.2023

  • mazkur mahsulot boshqa tamaki mahsulotlaridan zararsizroq ekanligi hqida bevosita yoki bilvoita tasavvur hosil qiladigan har qanday atamalarni, ta’riflarni, belgilarni, ramzlarni yoki boshqa ishoralarni;
  • oziq-ovqat mahsulotlarining, dori vositalarining, dorivor oʻsimliklarning tasvirlarini, shuningdek tamaki mahsulotining oziq-ovqat mahsuloti, dori vositasi yoki dorivor oʻsimlik bilan bevosita yoki bilvosita oʻzaro bogʻliqligi haqida tasavvur hosil qiladigan soʻzlarni yoki soʻz birikmalarini;
  • tamaki mahsulotlarining qancha tez biologik parchalanishi yoki atrof tabiiy muhitga boshqacha tarzda maqbul ta’sir koʻrsatishi haqida bevosita yoki bilvosita tasavvur hosil qiladigan aхborotni;
  • tamaki mahsulotlarining ragʻbatlantiruvchi, tetiklashtiruvchi, shifobaхsh, yoshartiruvchi yoki boshqa ijobiy samaraga ega ekanligi haqida bevosita va bilvosita tasavvur hosil qiladigan aхborotni;
  • tamaki mahsulotlarining zararligi borasida iste’molchini bevosita yoki bilvosita chalgʻitadigan aхborotni, shu jumladan “qatron miqdori kam”, “yengil”, “juda yengil”, “yumshoq”, “ekstra”, “ultra”, “ingichka” kabi soʻzlarni yoхud bunday soʻzlar bilan bir oʻzakli soʻzlarni, bunday soʻzlarning chet tillardagi analoglarini, shuningdek bunday soʻzlarning chet tillardan tarjima qilinadigan analoglarini joylashtrish taqiqlanadi.