Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
QARORI
18.10.2017 g.
PQ–3337-son
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat koʻrsatishini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasi vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy manzilda joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda ob’yekt deb yuritiladi) operativ boshqarish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullansin.
2. Toshkent shahri hokimligi ob’yektni bir oy muddatda belgilangan tartibda topshirsin, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qabul qilib olsin hamda ob’yektni saqlash va undan samarali foydalanish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
3. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Asaka” aksiyadorlik tijorat bankini banklarga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan binoga joylashtirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017 yil 15 fevraldagi PQ–2778-son qarori matnining 9-bandidagi “Mustaqillik maydoni, 5-uyda” soʻzlari “Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining tuzilmasini maqbullashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015 yil 31 dekabrdagi PQ-2463-son qarorining 8-bandi hamda unga 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Toshkent shahri hokimi R.J. Usmonov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti |
Sh.Mirziyoyev |