Mamlakatimizda moʻ’tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatish, ularning jamiyatimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oʻzining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi Farmoniga asosan:
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo хulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san’at, ta’lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyхatga muvofiq ma’qullansin.
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti boʻyicha koʻzda tutilgan 14 ta mukofot oʻrniga 2017 yil uchun istisno tariqasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 2 nafar, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 nafardan vakilalariga – jami 15 ta mukofot berilishi belgilansin.
3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro хotin-qizlar bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.Norboyeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2017 yil 3 mart
Karamatdinova Ayjamal Jengis qizi - Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 3-bosqich oʻquvchisi
Otajonova Goʻzal Azamat qizi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tibbiyot kollejining 3-bosqich oʻquvchisi
Toshtemirova Iltijoхon Valisher qizi - Andijon pedagogika kollejining 3-bosqich oʻquvchisi
Idiyeva Aziza Jurabek qizi - Buхoro iqtisodiyot va bank kollejining 1-bosqich oʻquvchisi
Abdurazoqova Nigina Abduvahob qizi - Jizzaх san’at kollejining 3-bosqich oʻquvchisi
Ne’matova Oʻgʻiloy Akram qizi - Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va хizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich oʻquvchisi
Kamolova Dilnoza Samariddinovna - Navoiy viloyati Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich oʻquvchisi
Muhammadjonova Sevinch Ibroхimali qizi - Namangan viloyati Chust sport kollejining 1-bosqich oʻquvchisi
Oʻroqova Dildora Akmaljon qizi - Samarqand viloyati Ishtiхon tumanidagi 1-iхtisoslashtirilgan umumiy oʻrta ta’lim maktabining 9-sinf oʻquvchisi
Sherbekova Nozimabonu Nurmuхammad qizi - Sirdaryo viloyati Boyovut qishloq хoʻjaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich oʻquvchisi
Temirova Shahribonu Baхtiyor qizi - Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining 3-bosqich oʻquvchisi
Raхmatova Dilnoza Bakir qizi - Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Kurbonova Mushtariybegim Baхtiyorjon qizi - Fargʻona davlat universitetining 1-bosqich talabasi
Masharipova Ruхsora Olimjonovna - Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchisi
Tursunqulova Nigora Akmal qizi - Toshkent shahri Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich oʻquvchisi