Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

11.11.2014

na russkom

Loyiha

 

Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining
tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish munosabati bilan
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish
va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 

 

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi 223–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, № 4, 76-modda; 1992 yil, № 9, 363-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 4-5, 126-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, № 12, 640-modda, 2009 yil, № 9, st. 330) 11-moddasi beshinchi qismdagi “ikki” degan soʻz “bir” degan soʻz bilan almashtirilsin.

 

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5-6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda, 2014 yil, 5-son, 130-modda) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi “dehqon va fermer хoʻjaliklari” degan soʻzlardan keyin “nodavlat notijorat tashkilotlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

 

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi 763–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, № 5, 115-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda, 2012 yil, 4-son, 106-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

 

1) 22-moddaning toʻrtinchi qismidagi “guvohnomaning notarial tartibda tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

 

2) 23-moddadagi “ikki” degan soʻz “bir” degan soʻz bilan almashtirilsin.

 

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda) 335-moddasining 2-bandi “aksiyadorlik jamiyatlarini” degan soʻzlardan keyin “Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalari (vakolatхona va filiallari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

 

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi

            Prezidenti