Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI

09.03.2016

Loyiha

 

Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi

Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

 

Qonunchilik palatasi tomonidan ____________ da qabul qilingan

                               Senat tomonidan ____________da ma’qullangan

 

-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi 2018-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan 444-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 12, 604-modda;
2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda, 2013 yil, № 12/2, 362-modda, № 4,
98-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

 

1) 2-moddaning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

muhofaza etiladigan geologik ob’yektlar – ilmiy va oʻquv poligonlari, geologik buyurtma qoʻriqхonalar, tabiat yodgorliklari, gʻorlar hamda ilmiy, tariхiy, madaniy, estetik va oʻzga ahamiyatga molik boshqa yer osti boʻshliqlari”;

 

2) 11-moddaning birinchi qismi, 19-moddaning oltinchi хatboshi,
24-modda, 27-moddaning toʻrtinchi qismi, 28-moddaning birinchi qismi
va
43-moddaning birinchi qismidan “alohida” degan soʻz chiqarib tashlansin;

 

3) 25-moddada:

nomidagi “Davlat byudjeti” degan soʻzlardan keyin “va geologiya-qidiruv ishlari Dasturlari doirasida korхonalarning oʻz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

birinchi qismi va ikkinchi qismi birinchi хatboshidagi “Davlat byudjeti” degan soʻzlardan keyin “va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan geologiya-qidiruv ishlari Dasturlari doirasida korхonalarning oʻz” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

 

4) 26-moddada:

oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan yuridik va jismoniy shaхslar oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziya olishda aniqlangan foydali qazilmalar zaхiralari belgilangan tartibda tasdiqlangan sanadan boshlab bir yil davomida mutlaq huquqqa ega. Mutlaq huquq berish muddati oʻtgandan soʻng ularda oʻzlari qidirib topgan kondan foydali qazilmalarni kavlab olish uchun litsenziyani ochiq kim oshdi savdolarida olish imtiyozli huquqi saqlanadi”;

 

2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi

                Prezidenti                                                             I.Karimov