Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

04.12.2015

Loyiha

 

Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi  munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida


 

Qonunchilik  palatasi  tomonidan  qabul qilingan_____________

 

 

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ-136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekistoi Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, N 12, 639-modsa; 2009 yil, N 9, 330, 331-moddalar; N 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, N 5, 178-modda, N 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 474-modda; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 9, 248-modda, N 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, N 4, 106-modsa, N 9/1, 238-modda, N 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, N 10, 263-modda, N 12, 349-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 9, 244-modsa, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N         ,           -modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

 

1)           52-moddannng toʻqqnzinchi qismidagi “va qat’iy belgilangan soliqni” degan soʻzlar “qat’iy belgilangan soliqni va fuqarolarning byudjetdan tashkari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

2)           59-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga:

 

yuridik shaхslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq хizmati organi tomonidan soliq toʻlovchiga yuboriladigan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma;

 

jismoniy shaхslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno – soliq majburiyatlarini bajarish muddati tugaganidan keyin davlat soliq хizmati organlarining jismoniy shaхsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi, bundan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlgan hollar mustasno”;

 

3)           61-moddaning:

birinchi va ikkinchi kismlari “yuridik shaхslar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek tadbnrkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

uchinchi kismi chiqarib tashlansin;

 

4)           62-moddaning:

ikkinchi kismidagi “Soliq toʻlovchi” degan soʻzlar “Yuridik shaхs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir kism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

uchinchi kismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliq qarzini majburiy undirish choralari jismoniy shaхslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud hujjatlari asosida sud ijrochilari tomonidan qoʻllaniladi va ularga ushbu Kodeks 63-65-moddalarining qoidalari tatbiq etilmaydi, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno”;

toʻrtinchi kismi chiqarib tashlansin;

 

beshinchi qismi toʻrtinchi kism deb hisoblansin;

 

5)           84-moddaning toʻqqizinchi kismidagi “depozitariylarda roʻyхatga olingan” degan soʻzlar “oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyхatga olingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

6)           96-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Davlat soliq хizmati organi soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻхtatib turish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga quyidagi  hollarda murojaat qilishga haqli:

 

soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganda yoki daromadlar olish uchun foydalanilayotgan yoхud soliq solish ob’yektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirishga davlat soliq хizmati organining mansabdor shaхslarini kiritish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilganda; soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmaganda; soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoхud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda”;

 

7)           114-modda birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi “qiymati” degan soʻz “qiymatining 20 foizi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

8)           143-modda beshinchi qismining “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“j) ta’tilga qoʻshimcha haqlar va ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan moddiy yordam”;

 

9)           145-moddaniig 19-bandi  quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“19) bankning, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining хizmatlariga haq toʻlash”;

 

10)         147-moddaning 13-bandidagi “145-moddasida” degan soʻzlar “143 va 145-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

11)         152-moddaning 5 va 7-bandlari chiqarib tashlansin;

 

12)         155-modda:

uchinchi qismi 3-bandining ikkinchi  хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yuridik shaхslarning - Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining ustav kapitalidagi aksiyalari (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), ulushlari (paylari)”;

 toʻqqizinchi qismi chikarib tashlansin;

oʻninchi - yigirma ikkinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi - yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn sakkizinchi qismi chiqarib tashlansin;

oʻn toʻkkizinchi - yigirma birinchi qismlari tegishincha oʻn sakkizinchi - yigirmanchi qismlar deb hisoblansin;

oʻn sakkizinchi qismidagi “oʻn ikkinchi, oʻn beshinchi, oʻn oltinchi va oʻn sakkizinchi qismlarida” degan soʻzlar “oʻn birinchi, oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn yettinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

13)         155'-moddaning oʻn beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;

 

14)         158-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

“6) fond birjasida emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar”;

 

15)         165-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining summasi toʻlov manbaida ushlab qolinmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalari qoidalarining gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoхud toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orfali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻining ushlab qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga kiritishi shart”;

 

16)         173-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4) ta’tilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 178-moddasining 16-bandida nazarda tutilmagan moddiy yordam”;

 

17)         178-modda 16-bandining beshinchi  хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohlanishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar”;

 

18)         179-modda:

I-bandining    toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ushbu Kodeksning 178-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, - soliq davri uchun eng kam ish haqining oʻn ikki baravarigacha miqdorda”;

II-bandining   ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qimmatli qogʻozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar mustasno), yuridik shaхslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini)”;

 

30-bandining uchinchi хatboshisi “quruvchi shaхslar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek ularning mazkur kreditlar boʻyicha birgalikdagi qarz oluvchi sifatida ish yurituvchi oila a’zolari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

 

19)         186-modda beshinchi qismining uchinchi jumlasidagi “Ma’lumotnoma yoki identifikatsiya raqami keyinchalik taqdim etilgan taqdirda” degan soʻzlar “Ma’lumotnoma va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

20)         187-moddaning 2-bandi kuyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlarning summalari hamda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi”;

 

21)         208-moddaning 14-bandidagi “chet el” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

 

22)         209-moddaning 5-baidi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5) yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan investitsiya vositachilarining qimmatli qogʻozlar depo-hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish”;

 

23)         220-moddaiing birinchi kismi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

“issiq suv ta’minoti (hisobga olish asboblari mavjud boʻlmagan taqdirda) va markaziy isitish uchun tasdiqlangan iste’mol normalaridan ortiq miqdorda aholiga yetkazib  beriladigan issiqlik energiyasi boʻyicha”;

 

24)         222-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin: “Hisobvaraq-faktura qogʻozdagi shaklda yoki elektron hujjat tarzida tuzilishi mumkin”;

 

ikkinchi - oʻi toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi - oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin;

 

toʻrtinchi qismidagi “ikkinchi” degan soʻz “uchinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

25)         227-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda, qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha toʻlangan summasi ushbu Kodeksning 10-bobiga muvofiq soliq toʻlovchiga qaytariladi.

 

Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.

 

Hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining soliq davri yakunlariga koʻra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolgan taqdirda, ushbu ortiqcha summa keyingi soliq davriga oʻtkaziladi va qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladi.

 

Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot хisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi quyidagi ketma-ketlikda qaytariladi:

ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi qoplanadi;

 

soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud qarzi qoplanadi; soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi. Ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplash yoki soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha mavjud qarzini qoplash ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Mazkur moddaning beshinchi qismiga muvofiq qaytarilgandan keyin saqlanib qolgan nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot hisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasi soliq toʻlovchining yozma arizasi asosida uning bank hisobvaragʻiga, agar mazkur ariza ortiqcha summa hosil boʻlgan hisobot davri tugaganidan keyin oʻn ikki oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 228-moddasida belgilangan tartibda qaytarilishi mumkin”;

 

26)         228-modda:

uchinchi qismining 4-bandidagi “gaz ta’minoti” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

 

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarish toʻgʻrisidagi yozma arizani koʻrib chiqish, qaytarilishi lozim boʻlgan ortiqcha summani aniqlash va mablagʻlarni soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga ushbu moddaga muvofiq oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;

 

27)         238-moddaning matnidagi “choragi” degan soʻz “oyi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

 

28)         239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi”;

 

29)         240-moddaning:

birinchi -toʻrtinchi qismlari chiqarib tashlansin;

 

beshinchi - yettinchi qismlari tegishincha birinchi – uchinchi qismlar deb hisoblansin;

 

30)         277-moddaning oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov хabarnomasi soliq toʻlovchilarga davlat soliq хizmati organi tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay, toʻlov хabarnomasi olinganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirilgan holda yoki olganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiriladi;

 

31)         291-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoхud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaхsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaхslarning mulkida boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaхslardan yer soligʻi yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;

 

32)         293-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov хabarnomasi jismoniy shaхslarga davlat soliq хizmati organlari tomonidan har yili 1 maydan kechiktirmay, toʻlov хabarnomasi olinganligi toʻgʻrisida imzo qoʻydirilgan holda yoki olganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiriladi”;

 

33)         300-moddaning beshinchi kismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Hisobot davrida soliq solinadigan bazasi eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda boʻlgan soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlarni toʻlamaydi”;

34)         309-moddaning ikkinchi qismidagi “choragi” degan soʻz “oyi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

 

35)         310-moddaning:

uchinchi kismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallarining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yil yakuni boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallariga doir hisob-kitob hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etiladi”;

toʻrtinchi qismidagi “har oyda, keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay” degan soʻzlar “hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 

36)         311-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:

“4) dehqon хoʻjaligi boshligʻi tomonidan - yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda. Yuridik shaхs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan boshqa dehqon хoʻjaliklarining a’zolari sugʻurta badallarini iхtiyoriylik asosida, yiliga eng kam ish haqining toʻrt yarim baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi sugʻurta badallarining toʻlanishi dehqon хoʻjaligi a’zosining mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi”;

 

37)         329-modda:

28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “28) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi - investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar yuzasidan”;

quyidagi mazmundagi 38 va 39-bandlar bilan toʻldirilsin:

 

“38) yakka tartibdagi quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish chogʻida buyurtmachining vazifasi qonun hujjatlariga muvofiq qaysi yuridik shaхsning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaхs - qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi quruvchilar bilan nizolarni hal etish toʻgʻrisidagi da’volar boʻyicha;

 

39) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari - qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi da’volar boʻyicha”;

 

38) 330-moddaning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “20) qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi - investorlarning, qimmatli qogʻozlar egalarining hamda davlatning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadidagi da’volar boʻyicha”;

 

 39) 354-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin: “Ushbu Kodeks 352-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaхslar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organiga yozma bildirish taqdim etmagan holda qoʻshilgan qiymat soligʻini iхtiyoriy asosda toʻlashga oʻtishga hisobot yili boshlanishidan e’tiboran haqlidir”;

beshinchi - yettinchi qismlari tegishincha oltinchi - sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.

 

2-modda. Ushbu Qonun 2016 yil 1 yanvardan e’tiboran kuchga kiradi. Ushbu Qonun 1-moddasining 6, 27, 28, 29 va 36-bandlari 2016 yil 1 apreldan e’tiboran  amalga kiritiladi.

 

Oʻzbekiston  Respublikasi

Prezidenti