Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

14.01.2016

LOYIHA

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

 

 

Qonunchilik palatasi tomonidan ____________ qabul qilingan

 

 

1-modda.  Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi 398-I-son Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan
815-I-son Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, 9-son, 212-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, 10-son, 536-modda;
2007 yil, 12-son, 591-modda; 2010 yil, 12-son, 466-modda; 2013 yil, 4-son,
98-modda, 10-son, 236-modda; 2014 yil 12-son, 343-modda) 20-moddasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tabiiy monopoliya sub’yektlari, davlat organlari, iste’molchilar, iste’molchilarning jamoat birlashmalari monopoliyaga qarshi davlat organining qarorlarini (koʻrsatmalarini) toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoki qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga murojaat etishga haqlidir.

Boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Sudga ariza berish ustidan shikoyat qilinayotgan davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasini ijro etishni sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻхtatib turadi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) bundan mustasno. Tabiiy monopoliya sub’yektlari, davlat organlari, iste’molchilar, iste’molchilarning jamoat birlashmalari sudga ariza berganliklari toʻgʻrisida monopoliyaga qarshi organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda хabardor qilishlari shart».

 

2-Modda.  Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Iste’molchilar хuquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi
221-I-son Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 5-6-son, 59-modda; 2002 yil, 4-5-son, 74-modda;
2003 yil, 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, 12-son, 413-modda; 2006 yil, 10-son, 536-modda; 2008 yil, 4-son, 183-modda; 2010 yil, 10-son, 380-modda, 2013 yil, 10-son, 263-modda; 2014 yil, 1-son, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

 

1) 27-modda:

toʻrtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;

oltinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

2) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:

 

«271-modda.  Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi ustidan shikoyat qilish

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga yoki koʻrsatmani bekor qilish yoki oʻzgartirish haqidagi ariza bilan boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga murojaat etishga haqlidir.

Boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.

Sudga ariza berish ustidan shikoyat qilinayotgan davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasini ijro etishni sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻхtatib turadi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan koʻrsatmalar bundan mustasno. Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sudga ariza berganliklari toʻgʻrisida davlat organini tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda хabardor qilishlari shart».

 

3-modda.  Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasining

                Prezidenti