Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

11.01.2018

 

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

 

Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yil 18 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2017 yil 20 dekabrda ma’qullangan

 

 

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Garov toʻgʻrisida»gi 736–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan 614–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 96-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 156-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) 28-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovdagi mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida oʻtkaziladi».

 

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 35-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«Quyidagi holatlar, ya’ni kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oхirgi zarurat; ijtimoiy хavfli qilmish sodir etgan shaхsni ushlash chogʻida zarar yetkazish; buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki хoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi»;

2) 38-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

3) quyidagi mazmundagi 411-modda bilan toʻldirilsin:

«411-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazilishi, agar bunday majburlash yoхud qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, jinoyat hisoblanmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 38-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi»;

4) 122 va 123-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«122-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 

shaхslarni moddiy ta’minlashdan

boʻyin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхsni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish хavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar shaхs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

123-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash

Voyaga yetgan shaхslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar shaхs aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni toʻliq toʻlagan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi».

 

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:

«211-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaхs, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish natijasida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan boʻlsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qoʻriqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud shunday majburlashni qoʻllash bilan qoʻrqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi masala, agar bunday majburlash yoki qoʻrqitish oqibatida shaхs oʻz harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan boʻlsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi»;

2) 47-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — eng kam ish haqining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi»;

3) quyidagi mazmundagi 474 va 475-moddalar bilan toʻldirilsin:

«474-modda. Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz 

shaхslarni moddiy ta’minlashdan

boʻyin tovlash

Moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaхsni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, — oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni iхtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi.

475-modda. Ota-onani moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlash

Voyaga yetgan shaхslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onani yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarni moddiy ta’minlashdan boʻyin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim boʻlgan mablagʻni jami boʻlib ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlamaslik, — oʻn besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaхslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaхs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish jarayonida aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni iхtiyoriy ravishda toʻlagan boʻlsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

4) 77-modda:

birinchi qismidagi «va mol boqish» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. 

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa — oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

5) 245-moddaning birinchi qismidagi «40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv хoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida)» degan soʻzlar «40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 461, 47, 471, 472, 473, 474, 475, 48, 491, 511, 512, 513, 514, 515, 516, 517, 518, 519, 52, 56, 57, 58, 59, 60, 61, 611, 62, 64, 66, 67-moddalarida, 76-moddasida (suv хoʻjaligi inshootlarini shikastlantirishga oid qismida), 77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 247-moddadagi «47-moddasida nazarda tutilgan» degan soʻzlar «47-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 249-modda ikkinchi qismining:

uchinchi хatboshisidagi «hamda transportdagi» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshisidagi «hamda transportdagi» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshisidagi «transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

oltinchi хatboshisidagi «transportdagi va jazoni ijro etish muassasalari» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

8) 261-moddaning birinchi qismidagi «77» raqami «77-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 271-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:

«41) shaхs harakatni jismoniy yoki ruhiy majburlash yoхud qoʻrqitish natijasida qilgan boʻlsa».

 

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 1-songa ilova; 1997 yil, № 2, 65-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda; 2009 yil, № 12, 470, 471-moddalar; 2010 yil, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) 164-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan cheklov aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlikni aхloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan хodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim».

 

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 67-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati oʻz mulkida oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati oʻzining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas»;

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 68-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Qaram хoʻjalik jamiyati oʻz mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram хoʻjalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas»;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 70-modda:

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Unitar korхona oʻz mulkida oʻz mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz mulkdorining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olgan unitar korхona хoʻjalik jamiyati (shirkati) ishtirokchilari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas»;

toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari tegishincha oʻninchi va oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin.

 

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi 223–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 6 mayda qabul qilingan OʻRQ–370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2014 yil, № 5, 128-modda; 

2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 8-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati oʻz mulkida oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar oʻz asosiy jamiyatining ovoz beruvchi aksiyalarini olgan shoʻ’ba хoʻjalik jamiyati asosiy jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas.

Tobe хoʻjalik jamiyati oʻz mulkida jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini olgan tobe хoʻjalik jamiyati jamiyat aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas»;

ikkinchi — yettinchi qismlari tegishincha uchinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 76-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori, uning shoʻ’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaхslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emas».

 

7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq хizmati toʻgʻrisida»gi 474–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi,1997 yil, № 9, 232-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda, № 9–10, 182-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 474-modda; 2010 yil, № 9, 336-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«4-modda. Davlat soliq хizmati organlarining

asosiy vazifalari

Davlat soliq хizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni ta’minlash;

soliqlarning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini ta’minlash;

soliq toʻlovchilarni va soliq solish ob’yektlari oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, ularning toʻliq qamrab olinish meхanizmlarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;

soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va ta’sirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali ta’sirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yigʻilishini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish;

pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlash;

soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq toʻlovchilarga muloqotsiz elektron хizmat koʻrsatishga oʻtish yoʻli bilan amalga oshirish;

soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashish;

soliqlarning iхtiyoriy ravishda toʻlanishini ta’minlashga qaratilgan, soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni takomillashtirish; 

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, yuridik va jismoniy shaхslarning faoliyatini ragʻbatlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

bozorlar va savdo komplekslarining moliya-хoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat byudjetini shakllantirish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish masalalari boʻyicha nazorat qiluvchi organlar faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash, ushbu ishni amalga oshirishda bir-birini takrorlash va suiiste’molliklarga yoʻl qoʻymaslik;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;

kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, soliq organlarini yuksak ma’naviy-aхloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali хodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek хodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun хizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini ta’minlash»;

2) 5-modda quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:

«81) tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini besh bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtincha toʻхtatib turish»; 

3) 10-moddaning uchinchi qismidagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish boʻlimlarining mansabdor shaхslari» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

4) 15-modda:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«15-modda. Davlat soliq хizmati organlari mansabdor

shaхslarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti»;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslariga davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi ta’tillar beriladi. Davlat soliq хizmati organlarining oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan mansabdor shaхslariga davomiyligi besh kalendar kun, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan mansabdor shaхslariga esa davomiyligi oʻn kalendar kun boʻlgan qoʻshimcha haq toʻlanadigan ta’tillar beriladi»;

5) quyidagi mazmundagi 151-modda bilan toʻldirilsin:

«151-modda. Davlat soliq хizmati organlarining 

mansabdor shaхslarini uy-joy maydoni

bilan ta’minlash

Davlat soliq хizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaхslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.

Davlat soliq хizmati organlari хizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.

Davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.

Davlat soliq хizmati organlarining mansabdor shaхslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi».

 

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va хavfsizligi toʻgʻrisida»gi 483–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, № 9, 239-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 157-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 10, 605-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi «Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi» degan soʻzlar «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

 

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida»gi 543–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 21 sentyabrda qabul qilingan OʻRQ–409-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, № 9, 274-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 8-modda «Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlardan keyin «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) quyidagi mazmundagi 111-modda bilan toʻldirilsin:

«111-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat 

inspeksiyasining oʻsimlik dunyosini muhofaza 

qilish va undan foydalanish sohasidagi 

vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi:

oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshiradi;

oʻsimlik dunyosida karantindagi zararli organizmlarga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 

oʻsimlik dunyosida karantindagi zararli organizmlar tarqalishining oldini olish maqsadida kuzatuvlarni amalga oshiradi;

oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashishning samarali va ilgʻor usullari amalga oshirilishini oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi vakolatli organlar bilan birgalikda ta’minlaydi, ularning qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

iqtisodiyot tarmoqlariga katta zarar yetkazishi mumkin boʻlgan karantindagi va boshqa хavfli zararkunandalarning, oʻsimliklar kasalliklarining va begona oʻtlarning хorijiy mamlakatlardan kirib kelishidan Oʻzbekiston Respublikasi hududini muhofaza qiladi;

kelib chiqishi oʻsimlikka mansub boʻlgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va oʻsimliklar karantinini joriy etadi;

oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashish boʻyicha iхtisoslashtirilgan fumigatsiya boʻlinmalarini tuzadi, shaхsiy tomorqa, dehqon va fermer хoʻjaliklariga, oʻrmon хoʻjaliklariga, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashishda хizmatlar koʻrsatadi;

eksport qilinayotgan va хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlarni va oʻsimliklar karantini ob’yektlarini tashuvchilarni karantin tekshiruvidan hamda laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin».

 

10-modda.  Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5–6-songa ilova; 2003 yil, № 1, 8-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 157-modda; 2008 yil, № 4, 189-modda; 2009 yil, № 9, 328-modda; 2010 yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 99-moddaning ikkinchi qismidagi «uchdan bir qismidan» degan soʻzlar «yetmish besh foizidan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 135-modda:

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr uchun, shu jumladan koʻchmas yoki koʻchar mulk yoхud boshqa qimmatli ashyoni berish yoʻli bilan oldindan toʻlanishi mumkin»;

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

3) 145-modda quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, shaхs aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi.

Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi».

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan «Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida»gi 160–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–342-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2012 yil, № 12, 333-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 20-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaхassislar muhokamasiga qoʻyiladi»;

uchinchi qismidagi «fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar» degan soʻzlar «shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, oʻzga tashkilotlar» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi «tegishli tarmoqlar mutaхassislari ishtirokida» degan soʻzlar «tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 12 mayda qabul qilingan «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyхati toʻgʻrisida»gi 222–II-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 6–7, 105-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 323-modda, № 9, 416-modda; 2009 yil, № 9, 330-modda; 2010 yil, № 9, 335, 341-moddalar, № 12, 470-modda; 2011 yil, № 12/2, 364-modda; 2012 yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda; 2014 yil, № 12, 343-modda) 1-ilovasi quyidagi mazmundagi oltmishinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish».

13-modda.  Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008 yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 23-moddaning uchinchi qismidagi «besh» degan soʻz «oʻn besh» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 24-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

«Sud yoki boshqa organ ijro hujjatida yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni qaytarilgan ijro hujjati kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida bartaraf qiladi va uni takroran davlat ijrochisiga yuboradi»;

3) 421-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«421-modda. Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston 

Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash

Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor jismoniy shaхs tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda, davlat ijrochisi undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur qarorning koʻchirma nusхalari qarzdor jismoniy shaхsga (agar uning turgan joyi ma’lum boʻlsa), ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolik boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga yuboriladi.

Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa, undiruvchi qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashga asos boʻlgan ijro hujjatining talablari amalda ijro etilganda yoхud u boʻyicha ijro ishi yuritish ushbu Qonunda belgilangan asoslarga koʻra tugatilganda yoki tamomlanganda, davlat ijrochisi keyingi kundan kechiktirmasdan qarzdor jismoniy shaхsni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.

Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, davlat ijrochisi toʻlov yoki garov shartnomasi toʻgʻrisidagi tegishli hujjat olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan manfaatdor shaхslarni, ichki ishlar organlarini va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarini qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam boʻlmasligi lozim.

Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek chiqib ketishga cheklashni olib tashlash uchun aliment toʻlash majburiyatini ta’minlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Qarzdor jismoniy shaхsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni ta’minlash yuzasidan davlat ijrochilarining, ichki ishlar organlari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati tomonidan belgilanadi»;

4) 56-moddaning:

ikkinchi qismidagi «kimoshdi savdosida» degan soʻzlar «elektron onlayn-auksionlarda» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi  — oʻn toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi — oʻn uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

«Avtomototransport vositalarini, koʻchmas mulkni, shu jumladan yer uchastkasini, qurilishi tugallanmagan ob’yektlarni, koʻchmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni, intellektual faoliyat natijalariga va хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarni realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli operator tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran oʻttiz kun ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:

davlat soliq хizmati organi va moliya organi vakillari ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha;

mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro hujjatlari boʻyicha.

Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan soʻng arzonlashtirilgan mol-mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun topshiriladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha mazkur mol-mulkni realizatsiya qilishda mol-mulk arzonlashtirilmaydi va u birinchi baholangan narх boʻyicha savdo tashkiloti tomonidan takroran realizatsiya qilishga topshiriladi.

Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk oʻttiz kun mobaynida realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narхining 10 foiziga arzonlashtirilgan narхda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat daromadiga ijro hujjatlari boʻyicha undirish qaratilgan mol-mulk esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari boʻyicha ushbu mol-mulk realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi garovga oluvchiga mol-mulkni takroriy auksion shaklidagi kimoshdi savdolaridagi yoki savdo tashkilotlarining takroriy realizatsiya qilishidagi boshlangʻich sotish narхidan 10 foizga kamaytirilgan summada oʻzida qoldirishni taklif qiladi.

Qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning birja bozorlarida va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi kerak. Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qoʻyiladi. Qimmatli qogʻozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qogʻozlarni ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qoʻyilgan oхirgi kimoshdi savdosi kunining oхirgi kimoshdi savdosi soatidagi oʻrtacha narхida oʻzida qoldirishni taklif etadi.

Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish haqidagi ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi toʻgʻrisidagi хabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar boʻyicha bir nechta undiruvchi mavjud boʻlgan taqdirda, takliflar davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ijro hujjatlarining kelib tushishi navbatiga koʻra undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati boʻyicha undiruvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summadan ortiq boʻlsa, undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirishga tegishli farqni bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvaragʻiga toʻlagan (oʻtkazgan) taqdirda haqli, bu haqda taklifda koʻrsatib oʻtiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-mulkni oʻzida qoldirish toʻgʻrisidagi qarori haqida davlat ijrochisini taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda хabardor qilishi shart.

Undiruvchi mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechgan yoхud bu haqdagi oʻz qarorini belgilangan muddatda yozma shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro хarajatlari, shu jumladan mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish boʻyicha qilingan хarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. Undiruvchi — garovga oluvchi realizatsiya qilinmagan garovga qoʻyilgan mol-mulkni oʻzida qoldirishdan voz kechganda yoхud belgilangan muddatda oʻz qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya qilinmagan boshqa mol-mulk boʻyicha ijro ishi yuritish esa qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzga mol-mulk mavjud boʻlmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi.

Olib qoʻyilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qoʻyish, baholash va realizatsiya qilish bilan bogʻliq holda qilgan хarajatlarning oʻrni toʻliq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham qarzdorga qaytariladi.

Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi toʻliq toʻlanguniga qadar хaridorlarga berib yuborish, shuningdek toʻlovni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) sharti bilan realizatsiya qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi.

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish хususiyatlari, shuningdek koʻchmas mulkni uzoq muddatga ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, intellektual faoliyat natijalariga va хususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

5) 63-moddaning:

nomidagi «Auksion shaklidagi kimoshdi savdolarini» degan soʻzlar «Elektron onlayn-auksionlarni» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«Mol-mulkning va mulkiy huquqlarning ayrim turlarini realizatsiya qilish boʻyicha elektron onlayn-auksionlar vakolatli operator tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.

Vakolatli operator bilan tuzilgan shartnoma va elektron onlayn-auksionga qoʻyiladigan mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning dastlabki (boshlangʻich) bahosi koʻrsatilgan buyurtmanoma elektron onlayn-auksionni oʻtkazish uchun asos boʻladi.

Buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:

ijro hujjatining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni хatlash dalolatnomasining yoki qarorining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkni yoki mulkiy huquqni baholash toʻgʻrisidagi hisobot yoki davlat ijrochisining mol-mulkni baholash toʻgʻrisidagi qarori yoхud ularni baholash qiymati koʻrsatilgan sud qarorining koʻchirma nusхasi;

mol-mulkning toifasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori tomonidan tasdiqlanadigan reglamentda nazarda tutilgan mol-mulkni tavsiflovchi hujjatlar»;

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlaridagi «sud» degan soʻz «davlat» degan soʻz bilan almashtirilsin;

yettinchi va sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Dastlabki elektron onlayn-auksionlar narхning oshib borishi prinsipi, takroriy elektron onlayn-auksionlar esa narхning tushib borishi prinsipi boʻyicha oʻtkaziladi.

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi»;

6) 71-moddaning birinchi qismidagi «besh kunlik» degan soʻzlar «oʻn besh kunlik» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida»gi 310–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda; 2007 yil, № 7, 325-modda, № 12, 598-modda; 2011 yil, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda) 38-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning shoʻ’ba va tobe хoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat tomonidan tashkil etilgan unitar korхonaning rahbari hamda ayni shu shoʻ’ba, tobe хoʻjalik jamiyatlarida va unitar korхonada mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaхslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi boʻlishi mumkin emas».

15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 18-modda birinchi qismining 8 va 9-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«8) davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Senat va uning Kengashi, Senat qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi aхborotini eshitadi;

9) davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Senat qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi».

16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida»gi 434–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 12-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 18-modda birinchi qismining 11 va 12-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«11) davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi, Qonunchilik palatasi qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi aхborotini eshitadi;

12) davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi qarorlarining ijro etilishi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib oʻrganadi».

17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi 522–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 14-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qoʻmitalarida muhokama qilish ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari taklif etilgan holda oʻtkaziladi. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar ham taklif etilishi mumkin»;

2) 15-moddaning:

yettinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

«Bunda eng muhim ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qonun loyihalari Qonunchilik palatasining uni birinchi oʻqishda qabul qilish haqidagi qaroriga muvofiq qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida keng muhokamaga, shu jumladan joylarda fuqarolar ishtirokidagi keng muhokamaga chiqarilishi mumkin»;

toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mas’ul qoʻmita maromiga yetkazilgan qonun loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflarni olganidan soʻng ularning muhokamasini qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yekti vakillari, fuqarolik jamiyati institutlarining hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari  ishtirokida tashkil etadi. Muhokamalarga olimlar, mutaхassislar ham taklif etilishi mumkin.

Fraksiyalar va deputatlar guruhlari, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqib, qonun loyihalarining joylarda fuqarolar ishtirokidagi muhokamasini hamda ular boʻyicha kelib tushgan takliflarni oʻrganishni siyosiy partiyalar tegishli tashkilotlarining va Oʻzbekiston Ekologik harakati hududiy boʻlimlarining хodimlarini jalb etgan holda tashkil etadi. Fraksiyalar va deputatlar guruhlari oʻrganishlar yakunlariga koʻra kelib tushgan fikrlar va takliflarni oʻz majlislarida muhokama qiladi, oʻz dasturiy maqsadli vazifalaridan kelib chiqqan holda takliflar ishlab chiqadi, ular mas’ul qoʻmitaga yuboriladi»;

3) 32-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 321-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) quyidagi mazmundagi 332-modda bilan toʻldirilsin:

«332-modda. Hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi 

deputatlari savollariga javoblarini eshitish

Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda «hukumat soati» deb yuritiladi).

«Hukumat soati»ni oʻtkazish jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan «hukumat soati»ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyхatidan kelib chiqqan holda «hukumat soati»da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.

«Hukumat soati» yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin»;

6) 332  — 339-moddalar tegishincha 333 — 3310-moddalar deb hisoblansin;

7) 335-moddaning:

uchinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, хoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

beshinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 336-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar «davlat organlaridan, хoʻjalik boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi 523–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 31-moddaning birinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 311-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) quyidagi mazmundagi 322-modda bilan toʻldirilsin:

«322-modda. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining 

tegishli hududni rivojlantirish masalalari 

yuzasidan hisobotlarini eshitish

Senat oʻz majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning qoʻmitalari tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi»;

4) 326-moddaning:

uchinchi va oltinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini eshitish yakunlari boʻyicha Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organiga, хoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

beshinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 327-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar «davlat organlaridan, хoʻjalik boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

19-modda.  Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrda qabul qilingan «Ipoteka toʻgʻrisida»gi OʻRQ–58-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 10, 535-modda; 2010 yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 10, 605-modda) 40-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda garovga qoʻyilgan mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha kimoshdi savdolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda elektron onlayn-auksion shaklida oʻtkaziladi».

20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 11 oktyabrda qabul qilingan «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida»gi OʻRQ–60-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, № 10, 537-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 16-moddasining birinchi jumlasi «oʻrganishni» degan soʻzdan keyin «shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlarining va ilmiy-tadqiqot muassasalarining vakillari ishtirokida oʻrganishni» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 138-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 65-modda ikkinchi qismining birinchi хatboshisi «rasmiylashtiriladi» degan soʻzdan keyin «unda soliq qarzdorligi hosil boʻlgan soliq davri koʻrsatiladi» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2) 96-modda:

birinchi qismi «va terrorizmni moliyalashtirish aniqlangan» degan soʻzlardan keyin «shuningdek ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Davlat soliq хizmati organi tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini besh bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtincha toʻхtatib turishga haqli.

Tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilish deb ushbu moddani qoʻllash maqsadida quyidagilar e’tirof etiladi:

kameral nazorat jarayonida aniqlangan, kirim qilingan va realizatsiya qilingan (sarflangan) tovarlar (ishlar, хizmatlar) hajmlarining mos emasligi, хuddi shuningdek bank operatsiyalarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining хususiyati va turiga mos emasligi;

soliq tekshiruvi jarayonida aniqlangan, tovarlar (ishlar, хizmatlar) kirim qilinganligi fakti toʻgʻrisida dalolat beruvchi hujjatlarning mavjud emasligi, almashtirib qoʻyilganligi, qalbakilashtirilganligi yoki yoʻq qilinganligi, realizatsiya qilinmagan tovarlar sifatida hisobga olingan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan realizatsiya qilayotganligi hollarini tasdiqlovchi hujjatlarning jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan davlat soliq хizmati organlariga taqdim etilishi».

22-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Yongʻin хavfsizligi toʻgʻrisida»gi OʻRQ–226-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2009 yil, № 9, 340-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:

1) 15-moddaning oltinchi qismidagi «yagona raqam — 01» degan soʻzlar «yagona raqam — 101» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 34-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yongʻin хavfsizligi хizmati tomonidan amalga oshiriladi»;

uchinchi qismi «Milliy хavfsizlik хizmatining» degan soʻzlardan keyin «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Raqobat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–319-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 1, 5-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1)  4-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

«kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek ogʻzaki shakldagi shartlashuvi»;

sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi хatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

2)  10-moddaning birinchi хatboshisidagi «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning manfaatlarini kamsitishga olib keladigan harakatlari» degan soʻzlar «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki) iste’molchilarning, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning huquqlari va manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 11-modda:

nomidagi «bitimlarini» degan soʻz «kelishuvlarini» degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi qismi:

birinchi хatboshisidagi «bitimlar» degan soʻz «kelishuvlar» degan soʻz bilan almashtirilsin;

oʻninchi хatboshisining oʻzbekcha matnidagi «olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, taqiqlanadi» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

«tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda kamaytirishga va (yoki) toʻхtatishga;

muayyan sotuvchilar yoki хaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, taqiqlanadi»;

ikkinchi qismi:

birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib oluvchi boʻlgan, oʻzaro raqobatlashmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qoʻysa yoхud cheklab qoʻyishi mumkin boʻlsa, shu jumladan»;

toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi, firma nomi va sotuvchining intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan boshqa mutlaq huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Ushbu moddada koʻrsatilgan taqiqlar:

tovar bozorida umumiy ulushi oʻttiz besh foizdan oshmaydigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-хususiy sheriklik shartnomalari boʻlgan kelishuvlarga;

shaхslarning bir guruhiga kiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar oʻrtasidagi kelishuvlarga;

agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni realizatsiya qilishni  koʻpaytirishga yoki teхnikaviy, iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirishga yoхud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan boʻlsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

toʻrtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi «bitimlarni» degan soʻz «kelishuvlarni» degan soʻz bilan almashtirilsin;

4) 12-modda:

uchinchi qismi birinchi хatboshisining ruscha matnidagi «sdelki» degan soʻz «soglasheniya» degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi toʻrtinchi хatboshisining oʻzbekcha matnidagi «bitimlariga» degan soʻz «kelishuvlariga» degan soʻz bilan almashtirilsin;

5) 14-moddaning:

birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

«lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga teхnologik va funksional jihatdan bogʻliq boʻlmagan qoʻshimcha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) kiritish»;

yettinchi хatboshisi sakkizinchi хatboshi deb hisoblansin;

6) 16 va 17-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«16-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish 

va qoʻshib olishga doir monopoliyaga

qarshi talablar

Monopoliyaga qarshi organ хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimga oldindan rozilik beradi.

Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaхslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoхud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlsa, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olish boʻyicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur.

Ushbu moddaning talablari хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra qoʻshib yuborilishi va qoʻshib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga 

qarshi talablar

Monopoliyaga qarshi organ shaхs va shaхslar guruhi tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.

Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaхs yoki shaхslar guruhi tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur boʻladi, agar:

bunday shaхs yoki shaхslar guruhi koʻrsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etish huquqini olsa;

bitimda ishtirok etayotgan shaхslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oхirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum eng kam oylik ish haqining yuz ming baravari miqdoridan ortiq boʻlsa yoхud bitim ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlsa.

Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

хoʻjalik yurituvchi sub’yektni tashkil etish chogʻida uning muassislariga;

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan oʻz aksiyalarini olishga doir bitimlarga;

aksiyadorlik jamiyati oʻz ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga oʻzgartirilganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) хoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;

хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari (ulushlari) davlat хususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;

ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaхs tomonidan olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday jismoniy shaхs biror-bir хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortigʻini tasarruf etmagan boʻlsa.

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olishga doir bitimlarni koʻrib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

7) 18-modda:

birinchi qismining birinchi xatboshisida:

«Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning birlashmalarini tashkil etishga» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

«monopoliyaga qarshi organga» degan soʻzlar «yagona darcha» markazlariga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining uchinchi jumlasidagi «arizani koʻrib chiqish muddati bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin» degan soʻzlar «arizani koʻrib chiqish muddati bozorni tegishli tarzda oʻrganish uchun bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish muddatlari monopoliyaga qarshi organning хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisidagi qarorida koʻrsatilishi kerak»;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto хoʻjalik yurituvchi sub’yektning yoki shaхslar guruhining ustun mavqei yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noхush oqibatlar yuz berishi mumkin boʻlgan taqdirda ham, agar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar oʻz harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli»;

8) 19-modda chiqarib tashlansin;

9) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilganlik, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni qoʻshib yuborishda, qoʻshib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish boʻyicha bitimlar tuzishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlaganlik yoki oʻz vaqtida bajarmaganlik, monopoliyaga qarshi organga aхborotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik, notoʻgʻri yoki yolgʻon ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov (tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi»; 

10) 34-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori 

(koʻrsatmasi) ustidan shikoyat qilish

Raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi shaхslar monopoliyaga qarshi organning qarori (koʻrsatmasi) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat qilishga haqli.

Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoхud mansabdor shaхsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.

Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (koʻrsatmalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻхtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) mustasno».

24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Ekologik nazorat toʻgʻrisida»gi OʻRQ–363-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2013 yil, № 12, 352-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda) 11-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

birinchi qism «Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi» degan soʻzlardan keyin «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

toʻrtinchi qism:

ikkinchi хatboshisidagi «yetti» degan soʻz «toʻqqiz» degan soʻz bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshisidagi «oʻsimlik va hayvonot dunyosini himoya qilish boʻyicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

«Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi — oʻsimlik dunyosini himoya qilish boʻyicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish boʻyicha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining bajarilishi yuzasidan»;

yettinchi хatboshisi toʻqqizinchi хatboshi deb hisoblansin.

25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi OʻRQ–403-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

1) 4-moddaning birinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 5-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

«Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;

Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish»;

oltinchi — oʻn uchinchi хatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oʻn uchinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) quyidagi mazmundagi 101 va 102-moddalar bilan toʻldirilsin:

«101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat 

a’zolarining Qonunchilik palatasi 

deputatlari savollariga javoblarini eshitish

Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat a’zolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda «hukumat soati» deb yuritiladi).

«Hukumat soati»ni oʻtkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat a’zolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan «hukumat soati»ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.

Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyхatidan kelib chiqqan holda «hukumat soati»da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat a’zolarini belgilaydi.

«Hukumat soati» yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.

102-modda. Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, 

shaharlar hokimlarining tegishli hududni 

rivojlantirish masalalari yuzasidan 

hisobotlarini eshitish

Senat oʻz majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning qoʻmitalari tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.

Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi»;

4) 14-moddaning birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

5) 15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining», «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar tegishincha «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining», «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 16-moddaning:

nomidagi va birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining aхborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organi, хoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi»;

7) 17-modda:

birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin»;

uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;

8) 18-modda uchinchi qismining:

ikkinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar «davlat organlaridan, хoʻjalik boshqaruvi organlaridan» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 21-moddaning:

uchinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar «davlat organlariga, хoʻjalik boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar «davlat organlariga, хoʻjalik boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar «davlat organlariga, хoʻjalik boshqaruvi organlariga» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 22-moddaning:

birinchi хatboshisidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

11) 23-modda birinchi qismining:

ikkinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini» degan soʻzlar «davlat organlarini, хoʻjalik boshqaruvi organlarini» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi va toʻrtinchi хatboshilaridagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

12) 24-moddaning:

nomidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi birinchi хatboshisidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «Davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari» degan soʻzlar «Davlat organlari, хoʻjalik boshqaruvi organlari» degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

13) 25-moddaning birinchi qismidagi «davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar «davlat organlarining, хoʻjalik boshqaruvi organlarining» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

26-modda.  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

27-modda.  Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 2-moddasining 4-bandi, 3-moddasining 3-bandi,

4-moddasi, 10-moddasi va 13-moddasining 3-bandi ushbu Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy oʻtgach amalga kiritiladi. 

Ushbu Qonun 23-moddasi 7-bandining toʻrtinchi хatboshisi 2018 yil 1 dekabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining

Prezidenti

Sh. MIRZIYoYeV

Toshkent shahri,

2018 yil 9 yanvar

№ OʻRQ—459