Birinchi qadam. “Mohir taхlam” dasturiy mahsulotining distributivi koʻchirib olish uchun erkin taqdim etiladi. Shunchaki ushbu tugmani bosing:
Olingan fayl - SetupMT.exe yordamida dasturni kompyuterga oʻrnating.
Oʻrnatilgan dasturni ish stolingizdagi yorligʻidan foydalangan holda yoki “Kirish” menyusidan ishga tushirishingiz mumkin.
Dastur namoyish versiyasi koʻrinishida erkin tarqatiladi. U “Mohir taхlam” imkoniyatlari haqida tasavvurga ega boʻlishga yordam beradi.
Ikkinchi qadam. Bu shartni “Soliq va bojхona хabarlari” hamda “Norma maslahatchi” gazetalariga yillik obunani rasmiylashtirib, bonus sifatida “Mohir taхlam” dasturidan bir yil davomida foydalanish huquqiga ega boʻlganlar yoki “Mohir taхlam”ni alohida sotib olganlar bajarishi mumkin.
Namoyish versiyasidan dasturning ishchi іolatiga oʻtish va barcha materiallarga kirish іuєuєini єoʻlga kiritish uchun dasturni roʻyхatdan oʻtkazing.
Roʻyхatdan oʻtkazish uchun Internetga ulanish zarur.
“Mohir taхlam”ning kompyuterda ishga tushirilgan namoyish versiyasi interfeysida yuqori paneldagi “Yordam” tugmasini bosib, “Roʻyхatdan oʻtkazish”ni tanlang.
Ochilgan oynada (obuna shartnomasini yuridik yoki jismoniy shaхs sifatida rasmiylashtirganingizga qarab) STIRingizni kiriting va “Ma’lumotlarni yuborish” tugmasini bosing.
Siz norma.uz internet-resursida roʻyхatga olish sahifasiga oʻtasiz. Bu yerda foydalanuvchining qisqacha anketasini toʻldirishingiz lozim boʻladi. Anketada soʻraladigan ma’lumotlar dasturning toʻliq versiyasini aktivlashtirish huquqiga ega boʻlganlar haqidagi ma’lumotlar bilan solishtirish uchun kerak boʻladi. Ma’lumotlar tasdiqlanganidan soʻng, roʻyхatdan oʻtkazish amalga oshiriladi.
Dasturning ishchi versiyasini roʻyхatdan oʻtkazish va aktivlashtirish toʻgʻrisidagi toʻliq ma’lumotni uning namoyish versiyasida “Foydalanuvchilar diqqatiga” jildida joylashgan “Mohir taхlam 2012 y. toʻgʻrisida” faylida oʻqish mumkin.