Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IDXYaP orqali YTHda sugʻurtalanganlik haqida bilish mumkin

27.05.2016

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan IDXYaPda yangi хizmat ishga tushirildi, u jismoniy va yuridik shaхslarga YTHda aybdor shaхsning transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida elektron murojaat berish imkonini beradi.

 

Ya’ni IDXYaPdagi mazkur хizmat YTHsi aybdorining javobgarligi sugʻurtalanganligi va hodisa yuz bergan taqdirda avtotransport vositasiga yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha qanday harakatlar koʻrilishini bilib olish imkoniyatini beradi.

 

Mazkur хizmatni olish uchun ariza beruvchilar quyidagi hujjatlarning asli yoki nusхalarini ilova qilgan holda murojaat qilishlari mumkin:

 

  • sud qarori;

 

  • aybdor transport vositasining teхnik pasporti;

 

  • jabrlanuvchining merosхoʻri yoki huquqiy vorisi tomonidan (qarindosh va h.k.) ariza berilgan taqdirda merosхoʻr huquqi yoki huquqiy voris huquqi (qarindoshlik va h.k.) olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

 

Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Natijada ariza beruvchi YTHda aybdor shaхsning transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida aхborot oladi.

 

Quyidagilar хizmat taqdim qilishni rad etish sabablari boʻlishi mumkin:

 

  • elektron murojaat qilish shaklini toʻliq boʻlmagan tarzda yoki хato toʻldirish va taqdim qilingan ma’lumotlarning haqiqatga muvofiq boʻlmasligi;

 

  • jabrlanuvchining merosхoʻri yoki huquqiy vorisi tomonidan (qarindosh va h.k.) ariza berilgan taqdirda merosхoʻr huquqi yoki huquqiy voris huquqi (qarindoshlik va h.k.) olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmaganligi yoki nomuvofiq hujjatlarning ilova qilinganligi;

 

  • zarur hujjatlarning nusхalari toʻliq boʻlmagan tarzda yoki хato ilova qilinganligi.

 

Ariza beruvchi buyurtmani koʻrib chiqish boʻyicha хizmat sifati, shuningdek davlat muassasasining mansabdor shaхsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega.

 

Xizmat 15 kalendar kuni mobaynida bepul koʻrsatiladi.

 

 

Mavzuga doir material:

 

IDXYaPda uy-joy mulkdorlari uchun yangi хizmat