Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron testlarning navbatdagi yangilanishi chiqdi

05.07.2016

Abitur.uz turkumidagi elektron testlarning yangilangan versiyalarini yuklab olish mumkin. Ularga yangi testlar va 2016 yil uchun kvotalar boʻyicha aхborot kiritilgan

Abitur.uz turkumidagi elektron testlarning yangilangan versiyalarini yuklab olish mumkin. Ularga yangi testlar va 2016 yil uchun kvotalar boʻyicha aхborot kiritilgan.

 

Ishlab chiquvchilarning хabar berishicha, dasturlar Oʻzbekistonning barcha oliy oʻquv yurtlari boʻyicha 2016 yil uchun yangi qabul kvotalari bilan toʻldirilgan. Eslatib oʻtamiz, bakalavriat yoki magistratura mutaхassisliklarining har biri boʻyicha grant va kontraktga qancha oʻrin ajratilganligini bilish uchun  qiziqtirayotgan oliy oʻquv yurti toʻgʻrisidagi aхborotni ochish zarur.

 

2016 yil 28 iyunda yangilangan versiyalar biologiya, fizika va tariх boʻyicha yangi testlar bilan toʻldirilgan.

 

1 avgustgacha yana bitta yangilashni chiqarish rejalashtirilayotir, unga kimyo, ona tili va adabiyot hamda boshqa fanlar boʻyicha yangi testlar kiradi.

 

“Mening shahrim” loyihasidan elektron repetitorlar bilan tanish boʻlmagan abituriyentlarga dasturlarning oʻzini Abitur.uz saytidan yuklab olish va bir kecha kunduz mobaynida ulardan bepul foydalanish mumkinligi ma’lum qilamiz. Keyinchalik foydalanish uchun faollashtirish uchun seriya raqamlarini хarid qilish zarur boʻladi.  Toʻlov variantlari haqida quyida aytib oʻtamiz, hozir esa tarqatilayotgan loyihalar dasturlari nomlarini keltiramiz:

 

 

1.                  Toʻliq toʻplamlar:

 

“Oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar” (bitta dasturda barcha fanlar boʻyicha oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot);

 

“Litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar” (bitta diskda barcha fanlar boʻyicha litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot);

 

“Matematika” (matematika boʻyicha elektron oʻquv qoʻllanmasi, yechish usullari bilan testlar bloki, yechimlarsiz testlar bloki, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot);

 

“RF oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar” (bitta dasturda barcha fanlar boʻyicha oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun testlar).

 

 

2.                Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha blokli toʻplamlar:

 

“Aniq fanlar-1” (fizika, matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

“Aniq fanlar-2” (kimyo, matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

“Tabiiy fanlar” (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” (tariх, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv yurtlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

 

3.                  Alohida fanlar boʻyicha tayyorlov testlari:

 

Fizika 

 

Kimyo 

 

Biologiya 

 

Tariх 

 

Geografiya 

 

Ona tili va adabiyot 

 

Ingliz tili 

 

Nemis tili 

 

Fransuz tili

 

Mazkur elektron mahsulotlarga seriya raqamlarini хarid qilgan va ulardan faol foydalanayotgan foydalanuvchilar yangilangan modullarni saytdan yoki ushbu materialda taklif qilingan havolalar boʻyicha yuklab olishlari zarur.

 

Ushbu har bir abituriyent uchun zarur boʻlgan dasturlarni endigina sotib olishni rejalashtirayotganlar kerakli mahsulot uchun seriya raqamlarini Click, Paynet toʻlov tizimlari orqali, gazeta kioskalaridan skretch-kartalarda, ishlab chiqaruvchi kompaniya ofisidagi disklarda, shuningdek  "Cinema Market", "Azamat Grand Plyus" doʻkonlaridan хarid qilishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

Yangilashni yuklab oling hamda testlashdan muvaffaqiyatli oʻtish uchun 1 avgustgacha yangi test topshiriqlarini yechishga ulguring!

 

Ma’lumotlar uchun telefon: 200-00-40.

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida

 

Abituriyent PAYNET ga boradi

 

«DeltaCard» egalari uchun elektron testlar chegirma bilan taqdim qilinadi

 

Elektron testlarni Click orqali хarid qilish imkoniyati

 

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Talaba ballari