Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

27.11.2015

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida abituriyentlar uchun elektron testlarga seriya raqamlari skretch-kartalarda ham tarqatila boshlandi.

 

Shunday qilib, “Mening shahrim” Loyihasi boʻlgʻusi abituriyentlar va pedagoglarga “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi elektron testlarni хarid qilishni osonlashtiradigan yana bitta imkoniyatni taqdim qiladi.

 

 

Seriya raqamlari mavjud skretch-kartalarni shahar yoʻlovchi transporti uchun yoʻl chiptalari va jetonlar sotiladigan kioskalardan хarid qilish mumkin. Har bir skretch-kartada aynan ishlab chiqaruvchi kompaniya ofisida realizatsiya qilinadigan dasturiy mahsulotlar qiymati koʻrsatilgan. Dasturiy mahsulotning seriya raqami himoya qatlami bilan yopilgan, foydalanishdan oldin uni ehtiyotkorlik bilan oʻchirish lozim.

 

Skretch-kartalar 10 ta fanni oʻz ichiga oladigan toʻliq versiya, blokli toʻplamlar hamda alohida fanlar uchun chiqarilgan. Har bir kartada dasturiy mahsulotning nomi va uning versiyasi (oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun yoki litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun) saqlanadi. Blokli toʻplamlar uchun blokka kiritilgan oʻquv fanlari koʻrsatilgan. Alohida fanlar boʻyicha kartalarda tanlangan fanning nomi koʻrsatilgan.

 

Bugungi kunda “Mening shahrim. Ta’lim” turkumidagi dasturiy mahsulotlarning assortimenti 29 nomdagi mahsulotlarni oʻz ichiga oladi:

 

1.“Mening shahrim. Ta’lim” oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun (10 ta fan boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

2. “Mening shahrim. Ta’lim” litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun (10 ta fan boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

3. “Mening shahrim. Ta’lim” Rossiya OTM kiruvchilar uchun (RF ta’lim standartlari boʻyicha tayyorlangan 10 ta fan boʻyicha testlar);

 

4. “Matematika” oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun qoʻllanma (elektron nazariy materiallar, testlar yechish usullari bilan, bilimni tekshirish uchun yechimi keltirilmagan testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

5. “Aniq fanlar-1” oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun (matematika (informatika bilan), fizika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

6. “Aniq fanlar-1” litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun (matematika (informatika bilan), fizika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

7. “Aniq fanlar-2” oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun (matematika (informatika bilan), kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

8. “Aniq fanlar-2” litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun (matematika (informatika bilan), kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

9. “Tabiiy fanlar” oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

10. “Tabiiy fanlar” litsey va kollelarga kiruvchilar uchun (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

11. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun (tariх, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

12. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun (tariх, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot, qabul kvotalari va oʻtish ballari, kasbga yoʻnaltirish boʻyicha testlar, ta’limga doir normativ hujjatlar);

 

13. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun fizika boʻyicha testlar;

 

14. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun fizika boʻyicha testlar;

 

15. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun kimyo boʻyicha testlar;

 

16. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun kimyo boʻyicha testlar;

 

17. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun biologiya boʻyicha testlar;

 

18. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun biologiya boʻyicha testlar;

 

19. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun tariх boʻyicha testlar;

 

20. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun tariх boʻyicha testlar;

 

21. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun ona tili va adabiyot boʻyicha testlar;

 

22. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun ona tili va adabiyot boʻyicha testlar;

 

23. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun ingliz tili boʻyicha testlar;

 

24. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun ingliz tili boʻyicha testlar;

 

25. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun nemis tili boʻyicha testlar;

 

26. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun nemis tili boʻyicha testlar;

 

27. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun fransuz tili boʻyicha testlar;

 

28. Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun fransuz tili boʻyicha testlar;

 

29. Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun geografiya boʻyicha testlar.

 

 

Skretch-kartani хarid qilganda foydalanuvchining oʻzi kerakli elektron testlar toʻplami distributivi (dasturiy qobiq)ni mustaqil ravishda abitur.uz yoki mg.uz saytlaridan yuklab olishi lozim. Eslatib oʻtamiz, mazkur internet-resurslarning oʻzidan har bir mahsulot toʻgʻrisida batafsil ma’lumot olinishi mumkin.

 

 

Istalgan elektron testlar faollashtirilmagan holda foydalanuvchi kompyuteriga oʻrnatilgan paytdan boshlab bir sutka mobaynida demo-versiya rejimida ishlaydi.

 

 

 

Yuzaga kelgan barcha savollar boʻyicha tushuntiruvlarni: 283-39-32 va 283-39-34 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

 

 

Mavzuga doir maqolalar:

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Talaba ballari

 

Abituriyent PAYNET ga boradi

 

Elektron testlarni Click orqali хarid qilish imkoniyati