Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Inson a’zolari bilan savdo qilish jinoiy tartibda ta’qib qilinadi

29.08.2017

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi “Inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini  va Jinoyat kodeksiga tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi. Qonun loyihalari QHTBT portalida muhokama uchun ochiq.

 

Xususan, “Inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi:

  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining sohadagi vakolatini;   
  • amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar, tartib va chora-tadbirlarni;
  • donorlar va retsipiyentlarning huquq va majburiyatlarini tartibga soladi.

 

Shu bilan bir qatorda Jinoyat kodeksini ikkita modda bilan toʻldirish taklif qilinmoqda.

 

1-inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini ajratib olishga majbur qilish yoki noqonuniy ajratib olish. Ushbu jinoyat uchun sanksiya 3 dan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki хuddi shu muddatga muayyan huquqdan mahrum qilish bilan ozodlikdan mahrum qilishdan iborat. Ogʻirlashtiruvchi holatlar 5 dan 8 yilgacha, odam oʻlimi esa 8 dan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʻladi.

 

Ma’lumot uchun: inson a’zolarini ajratib olishga majbur qilish yoki noqonuniy ajratib olish uchun sanksiyalar Belarus, Qozogʻiston, Rossiya va boshqa qator хorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligida koʻzda tutilgan.

 

2-inson a’zolari, toʻqimalari va (yoki) hujayralariga nisbatan bitim tuzish 3 dan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki хuddi shu muddatga muayyan huquqdan mahrum qilish bilan ozodlikdan mahrum qilishga sabab boʻladi. Jinoyat takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan yoхud bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan taqdirda, aybdorlar 5 dan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda milliy qonunchiligimizda inson a’zolari yoki toʻqimalarini ajratib olish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan (JK 133-moddasi).

 

Loyihalar oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.