Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi 2015 yil 3-4 dekabr kunlari davom etadi

03.12.2015

Bugun soat 10.00 da majlislar zalida senatorlar elektron shaklda roʻyхatga olingandan keyin Parlamentning yuqori palatasi raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev toʻrtinchi yalpi majlisni ochiq deb e’lon qildi.

 

Shundan keyin yalpi majlis Kotibiyati va Elektron ovoz berish tizimi ishini nazorat qiluvchi guruh saylandi.

 

Senat raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshevning tanqidiy kirish soʻzida  senat a’zolarining aniq vazifalari  va yuqori palata oldida turgan masalalar  atroflicha yoritib berildi.

 

 Yalpi majlis kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi va tasdiqlandi:

 

 

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida;


2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllanish tartibi haqida;


3.  Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida;


4. «Coliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan  asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;


5. 2016 yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi toʻgʻrisida;


6. Oʻzbekiston Respublikasining  «Elektron hukumat toʻgʻrisida»gi Qonuni haqida;


7. «Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;


8. «Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;


9. «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida;


10. «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida;


11. «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;


12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti haqida;


13. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida;


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida;


15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida.

 


Toʻrtinchi yalpi majlisda  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar rahbarlari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi raislari, Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) hamda   fuqarolik jamiyati institutlari va  OAV vakillari ishtirok etmoqda.

 

 

Ma’ruf USMANOV

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Asosiy moliyaviy hujjat mukammal boʻlishi lozim

 

Sud qarorlarining ijrosi parlament nazoratida


Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish