Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi

20.11.2015

Poytaхtda 2015 yil 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini 2015 yilning 3 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi.



Yalpi majlis muhokamasiga:

 

 

 

2016 yilgi Davlat byudjeti toʻgʻrisida;

 

 

2016 yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi toʻgʻrisidagi masalalarni,

 

 

shuningdek

 

 

«Elektron hukumat toʻgʻrisida»gi;

 

 «Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksini  (yangi tahriri) tasdiqlash toʻgʻrisida»gi;

 

«Oʻzbekiston Respublikasining Bojхona kodeksi (yangi tahriri) qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida»gi;

 

 «Veterinariya toʻgʻrisidagi»gi (yangi tahriri);

 

 «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi (yangi tahriri);

 

 «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi 6 ta qonunni kiritish; 

 

Bosh prokurorning qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquq hamda qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti muhokama kilinishi koʻzda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, yalpi majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham koʻrib chiqiladi.

 

Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining va Devonining toʻrtinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan tegishli ishchi guruh tuzildi.

 

 

 

Ma’ruf Usmanov.