Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senatning oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 24−25 avgust kunlari mamlakat poytaхtida boʻlib oʻtadi

08.08.2016

Bu haqdagi qaror 2016 yil 5 avgust kuni Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatillo Yoʻldoshev boshchiligida parlament yuqori palatasining Kengashi tomonidan qabul qilindi.

Senat a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining XXV yilligi arafasida oʻtkazilayotgan Oliy Majlis Senati yalpi majlisining kun tartibiga parlament yuqori palatasining oʻtgan davrdagi faoliyati yakunlari va kelgusi yildagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan ma’ruzaning kiritilishi muhim ekanligini alohida qayd etdilar. 

 

Yalpi majlis muhokamasiga   bir qator qonunlar, shu jumladan:

 

- “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi

 

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarning davlat va jamiyat rivojidagi intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini  mujassamlashtirishga qaratilgan.

 

- “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat Asosiy Qonuni qabul qilinganligining  23 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzasida bayon etilgan vazifalarni bajarish yuzasidan.

 

- “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri)

 

- “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri)

 

  va boshqa qonunlar muhokamasi  va qabul etilishi nazarda tutilgan

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining oltinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat Raisining oʻrinbosari  Svetlana Ortiqova  boshchiligida ishchi guruh tuzildi.

 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti yuqori palatasi Kengashining vakolatiga taalluqli  boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

Ma’ruf  USMANOV

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ishi 2016 yil 31 mart – 1 aprel kunlari davom etadi

 

Hukumat-AKT-yoshlar

 

Qonun muhokama jarayonida mukammallashadi