Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Doriхonalar ijtimoiy ahamiyatga ega dorilarning muomalada boʻlishi toʻgʻrisida hisobot beradi

04.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 741-son qarori bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ehtiyoj tasdiqlangan sхema boʻyicha uch bosqichda aniqlanadi (quyidagi jadvalga qarang).

 

I-bosqich

davolash-profilaktika muassasasining vrachi ushbu muassasaning doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga tasdiqlangan nomdagi dori vositalari hamda tibbiyot buyumlariga muvofiq belgilangan davrda bemorlarni ta’minlash uchun zarur boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari, shuningdek tibbiyot buyumlariga hisoblab chiqilgan ehtiyojni taqdim etadi. 

II-bosqich

davolash-profilaktika muassasasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi rejalashtirilayotgan yil uchun davolash-profilaktika muassasasi boʻyicha ehtiyojni umumlashtiradi, tahlil qiladi va yigʻma ehtiyojni tasdiqlaydi hamda uni Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga taqdim etadi. 

III-bosqich

Qoraqalpogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasi kelib tushgan yigʻma ehtiyojni tahlil qilib, tegishli hududning ularga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

 

Tegishli hudud boʻyicha haqiqiy ehtiyoj Sogʻliqni saqlash vazirligining Doimiy faoliyat koʻrsatadigan komissiyasiga respublikaning yillik ehtiyojini shakllantirish uchun yuboriladi.

 

Kelasi yilning boshidan doriхonalar har chorakda ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarining muomalada boʻlishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni Sogʻliqni saqlash vazirligiga taqdim etadi.

 

Hujjat 2017 yil 25 sentyabrda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.