Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Goʻsht mamlakat rahbariyati qaroriga binoan eksport qilinadi

29.05.2017

 

Prezidentning 4.05.2017 yildagi PF-5034-son Farmoni bilan belgilanishicha, avval eksport qilinishi taqiqlangan goʻsht va iste’molbop goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlarni eksport qilishga endilikda  Oʻzbekiston Prezidenti yoki Hukumati qaroriga binoan yoʻl qoʻyiladi.

 

Eksport qilish taqiqlangan predmetlar va mahsulotlar roʻyхatiga tuzatishlar kiritildi. Natijada goʻsht va iste’molbop goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlari (TIF TN 0201-0210 kodlari, 0204 13 990 9, 0207 14 990 9, 0210 99 800 0 kodlari boʻyicha tovuq panjalaridan tashqari) Prezident yoki Hukumat qarorlariga binoan eksport qilinishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun:  ilgari mazkur tartib faqat uy parrandasining iste’molbop qoʻshimcha mahsulotlariga (0207 53 000) tatbiq etilardi,  goʻsht va iste’molbop goʻshtli qoʻshimcha mahsulotlarini esa (yuqorida keltirilgan kodlar boʻyicha tovuq panjalaridan tashqari) eksport qilish taqiqlangandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.