Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hunarmandlar– yakka tartibdagi tadbirkorlar qat’iy belgilangan soliqni alohida stavka boʻyicha toʻlashadi

06.01.2017

Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016  yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar — qonunchilik bilan belgilangan roʻyхat boʻyicha hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun qat’iy belgilangan soliqning alohida stavkasi belgilandi.

Bunday YaTTlar uchun qat’iy belgilangan soliqning oyiga  0,5 EKIH miqdoridagi yagona stavkasi oʻrnatildi, u faoliyatni amalga oshirish joyidan qat’i nazar qoʻllaniladi.

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlikning boshqa faoliyat turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq stavkalari 2016 yildagi darajada saqlab qolindi.

 

Qat’iy belgilangan soliq stavkalari yil boshiga, ya’ni 2017 yilning 1 yanvari holatiga belgilangan EKIH miqdoridan (149 775 soʻm) kelib chiqqan holda belgilanadi va uning miqdori oʻzgargan taqdirda yil mobaynida qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



Muzaffar Mirzaaniyev,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Hunarmandchilik faoliyati turlari roʻyхati qisqardi