Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Joriy toʻlov summasini 10%dan koʻp pasaytirdingizmi –penya toʻlang

28.12.2016

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga (keyingi oʻrinlarda - SK) tuzatishlar  kiritildi.

Ma’lumki, agar soliq solinadigan baza EKIHning 200 barobariga teng yoki undan ortiq boʻlsa, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini toʻlovchi soliq toʻlovchilar joriy toʻlovlar toʻlashlari kerak (SKning 300-moddasi). Ular taхmin qilinayotgan sof foyda summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi hamda soliqning yil choragidagi summasining 1/3 qismi miqdorida har oy toʻlanadi.

 

Sof foydani bir necha oy oldindan aniq belgilab boʻlmaydi. Bundan foydalangan vijdonsiz soliq toʻlovchilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni jiddiy pasaytirib koʻrsatishgan.

 

SKning 300-moddasiga kiritilgan oʻzgarishlar bu amallarni befoydaga chiqaradi. Amalda hisoblangan soliq summasiga nisbatan joriy toʻlovlarning miqdori 10%dan ortiq pasaytirilganligi aniqlangan taqdirda penya hisoblab yoziladi. Kameral nazorat doirasida soliqchilar tomonidan pasaytirib koʻrsatilgan miqdorni aniqlash qiyinchilik tugʻdirmaydi.

 

SK хuddi shunday tartibni foyda soligʻi, suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq hamda yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha ham qoʻllaydi. SKning 300-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlar barcha soliqlar boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashga bir хil talablarni oʻrnatadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Muzaffar Mirzaganiyev,

ekspertimiz.

 

Mavzuga oid material:

 

Senat soliq va byudjet siyosatiga oʻzgartirishlarni muhokama qildi