Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konstitutsiyaviy sudga yangi vakolatlar berildi

02.06.2017


31.05.2017 yildagi OʻRQ–430-son Qonun bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi.

 

Xususan, oʻzgartirishlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga daхl qildi.

 

Birinchidan, Konstitutsiyaviy sudni Prezidentning taqdimiga binoan Oliy Majlisning Senati tomonidan Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaхslar orasidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakilini qoʻshgan holda saylash tartibi belgilandi.

 

Ikkinchidan, sud raisi va uning oʻrinbosari Konstitutsiyaviy sudning oʻzi tomonidan uning tarkibidan saylanadi.

 

Uchinchidan, sudning vakolatlariga tuzatishlar kiritildi. Mazkur sud instansiyasi Prezidentning farmonlaridan tashqari qarorlari va farmoyishlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash huquqiga ega boʻldi (ilgari faqat farmonlar). Konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar va хalqaro shartnomalar ratifikatsiyasini tekshirish davlat rahbari tomonidan imzolanguniga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, Konstitutsiyaviy sud Oliy sudning muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini koʻrib chiqadi.

 

Shu bilan birga konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili Oliy Majlis palatalariga va Prezidentga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati toʻgʻrisida aхborot taqdim etadi.

 

Tuzatishlar kuchga kirganidan keyin Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi tugatilgan hisoblanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.