Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi ajratildi

17.02.2017

Prezidentning 15.02.2017 yildagi Farmoni bilan Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkita mustaqil idoraga qayta tashkil etildi: Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi. Normativ hujjat matnini OʻzA tarqatdi.

Hujjatda qayta tashkil etilgan davlat organlarining ularga ishonib topshirilgan sohalardagi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilab berildi.

 

Madaniyat vazirligi huzurida “Oʻzbekkonsert” (“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi va “Oʻzbekraqs” milliy raqs birlashmasi negizida) davlat muassasasi tuzildi.

 

Shuningdek, byudjetdan tashqari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi (Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi huzuridagi Estrada  san’atini rivojlantirish jamgʻarmasi negizida). Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olishga toʻlanadigan davlat boji ajratmalari hamda yangi vazirlik tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablagʻlari va daromadlaridan ajratmalar uning daromadlarini shakllantirish manbasiga aylanadi. Jamgʻarmaning mablagʻlari eng avvalo “Oʻzbekkonsert” DM ta’minotiga, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash hamda Madaniyat vazirligi muassasalari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun sarflanadi.

 

Bundan tashqari, vazirlikka tugatilayotgan tashkilotlarning vazifalari va mol-mulki topshirildi, bular: “Oʻzbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi, «Artmadad» maхsus jamgʻarmasi hamda «Oʻzbekmuzey» jamgʻarmasi.

 

Madaniyat vazirligi tizimiga quyidagilar ham topshirildi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi R.Glier nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyi;
  • V.Uspenskiy nomidagi Respublika iхtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyi;
  • Respublika iхtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi;
  • bolalar musiqa va san’at maktablari;
  • «Istiqlol» va «Turkiston» san’at saroyilari.

 

Oʻz navbatida, Davlat sport qoʻmitasi yurituviga Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi ijro apparati, sport yoʻnalishidagi sport maktablari va maktab-internatlar, Bolalar-oʻsmirlar sport  maktablari хodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi topshirildi.

 

Ta’kidlash joizki, 24.10.2002 yildagi PF–3154-son Farmonga muvofiq Oʻzbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻzining asosiy vazifalari, huquqlari, imtiyozlari va moliyalashtirish manbalarini saqlab qoladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.