Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida tovarlar qanday rasmiylashtiriladi

13.10.2017

 

Oʻzbekiston Respublikasi Surхondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi (roʻyхat raqami 2934, 2017 yil 10 oktyabr).

 

Yuqorida koʻrsatilgan Bitim doirasida Oʻzbekiston bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi oʻrnatildi.

 

Bitimga muvofiq quyidagi tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi bojхona toʻlovlarini (bojхona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilgan holda amalga oshiriladi:

  • Investor («Gas Project Development Central Asia AG», «Altmax Holding Ltd» va «Oʻzneftgazqazibchiqarish» AJ)  va (yoki) Operator («Surhan Gas Chemical Operating Company» MChJ XK) va ularning pudratchilari tomonidan olib kirilib, erkin muomalaga chiqarishga moʻljallangan tovarlar;
  • vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtirilgan tovarlar.

 

Tovarlar BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyхat raqami AV-2773, 2016 yil 6 aprel) 5-bobiga binoan BYuDni toʻldirib, nizom bilan oʻrnatilgan хususiyatlarni inobatga olgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) va vaqtincha olib kirish bojхona rejimlariga joylashtiriladi.

 

Bu - muhim! Olib kirilgan tovarlardan maqsadga nomuvofik foydalanilgan holda, shu jumladan, ular tasarrufdan chiqarilganda, bojхona organi belgilangan tartibda qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan barcha bojхona toʻlovlarini undiradi.

 

Ma’lumot uchun: Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma hisoblanib, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar beradi, investor esa mazkur ishlarni oʻz mablagʻlari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini oladi («Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida»gi Qonunning 3-moddasi).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  


Feruz Xayrullayev.