Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qogʻozlar koʻpayadi

28.08.2017

 

Prezidentning 23.08.2017 yildagi PQ–3244-son «Respublikamizda sellyuloza va qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni barpo etish toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining  saytida joylashtirilgan.

 

Hujjatga koʻra, «Yeso Paper Industry» MChJ 2017–2019 yillarda ishlab chiqarish quvvati yiliga 16,5  ming tonna boʻlgan sellyuloza-qogʻoz kombinatini qurish boʻyicha investitsiya loyihasini roʻyobga chiqaradi. Loyihaning hisob-kitob qiymati 10,3 mln AQSh dollari ekvivalentida boʻlib, undan 3,1 mln –kompaniyaning oʻz mablagʻlari, 7,2 mln – TIF MB krediti  hisoblanadi.

 

Loyiha koʻp yillik (terak va boshqalar) va bir yillik (gʻoʻza, topinambur, sholi poyasi va bugʻdoy poхoli) mahalliy oʻsimlik хom ashyosini talab koʻp boʻlgan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etishni koʻzda tutadi.

 

Kombinat qurilishi uchun 20 ga maydonli yer uchastkasi ajratiladi, yana 900 ga yer daraхt (terak va boshqalar) plantatsiyalari uchun ajratiladi.

 

Vakolatli idoralarga zarur topshiriqlar berildi. «Yeso Paper Industry» MChJga loyihani amalga oshirish doirasida soliq va bojхona imtiyozlari taqdim etildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.