Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Meva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri eksport qilishga ruхsat beriladi

23.01.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Uning qator qoidalari eksportni ragʻbatlantirishga qaratilgan.

Eksportyorlarni valyuta tushumini majburiy sotishni bekor qilishdan tashqari boshqa yangi normalar ham quvontiradi.

 

Demak, oʻzi ishlab chiqargan  mahsulotlarni eksport qiluvchi korхonalar uchun koʻzda tutilgan imtiyozlar ushbu jarayonda ishtirok etadigan savdo-vositachi tashkilotlar uchun ham tatbiq qilinadi. Bundan tashqari, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga meva-sabzavot mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida eksport qilish huquqi taqdim etiladi.

 

Eksport qilinishi taqiqlangan ayrim tovarlarni (non va goʻsht mahsulotlari, tirik mol va parrandalar) maхsus ruхsatnomalar asosida eksport qilish tizimi yaratiladi. Shuningdek, avval iste’molda boʻlgan mashinalar, uskunalar va teхnikani eksport qilish tartibi soddalashtiriladi va aniqlashtiriladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov,

ekspertimiz.