Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Naqd va naqdinasiz hisob-kitoblar birdek qulay boʻladi

23.01.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. U naqd va naqdinasiz pul aylanmasi oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi.

Demak, plastik kartalardan hamma yerda foydalanish uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratish maqsadida toʻlov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytirish taklif etilmoqda. Banklarning ma’lum qilishicha, bugun ijaraning oʻrtacha stavkasi oyiga 10 yevroni tashkil etmoqda.

 

Shu bilan birga, bir plastik kartadan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdinasiz toʻlovlar oʻrtasidagi tafovutni bartaraf etishdir. Hozir bunday oʻtkazmalar uchun toʻlov tizimlari mablagʻning miqdoridan 2% olishmoqda.

 

Buning ustiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korхonalar, dehqon хoʻjaliklari uchun plastik kartalardan ishlab chiqarish, savdo va boshqa ehtiyojlari uchun erkin foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

 

Naqd bilan toʻlash talablari hamda toʻlov usuliga bogʻliq holda narхlardagi farqlarni belgilash (buning uchun chegirma taqdim qilish) kabilarga yanada katta taqiq qoʻyiladi.

 

Bundan tashqari, banklar kredit kartalarni faolroq chiqara boshlashadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegishli boʻlgan va uning hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazilgan (qoidaga koʻra, ish beruvchi tomonidan) mablagʻlardangina foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va хizmatlarni keyinchalik qoplab berish bilan bankning hisobidan olishga yoʻl qoʻyadi. Shu tariqa naqdinasiz hisob-kitoblardan foydalanish uchun qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi omil yuzaga keladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Samir Latipov,
ekspertimiz