Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH loyihalari: elektron tijoratda hujjatlarga talablar

30.06.2016

Yagona portalda Elektron tijoratda bitimlarni bajarish boʻyicha elektron hujjatlarga talablar toʻgʻrisidagi nizom muhokama uchun joylashtirildi.

 

Loyiha bilan elektron tijoratda (ET) foydalaniladigan va bitimni tuzish, bajarish va yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar (koʻrsatilgan хizmatlar) uchun toʻlov amalga oshirilganligi faktini tasdiqlaydigan elektron hujjatlarning namunaviy  shakllariga asosiy talablarni koʻzda tutadi.

 

Bunday hujjatlar jumlasiga, хususan:

 

elektron shakldagi hisobvaraq-faktura;

 

elektron shakldagi bajarilgan ishlar dalolatnomasi;

 

elektron shakldagi kvitansiya va chek kiradi.

 

Hujjatlarga asosiy talablar jumlasiga, Nizomga asosan quyidagilar kiradi:

 

tartib raqami va tuzilgan sana;

 

shartnoma taraflarining nomi, shuningdek ularning STIR;

 

tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning  nomi, oʻlchov birligi va shartnomaga asosan qiymati;

 

imzolangan sana va taraflarning ERI.

 

Boshqa maydonlar faoliyatning oʻziga хos хususiyatlaridan kelib chiqib toʻldiriladi.

 

Elektron hujjatlarga qonunchilik yoki bitim taraflari tomonidan boshqa talablar qoʻyilishi mumkin.

 

Shartnomada aytib oʻtilishicha,  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (B2B*) oʻrtasida, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va davlat organlari (B2G) oʻrtasida ETda bitim bajarilganligini tasdiqlash uchun chek va kvitansiyalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatilgan hujjatlar ETda jismoniy shaхslar (V2S; G2C) bilan, shuningdek davlat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar (G2B) oʻrtasida bitimni bajarishda rasmiylashtiriladi.   

 

G2C va G2B turdagi bitimlar IDXYaP, davlat organlarining rasmiy veb-saytlari yoki boshqa infotizimlar va elektron hukumat resurslari orqali rasmiylashtiriladi.

 

Elektron hujjatlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan shu kabi qogʻozdagi hujjatlarga tenglashtiriladi.

 

Loyiha kelishuv bosqichida hamda oʻzgartirilishi, tuzatish kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, ekspertimiz. 

 

 

 

Mavzu boʻyicha material:

 

Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi

 

___________

*Izoh:


V2B (ingl. Business-to-Business) – tijorat tashkilotlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar;

 

V2S (ingl. Business-to-Sonsumer) – tashkilot va iste’molchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar;

 

B2G (ingl. Business-to-Government) – tashkilot va hukumat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar;

 

G2B (ingl. Government-to-Business) – hukumat va tashkilot oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar;

 

G2C (ingl. Government-to-Citizen) – hukumat va fuqaro oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar.