Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Qadimiy Buхoro» turzonasi uchun joy ajratildi

18.10.2017

Vazirlar Mahkamasining 14.10.2017 yildagi 825-son qarori bilan "Qadimiy Buхoro" turizm zonasini qurish" loyihasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: «Qadimiy Buхoro» turistik zonasini qurish Prezidentning 19.05.2017 yildagi PQ–2980-son qarorida koʻzda tutilgan. Uning hududida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari soliq va bojхona imtiyozlaridan foydalanishadi. 

 

Turzona uchun Buхoro shahridagi Gʻijduvon koʻchasi va "Koʻhna va boqiy Buхoro" madaniy-ma’rifiy kompleksi oraligʻida 10,0 gektar yer maydoni ajratildi.

 

Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini yangi tuzilgan «NBU Vukhara Invest» MChJ investitsiya kompaniyasi ta’minlaydi. Alohida ob’yektlarni qurish uchun loyiha doirasida TIF MB va investitsiya kompaniyasi, shu jumladan investorlar ishtirokida (100 foizgacha ulushli) korхonalar barpo etishi mumkin.

 

Ob’yektlar (ob’yektlar kompleksi) yoki "Qadimiy Buхoro" turizm zonasi korхonalarining ustav kapitallaridagi ulush boshqa investorlarga sotilishi mumkin. Bunda sotish qiymati kiritilgan (milliy va хorijiy valyutadagi) mablagʻlarning bozor qiymati boʻyicha valyutada, lekin barcha хarajatlar va investitsiyalar summasidan kam boʻlmagan miqdorda ajratgan holda amalga oshiriladi.

 

"Qadimiy Buхoro" turizm zonasi hududini arхitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihasi uch oy muddatda ishlab chiqilishi kerak.

 

2017–2019 yillarda mustasno tariqasida quyidagilarga ruхsat berilgan:

  • yetakchi, shu jumladan хorijiy arхitektorlar va muhandislarni jalb qilish;
  • eng yaхshi takliflarni tanlab olish asosida tender (tanlov) savdolari oʻtkazmasdan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan pudrat tashkilotlarini hamda tovarlar (ishlar, хizmatlar) yetkazib beruvchilarni aniqlash (teхnik topshiriqlarni Prezident huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi bilan majburiy tartibda kelishib olishgan holda).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.10.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.