Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tekshiruvchilar ishini kim muvofiqlashtiradi?

12.07.2017

 

Prezidentning 4.07.2017 yildagi PF-5102-son farmoni bilan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi yangilandi.

 

Ma’lumot uchun: Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi Prezidentning 8.08.1996 yildagi PF-1503-son “Tekshirishlarni  tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni  takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.  

 

Kengashga Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oliy Majlisning ikki vakili kiritilgan:

  • Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, хorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi
  • Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisi.

 

Ilgari kengashda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi ishtirok etgan.

 

Yangilangan tarkibda Oliy хoʻjalik sudi tugatilganligi munosabati bilan ushbu sud instansiyasi raisi yoʻq. Shuningdek Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari undan chiqarib tashlangan.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.