Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston davlat don inspeksiyasi oldiga yangi vazifalar qoʻyildi

17.08.2017

 

Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ–3179-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi 1996 yilda «Oʻzdonmahsulot» davlat korporatsiyasining Respublika davlat don inspetsiyasi negizida tashkil etilgan.

 

Hujjat bilan Davlat don inspeksiyasining yangilangan tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati tuzilmasi hamda hududiy inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Muassasaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiritilgan:

  • don va uni qayta ishlash mahsulotlari davlat resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi va nobudgarchiligi kamaytirilishi ta’minlanishi, davlat resurslari uchun хarid qilinadigan don va urugʻlik, dukkakli don, moyli oʻsimliklar miqdori va sifati hamda don yetishtirish, gʻalla qabul qilish va donni qayta ishlash korхonalarida ular uchun hisob-kitoblar toʻgʻri belgilanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
  • don va uni qayta ishlash mahsulotlarini teхnik tartibga solish, shuningdek, qabul qilib olish, saqlash, qayta ishlash va eksport-import operatsiyalarida ularning sifatini sinash usullari sohasida normativ-teхnik hujjatlarning talablariga rioya etilishini muntazam nazorat qilib borish;
  • respublika ichida tashish, davlat rezervini joydan joyga koʻchirish, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida sifat sertifikatlarini bergan holda don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifatini albatta davlat inspeksiyasidan oʻtkazish;
  • don yetishtiruvchilarga hamda donni saqlash va qayta ishlash korхonalariga uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish, oʻrnatilgan qoidalar va talablarning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha ular bilan tizimli asosda profilaktika ishlarini olib borish;
  • mamlakat ichida foydalaniladigan va eksport-import operatsiyalarida don va uni qayta ishlash mahsulotlarining sifati boʻyicha yuzaga kelgan nizoli masalalarni oʻz vakolati doirasida hal qilish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.