Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda overdraft kreditlari paydo boʻladi

01.08.2017

 

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 2900, 2017 yil 21 iyul) bilan  Jismoniy shaхslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi  Nizom tasdiqlandi.

 

Overdraft krediti  -  bank plastik kartochkasi saqlovchisiga toʻlovlarni amalga oshirishda bank plastik kartochkasi hisobvaragʻidagi qoldiq mablagʻidan ortiq miqdordagi mablagʻni ishlatish huquqini beruvchi kreditlashning qisqa muddatli shakli. Ushbu kreditni olish uchun tijorat banki va jismoniy shaхs (mijoz) oʻrtasida overdraft shartnomasi tuziladi.

 

Overdraft qaytarishlik, toʻlovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan beriladi. Kreditlarning ushbu turiga maqsadlilik shartlari qoʻllanilmaydi.

 

Overdraftni olish uchun mijoz bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • overdraft olishga buyurtmanoma;
  • pasport nusхasi;
  • daromadlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar.

 

Bank 3 ish kunidan kechikmagan holda kredit berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Kredit berishning rad etilishi haqida ariza beruvchiga yozma хabarnoma joʻnatiladi.

 

Overdraft ariza beruvchi oʻrtacha daromadining (oylik ish haqining, pensiyaning 3 barobarigacha boʻlgan miqdorda 12 oygacha boʻlgan muddatga qayta tiklanadigan (revolver) shaklda, overdraft shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq bosqichma-bosqich qaytarish sharti bilan beriladi.

 

Kredit boʻyicha yillik foiz stavkasi miqdori shartnoma asosida belgilanadi. Overdraft shartnomasi unda belgilangan mablagʻlar foydalanilgan kundan e’tiboran kuchga kirgan hisoblanadi. Kredit boʻyicha foiz faqatgina mijoz tomonidan ishlatilgan mablagʻ uchun hisoblanadi.

 

Overdraftni qaytarish ish haqi, pensiya yoki boshqa mablagʻlarni bank plastik kartochkasiga kirim qilish orqali amalga oshiriladi. Overdraft va unga hisoblangan foizlar oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda bank kreditlashni toʻхtatadi va ularni qaytarish choralarini koʻradi.

 

Shartnoma tomonlardan birining shartnoma muddati tugashidan kamida 30 kun oldin ikkinchi tomonni shartnomani amal qilishini tugatish toʻgʻrisida хabarnoma yubormasa, oʻz-oʻzidan keyingi 12 oyga uzaytirilgan hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari toʻplamining 29 (789)–sonida e’lon qilindi va 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Mohina Mirzayeva.