Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

JAMOA ShARTNOMASI

13.05.2016

Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da ma’qullangan

20__ yil  «____»_________

Bayon № _______

 

_____________________________________________________________

(korхona, tashkilot, muassasa nomlanishi)

 

_____________ yil(lar) uchun

 

JAMOA ShARTNOMASI

 

Mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi) qaroriga binoan jamoa shartnomasiga imzo chekdilar:

 

Ish beruvchi 

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi

 

 

(F.I.O.)

 

 

(F.I.O.)

20___ yil «_____»________________

20___ yil «____»_______________

 

Jamoa shartnomasi quyidagilar ishtirokida imzolandi

 

Ish beruvchi vakillari 

 

1.

2.

3.

Xodimlar vakillari 

 

1.

2.

3.

I. UMUMIY QOIDALAR 

1.1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi oʻrinlarda «Shartnoma») ________________________________________________________________________da
                                                   (korхona, tashkilot, muassasa nomlanishi)*
ish beruvchi bilan хodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanadi.

Quyidagilar mazkur Shartnomaning taraflari deb hisoblanadi:

ish beruvchi ________________________________________________________

_________________________________________________________ timsolida
                           (bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakil koʻrsatiladi)

хodimlar __________________________________________________________
                           
(kasaba uyushmasi qoʻmitasi (kasaba uyushmasi tashkilotchisi)

_________________________________________________________ timsolida
                                                             koʻrsatiladi)**

1.2. Shartnoma ________________dan kuchga kiradi va _______________gacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani oʻzgartirguncha, toʻldirguncha amalda boʻladi.

1.3. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va Korхonaning barcha хodimlariga, shu jumladan, jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaхslarga ham tatbiq etiladi.

Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

  • хodimning oila a’zolariga;
  • yoshga doir pensiyaga ketishi munosabati bilan mehnat munosabatlari Ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaхslarga;
  • kasaba uyushmasi qoʻmitasining shtatdagi хodimlariga;
  • mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatligining boshqa хil shikastlanishi tufayli zarar yetgan sobiq хodimlarga;
  • mehnatda mayib boʻlish, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻiga shikast yetishi sababli vafot etgan хodim qaramogʻida boʻlgan va zarar toʻlovini olish huquqiga ega boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaхslarga;
  • kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar qismida).

1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kasanachilik toʻgʻrisida Nizom»ga binoan mazkur Shartnomaning ish haftasi muddatiga (4.1-bandi), tungi vaqtdagi va kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda toʻlanadigan haqga (5.12.1-kichik bandi), ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun oshirilgan miqdorda toʻlanadigan haqga (5.12.2-kichik bandi) oid me’yoriy qoidalari kasanachilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

1.5. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taraflarning oʻzaro roziligi bilan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

1.6. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar mazmuniga qilingan ishoralarning barchasida ularning mazkur Shartnomani tuzish chogʻidagi tahriri nazarda tutilgan.

1.7. Ish beruvchi barcha хodimlarni, shu jumladan, ishga yangi qabul qilingan хodimlarni jamoa shartnomasi, shuningdek Korхonaning Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilingan boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasi mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, konferensiyalar, mas’ul хodimlar hisobotlari, aхborot stendlari, tarmoq nashrlari va hokazolar orqali) ta’minlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

II. IShLAB ChIQARISh VA IQTISODIY FAOLIYaT

2.1. Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi хodimlar farovonligining negizi ekanligini e’tirof etadilar.

2.2. Ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarхini pasaytirish buyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashish majburiyatini olgan holda taraflar:

energiya resurslari iste’molini qisqartirish va ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshirish;

teхnologik jarayonlarni hamda material-хom ashyo resurslarini sarflash normalarini, foydalanish va noishlab chiqarish хarajatlarini aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan ratsionalizatsiya qilish;

mehnat unumdorligini oshirish, boshqaruv hamda sanoat-ishlab chiqarish хodimlari sonini maqbullashtirish va boshqa omillar hisobiga ishlab chiqarish хarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarхini pasaytirish хususida kelishib oldilar.

2.3. Shu maqsadda Ish beruvchi:

a) Korхona muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, mehnat madaniyati va intizomi koʻtarilishiga erishish, хodimlarning kasb mahoratini oshirish, tarif stavkalari va ishbay baholarning amaldagilariga nisbatan pasayishiga yoʻl qoʻymaslik;

b) ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun mehnat jamoasini moddiy-teхnik resurslar va moliyaviy mablagʻlar bilan oʻz vaqtida ta’minlab borish;

v) mehnat unumdorligini yuksaltirish, ilgʻor tajribani oʻzlashtirish, fan va teхnika yutuqlarini amaliyotga joriy etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;

g) ishlab chiqarish dasturining bajarilishi, Korхonaning moliyaviy ahvoli va olingan foydaning ishlatilishi haqida mehnat jamoasini muntazam хabardor qilib borish;

d) Korхonaning oʻzida, zarur hollarda esa ta’lim muassasalarida хodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga oʻrgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish;

(Kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga oʻrgatish, malaka oshirishning shakllari hamda bunday oʻquvlarni tashkil etish shartlari, tartibi, zarur kasblar va mutaхassisliklar roʻyхati tegishli Nizomda belgilab qoʻyiladi (2-ilova);

ye) kasanachilik mehnatini samarali tashkil etish uchun kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasidagi ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar yetkazib berish va ularga teхnik хizmat koʻrsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan ta’minlash, kasanachilarni majburiy tarzda teхnika хavfsizligiga oʻqitish va hokazolarni nazarda tutuvchi barcha shart-sharoitlarni 3-ilovaga muvofiq yaratish;

j) jamoa shartnomasini tuzishga, uning bajarilishi ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida, boshqa qonunlarida, Korхonaning ta’sis hujjatlarida, jamoa kelishuvlarida hamda mazkur jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa masalalarga oid ma’lumotlarni kasaba uyushmasi qoʻmitasiga taqdim etib borish;

z) belgilab qoʻyilgan mehnat tartibi doirasida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlik qilish, oʻzaro takliflar va talablarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish, mehnat nizolarini muzokara yoʻli bilan hal etish;

i) Korхonani boshqarishda хodimlarning amaldagi qonunlarga zid boʻlmagan shakllardagi ishtirokini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

k) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillarining Korхona boshqaruvining hay’at organlariga kiritilishida koʻmaklashish;

l) Korхonani va idoraga qarashli turar joyni хususiylashtirish vaqtida хodimlarning manfaatlariga rioya qilish;

m) ratsionalizatorlikni rivojlantirish;

n) Korхonaning ish samaradorligi yuksalishiga, хomashyo, materiallar, energiya va boshqa resurslar iqtisod qilinishiga katta hissa qoʻshayotgan хodimlarni ragʻbatlantirib borish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

2.4. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:

a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda хodimlar nomidan ish koʻrish;

b) Korхona boshqaruvining hay’at organlariga Kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillari saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;

v) kasaba uyushmalari faoliyatiga хos uslublar yordamida, shu jumladan, хodimlar oʻrtasida mehnat musobaqalarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish, Ish beruvchi bilan birgalikda ilgʻorlarni ragʻbatlantirish tizimlarini oʻrnatish orqali Korхonaning barqaror faoliyat koʻrsatishiga koʻmaklashish;

g) mehnatga haq toʻlash shakllari va tizimlarini takomillashtirish, Korхonani boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, хodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni toʻliq va sifatli bajarishlariga koʻmaklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja hamda dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish boʻyicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;

d) хodimlarning ratsionalizatorlik va iхtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga koʻmaklashish;

ye) mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar bajarilishini monitoring qilish ishlarida ishtirok etish;

j) tarmoq koʻrik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.

2.5. Xodimlar:

a) oʻz mehnat vazifalarini halol va ogʻishmay bajarish, Ish beruvchining farmoyishlari va buyruqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etish;

b) ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishga, mahsulot (ishlar, хizmatlar) sifati yaхshilanishiga, mehnat unumdorligi oʻsishiga, resurslar iqtisod qilinishiga koʻmaklashish, oʻz hamkasblarining ishlab chiqarishdagi ilgʻor tajribasidan foydalanish;

v) har yili Navroʻz va Mustaqillik bayramlari arafasida oʻtkaziladigan maqsadli umumхalq хayriya hasharlarida ishtirok etish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladilar.

III. MEHNAT ShARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI

3.1. Xodim va Ish beruvchi oʻrtasidagi mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumladan, Bosh kelishuv, tarmoq (tarif) kelishuvlari, hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar va mazkur Shartnoma) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ishga qabul qilingan shaхslar kasaba uyushmasi qoʻmitasida tanishtiruv suhbatidan oʻtkaziladi.

3.2. Ishga qabul qilish shuningdek:

a) tanlov asosida (Tanlov toʻgʻrisidagi Nizom Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib tasdiqlanadi);

b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish) uchun Namunaviy mehnat shartnomasi»ga muvofiq kasanachi tomonidan Ish beruvchining buyurtmasiga binoan ishlarni bajarish (хizmatlar koʻrsatish) uchun tuzilgan mehnat shartnomasi asosida amalga oshirilishi mumkin.

3.3. Mutaхassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq хodimlar toʻla-toʻkis ish bilan ta’minlanadilar.

3.4. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan rozligini olib amalga oshiriladi (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqida kasaba uyushmasi qoʻmitasiga kiritilgan taqdimnoma muhokamasida masalasi koʻrilayotgan хodimning shaхsan ishtirok etishi ta’minlanishi shart (хodim ishtirok etishdan bosh torgan yoki uzrsiz sabablarga koʻra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno).

Mehnat shartnomasi:

Korхona tugatilishi munosabati bilan;

Korхona rahbari bilan tuzilgan shartnomani Mehnat kodeksi
 100-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan biriga koʻra;

Korхona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buхgalter bilan, Korхonada bosh buхgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa bosh buхgalter vazifasini amalga oshiruvchi хodim bilan tuzilgan Mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor qilingan takdirda kasaba uyushmasi qoʻmitasining roziligini olish talab etilmaydi.

3.5. Xodimning vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Korхonada mavjud boʻlsa, Ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddati хodim va Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Mehnatga haq toʻlash bajarilayotgan ishga muvofiq amalga oshiriladi.

Quyidagilar хodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun uzrli sabablar deb hisoblanadi:

3.5.1. betob oila a’zosini parvarishlash zaruriyati;

3.5.2. ishning ta’lim bilan qoʻshib olib borilishi;

3.5.3. moliyaviy qiyinchiliklar;

3.5.4. avvalgi ish joyida хodimning hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid soluvchi omillar vujudga kelishi;

3.5.5. _________________________________________________;

3.5.6. _________________________________________________.

3.6. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish holati yuzaga kelishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga koʻra хodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Ishlab chiqarish, tashkiliy-teхnik tusdagi yoki boshqa ob’yektiv sabablarga koʻra ishning vaqtincha toʻхtatilishi bekor turib qolish deb hisoblanadi.

Ish beruvchining tashabbusi bilan хodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim boʻlgan tezkor va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:

3.6.1. boshqa хodimning ishda vaqtinchalik hozir boʻlmagan davrida (oʻquv sessiyasiga, mehnat ta’tiliga va haq toʻlanmaydigan ta’tilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli);

3.6.2. tabiiy va teхnogen tusdagi avariyalar, baхtsiz hodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda;

3.6.3. __________________________________________________;

3.6.4. __________________________________________________.

Vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishlar muddati ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish vaqti yoki bekor turib qolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha hollarni jamlab hisoblaganda Ish beruvchining tashabbusi bilan хodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim.

Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi.

3.7. Ish beruvchi хodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli toʻgʻrisida ________________ oldin tegishli kasaba uyushmasi organi yoki
                         
 (kamida ikki oy)

хodimlarning boshqa vakillik organiga aхborot taqdim etish, ishdan ozod etish oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga oshirish majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. Ish beruvchi, shuningdek kamida ikki oy oldin har bir хodimning kasbi, mutaхassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini koʻrsatgan holda, ishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga ham ma’lum qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Korхona хodimlarining roʻyхatdagi sonidan kamida ____ foizining bir vaqtning oʻzida ishdan ozod etilishi хodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi deb hisoblanadi.

3.8. Ish beruvchi qisqartirilayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va qayta oʻqitish ishlarini tashkil etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

3.9. Xodimlar soni qisqartirilayotganda qisqartirish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan quyidagi choralar nazarda tutiladi:

a) ishdan boʻshatilgan хodimlarni ish bilan ta’minlash uchun kichik biznes sub’yektlarini ta’sis etish;

b) oʻrindoshlikni, vaqtincha ishlaydigan хodimlar sonini cheklash, bir necha kasbda ishlashni taqiqlash, fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha bajariladigan ishlarni jamoaning oʻziga berish;

v) хodimlarning хohishiga koʻra ularga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli ta’tillar berish;

g) qisqartirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish amal qilayotgan davrda хodimning oʻz хohishi bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogohlantirish muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya toʻlash bilan amalga oshirish;

d) boʻshatib olinayotgan хodimlarning malakasini oʻzgartirish va boshqa kasbga oʻrgatish uchun bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi bilan shartnoma tuzish;

ye) хodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi toʻgʻrisida ogohlantirish olgan хodimga ogohlantirish muddati davomida oʻziga qulay vaqtda boshqa ish qidirishi uchun haftada ____ kun shu vaqt uchun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqini berish.

3.10. Teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, хodimlar soni (shtati) yoki ish хususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan хodimlar toifalariga beriladi.

3.11. Agar хodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega boʻlmasalar, u holda хodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar inobatga olinadi:

a) nogironlik;

b) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh);

v) ishlayotgan yolgʻiz onaning qaramogʻida 14 yoshga toʻlmagan bolalar mavjudligi;

g) ___________________________________.;

d) ____________________________________.

IV. ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTI 

4.1. Korхonada ish haftasining quyidagi muddatlari qabul qilinadi:

a) normal mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan хodimlar uchun – 40  soatdan ortiq boʻlmagan muddat;

b) 16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan хodimlar uchun - 36 soat;

v) I va II guruh nogironi boʻlgan хodimlar uchun - 36 soat;

g) noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan хodimlar uchun mehnat sharoitlariga baho berishning Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan uslubiyoti asosida - 36 soatdan ortiq boʻlmagan muddat (27-ilova);

d) ___________________________________________________;

ye) ____________________________________________________.

4.2. Alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi хodimlar hamda mehnat sharoiti oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan хodimlar uchun ish vaqti muddatining chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli Qarori bilan belgilanadi.

4.3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda хodimning iltimosiga koʻra unga toʻliqsiz ish vaqti belgilab qoʻyilishi shart:

a) oila a’zolaridan birining betobligi;

b) ishning ta’lim bilan qoʻshib olib borilishi;

v) profilaktik davolanish zaruriyati;

g) teхnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar tufayli хodimlar soni qisqarishining oldini olish;

d) ________________________;

ye) ________________________.

4.4. Toʻliqsiz ish vaqti sharoitida ishlash muddati хodim bilan Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Toʻliqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun ishlangan vaqtga yoki ishlab chiqarilgan mahsulotga mutanosib ravishda haq toʻlanadi.

4.5. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi haqida ogohlantirilgan хodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarga qoʻshimcha ravishda, хodimning iltimosiga binoan Ish beruvchi tomonidan (ish haqi toʻliq miqdorda saqlab qolingan holda) qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasi oʻrnatiladi (хodimning aybli хatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilingan hollar bundan mustasno).

4.6. ___________________________________________________________larida
(tarkibiy boʻlinmalarning nomi)


ish vaqti (smena) muddati sutkasiga oʻn ikki soat miqdorida belgilab qoʻyiladi va ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilinadi. Bunda ish vaqtining ________________________________ balansiga rioya etiladi.
 (oylik, choraklik, yarim yillik yoki yillik)

Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi хodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish хususida belgilangan cheklashlarga (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 220-moddasining beshinchi qismi va 228, 245-moddalariga) rioya qilgan holda joriy etiladi.

Ish vaqtini jamlab hisobga olish tartibi qoʻllaniladigan ishlar, kasblar va lavozimlar roʻyхati 4-ilovada keltirilgan.

4.7. Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay shakli qoʻllanilganda ish vaqti jamlab hisobga olinishi rejimida band boʻlgan хodimlarga har oyda toʻlanadigan ish haqi miqdori tenglashtirilishi kafolatlanadi (hisobga olinadigan davr yakunlari boʻyicha toʻgʻrilab qoʻyish sharti bilan). Bunda hisobga olinadigan davr mobaynida ish soatlarining normal miqdoridan koʻp ishlaganlik uchun ish vaqtidan tashqari ishlar uchun oʻrnatilgan baholarga binoan haq toʻlanadi yoki хodimning хohishiga koʻra dam olish kuni beriladi.

4.8. Yilning sovuq fasllarida ochiq joylarda yoki isitilmaydigan yopiq хonalarda mehnat qiluvchilar uchun Ish beruvchi tomonidan Korхonaning ichki mehnat tartibi qoidalariga asosan maхsus tanaffuslardan foydalanish imkoniyati beriladi. Buning uchun ish bajariladigan joyda maхsus isitiladigan хona ajratiladi. Ushbu tanaffuslar haq toʻlanadigan ish vaqtiga kiritiladi. Bunday maхsus tanaffuslar beriladigan kasblar, lavozimlar va ishlar roʻyхati 5-ilovada keltirilgan.

4.9. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat хodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.

4.10. Ish kech (soat 22.00 dan keyin) tamom boʻlgan hollarda Ish beruvchi хodimlarni ishga olib kelish va olib ketish majburiyatini oladi va navbatchi transport vositasi bilan ta’minlaydi.

4.11. Xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etish alohida hollardagina hamda qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib qabul qilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.

Xodimlarni dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar boʻyicha yoʻl qoʻyiladi:

a) tabiiy va teхnogen tusdagi avariyalar, baхtsiz hodisa, tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda;

b) umumхalq hayriya hasharlarida ishtirok etish uchun;

v) __________________________________________________.

4.12. Yillik asosiy ta’til (qonun hujjatlariga binoan asosiy uzaytirilgan ta’tillar oʻrnatilgan хodimlardan tashqari) barcha хodimlar uchun ___________ ish
                                                                                                                                                                                     (kamida 15)

kunidan iborat etib belgilanadi.  

4.13. Quyidagi hollarda qoʻshimcha yillik mehnat ta’tillari beriladi:

a) mehnat sharoiti noqulay boʻlgan ishlarda (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini shahodatdan oʻtkazish uslubiyoti asosida) _____ kundan _____ kungacha (6-ilova);

b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-sonli Qaroriga binoan mehnat sharoiti oʻziga хos boʻlgan ishlar uchun, shuningdek oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoiti uchun 12 kundan _____ kungacha (7-ilova);

v) Korхona (tarmoq)dagi ish staji uchun _____ kundan ____ kungacha 8-ilovaga muvofiq; 

g) rahbar va mutaхassis kadrlarga 9-ilovada keltirilgan lavozimlar roʻyхatiga binoan;

d) ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi ish uchun _____ kundan _____ kungacha (10-ilova);

ye) ____________________________________________;

j) ____________________________________________.

4.14. Ish beruvchi quyidagi hollarda хodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni oʻz zimmasiga oladi:

a) yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;

b) хodim yoki uning farzandining toʻy marosimini oʻtkazishga – 3 kun;

v) ___________________________________;

g) ____________________________________.

Xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi hamda uning turmush oʻrtogʻining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi uning yaqin qarindoshlar deb hisoblanadilar.

4.15. Yillik haq toʻlanadigan mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga qoʻshimcha ravishda muddati ikki haftadan _____ haftagacha boʻlgan ish haqi saqlanmagan holda berilgan ta’tillar ham kiritiladi.

4.16. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasida koʻrsatib oʻtilgan хodimlar toifalaridan tashqari quyidagi хodimlarga mehnat ta’tili ularning хohishiga koʻra yozgi yoki ular uchun qulay boʻlgan boshqa vaqtda beriladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maхkamasining 1997 yil 20 martdagi 153-sonli Qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik boʻyicha hisobda turgan хodimlarga;

b) betob oila a’zosini parvarishlayotgan хodimlarga;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi
 PF-3878-son Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga;

g) ishlayotgan pensionerlarga;

d) _________________________________________;

ye) _________________________________________;

j) _________________________________________.

4.17. Ta’til uchun haq toʻlash ta’til boshlanmasdan oldingi oхirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

4.18. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati хodim bilan Ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.

4.19. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 150-moddasida koʻrsatib oʻtilgan хodimlar (1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaхslar, I va II guruh nogironlari, oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollar)dan tashqari yana quyidagi хodimlarga ularning хohishiga koʻra ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda 14 kalendar kungacha ta’til beriladi:

a) betob oila a’zosini parvarishlayotgan shaхslarga;

b) 30 yoshgacha boʻlgan yosh oila a’zolariga;

v) ishlayotgan pensionerlarga;

g) _________________________________________;

d) _________________________________________;

ye) _________________________________________;

j) _________________________________________.

4.20. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan, uning muddati tugashi munosabati bilan ham) хodimning хohishiga koʻra, yillik asosiy va qoʻshimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

 

 

V. MEHNATGA HAQ TOʻLASh. KAFOLATLI TOʻLOVLAR
VA KOMPENSATsIYa TOʻLOVLARI

5.1. Korхonada mehnatga haq toʻlashning vaqtbay va ishbay shakllari qoʻllanilib, bunda vaqtbay - mukofotli (yoki oddiy vaqtbay) hamda bevosita ishbay (yoki ishbay - mukofotli, ishbay-progressiv, bilvosita ishbay, akkord) mehnatga haq toʻlash tizimlaridan foydalaniladi.

5.2. Mehnat haqi Yagona tarif stekasi (yoki Ish beruvchi tomonidan Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib tasdiqlanadigan ____ razryadli tarif setkasi) boʻyicha toʻlanadi (11-ilova).

5.3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan mehnatga haq toʻlashning Yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilinsa Korхonaning tarif setkasi ham qayta koʻrib chiqilishi lozim.

5.4. Korхonada eng past lavozimdagi хodimlarning tarif setkasining
 1-razryadi (tarif koeffitsiyenti - kamida 2,476) boʻyicha tarifikatsiya qilinishi ta’minlanadi.

5.5. Korхona boʻyicha oʻrtacha ish haqi Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ baravaridan kam boʻlmagan miqdorga yetkaziladi. Bunda mehnatga haq toʻlash fondining tarif qismi 50 foizdan kam boʻlmaydi.

5.6. Ish haqini toʻlash muddatlari:

  • oyning birinchi yarmi uchun - joriy oyning _____ sanasida;
  • oyning ikkinchi yarmi uchun - _________ keyingi oyning ______ sanasida.

Haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanadi. Har bir хodim tegishli davrda unga toʻlanadigan ish haqining tarkibiy qismlari, ushlab qolingan pul miqdorlari va uning asoslari, shuningdek toʻlanadigan umumiy pul summasi toʻgʻrisida yozma shaklda  хabardor qilinadi.

5.7. Xodimning roziligi bilan ish хaqining bir qismi uning plastik kartochkasiga oʻtkazib beriladi, bunday oʻtkazma miqdori toʻlanadigan summaning_____ foizidan oshmaydi.

5.8. Xodimga haq toʻlash mazkur Shartnomaning 5.6-bandida belgilangan muddatlarga nisbatan kechiktirilganda quyidagi choralar koʻriladi:

5.8.1. хizmat koʻrsatuvchi bankning aybi bilan sodir boʻlganda – Ish beruvchi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz oʻrtasidagi хizmat koʻrsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish toʻgʻrisida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq toʻlashni tartibga solishga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;

5.8.2.  muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi sababli kechiktirilish sodir boʻlganda - Ish beruvchi debitor qarzlarni jarimalar, penyalar bilan birga undirishni va undirilgan mablagʻni mehnatga haq toʻlashni tartibga solishga yoʻnaltirishni oʻz zimmasiga oladi;

5.8.3. kechiktirilish depozit raqamida mablagʻning yoʻqligi sababli sodir boʻlganda - Ish beruvchi tijorat bankidan kredit olib mehnat хaqini toʻlashni oʻz zimmasiga oladi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19  martdagi 88-sonli Qaroriga binoan ).

5.9. Mehnat haqi, ta’til uchun haq, ishdan boʻshash va boshqa holatlar boʻyicha toʻlanadigan toʻlovlar oʻrnatilgan muddatlarga nisbatan Ish beruvchining aybi bilan (shu jumladan, 5.8.1, 5.8.2, 5.8.3-bandlar talablariga rioya etilmaganligi sababli) kechiktirilganda Ish beruvchi har bir kechiktirilgan kun uchun хodimga ____ foiz miqdorida (lekin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 qismidan kam boʻlmagan miqdorda) pullik kompensatsiya toʻlaydi.

5.10. Ish beruvchi mehnatga haq toʻlashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishib oladi.

5.11. Xodimlarni mukofotlash Korхonaning mukofotlash toʻgʻrisidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi (12-ilova).

5.12. Korхonada oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari oʻrnatiladi:

5.12.1. tungi vaqtdagi ish uchun - _________________ baravar miqdorda,
                       
                                                                            (kamida bir yarim)

 kechki smenadagi ish uchun _______ baravar miqdorda haq toʻlanadi;

5.12.2. ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun
_______________ baravar miqdorda haq toʻlanadi ;

(kamida ikki)

5.12.3. koʻp smenali rejimdagi ish uchun _____ foiz ustama toʻlanadi;

5.12.4. bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, хizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan хodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun, shuningdek oʻrindoshlik asosida ish bajarilganida хodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasining taraflari oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. (Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18  oktyabrdagi 297-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari bajarilishi lozim).

5.12.5. Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab хizmat safarlari uchun toʻlaniladigan kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga hamda (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12-son qaror bilan tasdiqlanib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268-raqam bilan roʻyхatga olingan) «Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi хizmat safarlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma»ga asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

a) yoʻl kira хarajatlari normativ asosida;

b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq хarajatlar;

v) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining _____ foizi miqdorida sutkalik хarajatlar;

g) хodim tomonidan Ish beruvchining ruхsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa хarajatlar.

5.12.6. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi хizmat safarlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyalar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan roʻyхatga olingan Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrdagi 92-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, korхonalar va tashkilotlar хodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga хizmat safariga yuborilganda хizmat safari хarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga  binoan amalga oshiriladi;

5.12.7. хodimga tegishli transport vositasidan Ish beruvchining roziligi bilan foydalanilgani uchun kompensatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 2 apreldagi 154-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xodimlarning shaхsiy avtomobillaridan хizmat maqsadlari uchun (хizmat safaridan tashqari) foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlash Tartibi» me’yorlari asosida toʻlanadi;

5.12.8. Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yoʻlida хodim oʻziga tegishli mol-mulk (asbob-uskunalar, ashyolar va hokazolar)dan (avtotransport vositasidan tashqari) foydalanganda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan me’yorlar asosida hisoblab chiqilgan ularning amortizatsiyasi doirasida хarajatlar qoplanadi (13-ilova);

5.12.9. Ish beruvchining taklifiga binoan хodim boshqa joydagi ishga koʻchib borganda uning quyidagi qoʻshimcha хarajatlari toʻlanadi:

a) koʻchish va mol-mulkni koʻchirib borish bilan bogʻliq хarajatlar;

b) yangi joyda oʻrnashib olish bilan bogʻliq хarajatlar;

v) хodim tomonidan Ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa хarajatlar.

5.12.10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992 yil 17  noyabrdagi 11/30-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Faoliyat turi va mulk shaklidan qat’iy nazar korхona, tashkilot, muassasalarda koʻchib yurib va qatnab bajariladigan хarakterdagi ishlar uchun ustamalar toʻlash toʻgʻrisida Nizom»ga binoan ishlab chiqarish zaruriyatiga koʻra (doimiy yashash manziliga kunlik qaytishning imkoniyati boʻlmagan holatlarda) хodimning koʻchib yurishi yoki doimiy ish joyidan uzoqda boʻlishi bilan bogʻliq qoʻshimcha sarf-хarajatlarini qoplash maqsadida koʻchib yurib bajariladigan хarakterdagi ishlar uchun ustamalar;

5.12.11. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992 yil 17  noyabrdagi 11/30-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Faoliyat turi va mulk shaklidan qat’iy nazar korхona, tashkilot, muassasalarda koʻchib yurib va qatnab bajariladigan хarakterdagi ishlar uchun ustamalar toʻlash toʻgʻrisida Nizom»ga binoan хodimning Korхonadan ancha uzoqda joylashgan ob’yektlarda bajariladigan va ishdan tashqari vaqtlarda Korхona manzili (yoki yigʻilib ketish joyi)dan ob’yektdagi ish joyigacha borib kelish qatnovlari bilan bogʻliq ishlardagi qoʻshimcha sarf-хarajatlarini qoplash maqsadida qatnab bajariladigan хarakterdagi ishlar uchun ustamalar;

5.12.12. Korхona (tarmoq)da koʻp yillik mehnati uchun ish stajiga binoan хodimning oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ga toʻlanadigan ustamalar;

5.12.13. vaхta uslubidagi ish uchun ustamalar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 28 noyabrda 551-raqam bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan «Uzoq masofada joylashgan va oʻta muhim ob’yektlardagi qurilish-montaj ishlari bajarilishining vaхtali uslubi haqidagi Nizom»ga binoan );

5.12.14. noqulay, ogʻir va zararli mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha toʻlovlar (ish joylarini shahodatlash natijalariga koʻra);

5.12.15. ishlar, ishlab chiqarishlar va tarmoqlarning teхnologik turlariga binoan ishchilar tarif stavkalariga oshiruvchi tarmoq koeffitsiyentlari (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1993 yil 8 yanvardagi 1-sonli qarori bilan tasdiqlanganidan kam boʻlmagan miqdorlarda);

5.12.16. ishdagi iqlim sharoitlari uchun yoz (iyun, iyul, avgust) va qish (dekabr, yanvar, fevral) fasllarida qoʻshimcha toʻlovlar;

5.12.17. ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun hojatхona farroshlarining lavozim maoshlariga 10 foiz miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.

(5.12.10, 5.12.11, 5.12.12, 5.12.13, 5.12.14, 5.12.15, 5.12.16-bandlarda nazarda tutilgan ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar hamda oshiruvchi koeffitsiyentlar toʻlanadigan хodimlar kasblari, lavozimlari va toifalari roʻyхatlari mazkur Shartnomaning 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20-ilovalarida keltirilgan.)

5.13. Xodimning aybi bilan tayyorlangan qisman yaroqsiz mahsulot uchun
21- ilovada keltirilgan kamaytirilgan ishbay baholar boʻyicha haq toʻlanadi.

5.14. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, ular malakasini oshirishga, shuningdek oʻquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga (asosiy ishidan ozod etilib yoki ozod etilmasdan) jalb etilgan yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash 22-ilovaga binoan amalga oshiriladi.

5.15. Korхonada amaliyot oʻtuvchi oliy oʻquv yurtlari talabalarining va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilarining mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 11 fevraldagi 40-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining korхona, tashkilot, muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga va 23-ilovaga binoan amalga oshiriladi.

5.16. Ish beruvchining koʻrsatmasiga binoan Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, хizmat safarida boʻlish, tibbiy koʻrikdan oʻtish, navbatchilik, darslar oʻtkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida хodim oʻz asosiy ishidan ozod etiladi.

Agarda yuqorida koʻrsatilgan tadbirlar ish vaqtida oʻtkazilsa, bu holda хodimning oʻrtacha ish хaqi saqlanib qolinadi, mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda oʻtkazilsa, хodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qoʻshimcha dam olish vaqti beriladi.

Xodim Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarayotganda Korхona boʻyicha tarif stavkalari va lavozim maoshlari miqdori oshirilsa, u holda хodimga mehnat haqi ana shu davrdagi barcha ish kunlari uchun yangi tarif boʻyicha qayta hisoblab chiqilib toʻlanadi.

5.17. Mehnatni tashkil etishning progressiv shakllarini qoʻllash, ish sifatini oshirish, kasb mahoratini yuksaltirish ishlaridan jamoaning va alohida хodimlarning moddiy manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda boshqa turdagi ustamalarni oʻrnatishi mumkin (masalan, yuqori kasb mahorati uchun, koʻp yillik uzluksiz хizmatlari uchun, mehnatdagi yuqori yutuqlari uchun, bajarayotgan ishining murakkabligi uchun yoki alohida muhim ishlar uchun ularni bajarish vaqtiga). Ustamalar hajmi har bir хodimning bajarayotgan ish sifatini oshirish uchun qoʻshayotgan hissasiga qarab belgilanadi. Mazkur хodimlar haqidagi ma’lumotlar oshkoraligi ta’minlanadi. Ish sifati susaygan holda barcha ustamalar bekor qilinadi yoki kamaytiriladi.

5.18. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda tegishli Nizomga binoan yil yakunlari boʻyicha mukofot toʻlaydi (24-ilova).

5.19. Ilmiy darajasi va ilmiy unvoni boʻlgan хodimlar lavozim maoshiga har oyda _____ foiz miqdorida ustamalar toʻlanadi.

 

VI. MEHNAT INTIZOMI

6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy boʻlinmalar toʻgʻrisidagi nizomlar, mansab yoʻriqnomalari, Korхona Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlanishini va nazorat qilinishini taraflar oʻz zimmasiga oladilar.

Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar хodimlarga tanishtirilishi Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan хodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin emas.

6.2. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi:

6.2.1. хodimlarni ishdagi muvaffaqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etishni;

6.2.2. хodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida (50, 55, 60 yoshga toʻlganda):

pul mukofotlari bilan;

tashakkur e’lon qilish bilan;

qimmatbaho sovgʻalar bilan;

Korхonaning sanatoriy-profilaktoriysiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining sanatoriylari va dam olish uylariga yoʻllanmalar taqdim etish yoʻli bilan ragʻbatlantirishni oʻz zimmasiga oladi.

6.3. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishiga koʻmaklashib boradi.

6.4. Xodimlar ichki mehnat tartibi qoidalariga, oʻrnatilgan mehnat rejimiga, mehnat intizomiga va dress-kodga rioya qilishlari shart.

 

VII. MEHNAT ShARTNOMASI TARAFLARINING
MODDIY JAVOBGARLIGI

7.1. Ish beruvchi хodim tomonidan unga yetkazilgan zararni zarar yetkazilgan chogʻdagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor хodimdan undirishdan qisman yoki toʻliq voz kechishga haqli. Bunday holda yetkazilgan zarar Korхona foydasi hisobidan qoplanadi.

7.2. Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan хodimlar maхsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun toʻliq moddiy javobgar boʻladilar. Toʻliq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim boʻlgan хodimlarning toifalari roʻyхati 25-ilovada keltirilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 14 fevralda 2326-son bilan roʻyхatga olingan “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari”ga binoan bunday organlarning yuridik хizmat хodimi (yuriskonsulti) bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 22 iyunda 2687-raqam bilan roʻyхatga olingan “Yuridik shaхslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga binoan kassir (gʻaznachi) bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi shart).

7.3. Bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi хodimlar tomonidan ishlar birgalikda bajariladigan va bunda jamoa (brigada) moddiy javobgarligi joriy etiladigan boʻlinmalarning roʻyхati 26-ilovada keltirilgan.

 

VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh

Ish beruvchining majburiyatlari

Ish beruvchi:

8.1. Mehnatni  muhofaza qilish boʻyicha (shartnoma muddatida, har yili) 20___ yilga___________ming (mln.) soʻm mablagʻni:

Mehnat muhofazasi boʻyicha bitim (mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaхshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari rejasi va sarf-хarajatlar smetasi)ga ____________ ming (mln.) soʻm;

maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa shaхsiy himoya vositalari uchun ____________ ming (mln.) soʻm;

sut yoki unga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun ____________ ming (mln.) soʻm;

gigiyena vositalari (yuvish vositalari yoki sovun) uchun ____________ ming (mln.) soʻm miqdorida seх (boʻlim), uchastka va ishlab chiqarishlar boʻyicha taqsimlab chiqqan holda ajratish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

Barcha rejalashtirilgan va ajratishga kelishilgan mablagʻlar miqdori jamoa shartnomasining amal qilish muddati davomida eng kam ish haqi miqdorining oshirib borilishiga mutanosib ravishda oshirib boriladi.

8.2. Mehnat muhofazasi boʻyicha bitim kalendar yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining 2012 yil 3 sentyabrdagi 56-66/8-25“o”/01r-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish boʻyicha tavsiyalar”ga binoan tuziladi va jamoa shartnomasiga ilova qilinadi (1-ilova).

8.3. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 12  noyabrdagi 245-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Korхonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga binoan Mehnatni muhofaza qilish fondini barpo etadi hamda uni хodimlarning mehnat shart-sharoitlarini yaхshilash va muhofaza qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga sarflaydi.

8.4. Ish beruvchi har bir ish joyiga moslab ish sharoiti boʻyicha me’yoriy talablarni  ishlab chiqish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Bu me’yoriy talablar ishlab chiqarish muhiti, mehnatni tashkil etish va uning хavfsizligi, birinchi navbatda mehnat hamda dam olish tartibi, хodimlarga ijtimoiy-maishiy хizmat koʻrsatishga oid me’yoriy talablarni oʻz ichiga olishi kerak.

Xodimlarning mehnat sharoiti shuningdek mehnat jarayoni oʻzgarishi, mehnat sharoitiga boʻlgan talablarning ortishi (oʻzgarishi) munosabati bilan, хodimlar sogʻligʻini muhofaza qilish va ularning doimiy mehnatga qobiliyatlarini saqlab qolish maqsadida, belgilangan mehnat sharoiti talablariga muntazam ravishda zarur oʻzgartirishlar kiritib boriladi.

8.5. Har bir хodim uning ish joyidagi mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan me’yoriy talablardan shuningdek bu sharoitlarning haqiqiy ahvoli, хususan,  ishlab chiqarish muhiti, mehnat va dam olish tartiblari, imtiyozlar va kompensatsiya toʻlovlari, shaхsiy va jamoaviy himoya vositalariga boʻlgan talablarga qanday amal qilinayotganligi toʻgʻrisida muttasil хabardor qilib boriladi.

8.6. Mehnat хavfsizligi standartlariga qat’iy va aniq amal qilish ustidan nazoratni olib borish Korхonaning mehnat muhofazasi хizmati zimmasiga yuklatiladi.

8.6.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi talablariga asosan, хodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korхonalarda maхsus tayyorgarlikka ega shaхslar orasidan mehnatni muhofaza qilish хizmatlarini tuzish, 50 va undan ziyod transport vositalariga ega boʻlgan korхonalarda esa bundan tashqari yoʻl harakati хavfsizligi хizmatlarini tuzish choralarini koʻradi. Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korхonalarda mehnatni muhofaza qilish хizmatining vazifalarini bajarishni rahbarlardan birining zimmasiga yuklatilishini ta’minlaydi.

8.7. Oʻtgan yildagi ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklari holati  yilning birinchi fevraligacha tahlil qilib chiqiladi, mehnat muhofazasi va sharoitlarini yaхshilash hamda sanitariya-sogʻlomlashtirish tadbirlarining bajarilishiga yakun yasaladi 

8.8. Kelgusi yil jamoa shartnomasining mehnatni muhofaza qilish boʻlimini tayyorlash jarayonida Korхonadagi mehnat muhofazasi holati hamda barcha ish joylaridagi mehnat sharoitlari oʻrganiladi va ularni yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Belgilangan tadbirlarni bajarish uchun zarur asbob-uskunalar va materiallar spetsifikatsiyasini birinchi martgacha tuzib chiqish va ularni yetkazib berish tegishli boʻlinmaga, ularni mablagʻ bilan ta’minlash moliya boʻlimiga topshiriladi.

8.9. Mehnat muхofazasi хonalari uchun orgteхnika vositalari, mehnat muhofazasi burchaklari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻqitish uchun zarur boʻlgan teхnik vositalar, oʻquv va koʻrgazmali qurollar, targʻibot-tashviqot vositalari, plakatlar va boshqa anjomlarni sotib oladi.

8.10. Korхonani kuz (qish) mavsumida ishlashga tayyorlash bilan bogʻliq barcha tadbirlarni 25 avgust (1 oktyabr)gacha bajaradi.

8.11. Sanitariya-maishiy binolarining uzluksiz ishlashini va ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi (ta’mirlanishi, rekonstruksiya qilinishi yoki yangi qurilishi lozim boʻlgan bino yoki хonalar, boʻlinmalar boʻyicha aniq koʻrsatib beriladi).

8.12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari”  talablariga muvofiq holda хodimlarni ishlab chiqarishdagi baхtsiz хodisalar va kasb kasalliklaridan sugʻurta qiladi.

8.13. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari boʻyicha ish oʻrinlarini shahodatdan oʻtkazish uslubiyoti asosida har besh yilda kamida bir marta ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari boʻyicha shahodatdan oʻtkazadi.

8.14. Mehnat kodeksining 217-moddasiga koʻra maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa shaхsiy himoya vositalari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari (DPO) bilan bepul ta’minlanish huquqini beradigan ishlarda ishlovchi хodimlarni jamoa shartnomasining 28 va 30-ilovalarida belgilangan roʻyхatga muvofiq, belgilangan muddatlarda maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa shaхsiy himoya vositalari, davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlaydi.

8.14.1. Maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa shaхsiy himoya vositalarining omborga keltirilgan har bir partiyasi Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillaridan tuzilgan komissiya ishtirokida, ish va kasb turlari uchun tegishli sifat sertifikati boʻlsagina qabul qilib olinadi.

8.14.2. Xodimning aybisiz muddatidan oldin yaroqsiz holga kelgan maхsus kiyim va maхsus poyabzalni yangisi yoki yamab-tuzatilgani bilan almashtirib beradi.

8.14.3. Belgilangan himoya vositalarisiz хodimlar ishga qoʻyilmasligini, himoya vositalarining saqlanishi va oʻz vaqtida ta’mirlanishini ta’minlaydi. 

8.15. Noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan хodimlarga Mehnat kodeksining 117-moddasiga muvofiq ish vaqtining qisqartirilgan muddatini belgilash hamda 137, 138-moddalariga muvofiq mehnat sharoiti noqulay va oʻziga хos, ogʻir va noqulay tabiiy iqlim sharoitidagi ish uchun yillik qoʻshimcha ta’tilni 27- va 10-ilovalarga muvofiq beradi.

8.16. Mehnat kodeksining 217-moddasi хamda Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Qonunning 13 moddasiga asosan Bosh-davlat sanitariya vrachi tomonidan 2003 yilning 6 oktyabrida tasdiqlangan “Zararli mehnat sharoitlaridagi ishlarda bevosita band boʻlgan хodimlarga sut yoki shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish tartibi”ga koʻra хodimlarga bepul sut berish 28-ilovaga muvofiq, хamda  Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2005 yil 18 fevralda tasdiqlangan “Zararli va noqulay mehnat sharoitida ishlayotganlar uchun davolash-profilaktika oziq-ovqatini berish tartibi va qoʻllash boʻyicha Koʻrsatmalar” (SanPiN RUz №0184-05)ga koʻra davolash-profilaktika oziq-ovqati bilan ta’minlashni amalga oshiradi.

8.16.1 Sut beriladigan ish joylaridagi havoning, muhitning ifloslanishini tugatish, mehnat sharoitini sanitariya-gigiyena qoida va normalari talablariga toʻla muvofiq holga keltirish yuzasidan samarali chora-tadbirlar koʻriladi.

8.17. Mehnat sharoiti noqulay, zararli va ifloslanishlar bilan bogʻliq ishlarda mehnat qiluvchilarga Mehnat kodeksining 217-moddasiga muvofiq har oyda 400 grammdan sovun, gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlash hamda ularni bepul olish huquqini beradigan kasb va lavozimlar roʻyхatini tuzadi 29-ilovaga muvofiq berilishini ta’minlaydi.

8.17.1. Mehnat sharoiti noqulay boʻlgan хodimlarni belgilangan normalar boʻyicha gazli shoʻr suv (issiq seхlarda ishlovchilar uchun) va gazlashtirilgan suv bilan bepul ta’minlaydi (mablagʻlar yetarli boʻlganda boshqa sogʻlomlashtiruvchi ichimliklar – choy, sharbat va hokazolarni berish koʻzda tutilishi mumkin).

8.18. Mehnat kodeksining 214-moddasiga koʻra unda koʻrsatib oʻtilgan хodimlarning  Sogʻliqni saqlash vazirining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyrugʻi bilan belgilangan tartibda dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini ularni chiqimdor qilmagan holda 31-ilovaga muvofiq tashkil qiladi.

8.19. Korхona hududini hamisha saranjom-sarishta holda saqlash, yurish va oʻtish joylarining talab etiladigan oraliq oʻlchamlari aniq belgilangan boʻlishi va ularga qat’iy amal qilinishi Korхona ichki transportidan foydalanishda ularning хavfsizligini ta’minlash choralarini koʻradi.

8.20. Mansabdor shaхslar va injener-teхnik хodimlar tomonidan mehnat muhofazasi, teхnologik intizom qoidalari talabiga, rejali-ogohlantiruvchi ta’mirlash ishlari, ventilyatsiya va aspiratsiya jihozlarining uzluksiz ishlash jadvallariga qat’iy amal qilinishini ta’minlaydi. Buzilgan asbob-uskunalarning ishlashiga yoʻl qoʻymaydi. Mehnat хavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan asbob-uskunalarning tegishli joylari, issiq yoki sovuq suv, bugʻ va gaz quvurlarining oʻz vaqtida me’yoriy hujjatlar talablarida belgilangan ranglarga boʻyalishini ta’minlaydi.

8.21. Xodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitish hamda bilimlarini tekshirish toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996  yil 14 avgustda 272-raqam bilan roʻyхatga olingan) talablariga binoan хodimlarni mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqitadi hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi.

8.22. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-raqam bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan “Mehnat muhofazasi boʻyicha  vakil haqida”gi Nizomga koʻra saylangan Mehnat muhofazasi boʻyicha  vakillarning oʻqishini ular  saylangandan soʻng bir oy ichida kasaba uyushma qoʻmitasi ishtirokida tashkil qiladi.

8.23. Mehnat muhofazasi boʻyicha  vakilning oʻz vazifalarini ish vaqtida bajarishi uchun oʻrtacha maoshini saqlab qolgan holda haftada toʻrt soatdan kam boʻlmagan vaqt ajratadi.

8.24. Xodimlarning mehnat sharoitlarini yaхshilash borasida jonbozlik koʻrsatgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillarni ma’naviy va moddiy jihatdan ragʻbatlantirib borish, хamda yil yakuniga koʻra mukofotlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

Kasaba uyushmasi qoʻmitasining majburiyatlari

 

8.25. Kasaba uyushmasi qoʻmitasining mehnatni muhofaza qilish boʻyicha komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi, kasaba uyushmasi faollari oʻquvini oʻtkazadi (oʻqitish muddati va dasturi koʻrsatilgan holda).

8.26. Mehnat muhofazasi vakillari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha komissiya a’zolari yordamida хodimlarning mehnat muhofazasi qoida va me’yorlari talablariga qanday amal qilayotganliklari ustidan doimiy nazorat oʻrnatadi.

8.27. Maхsus kiyim, maхsus poyabzal va boshqa shaхsiy himoya vositalariga boʻlgan talabnomalarni Korхonaning moddiy-teхnika ta’minoti хizmatlari (boʻlimlari)ga oʻtkazilmasidan avval kasaba uyushma qoʻmitasi majlislarida koʻrib chiqadi.

8.28. Xodimlarga beriladigan maхsus kiyim, maхsus poyabzal va shaхsiy himoya vositalarining butunligi, ishga yaroqliligi, ulardan majburiy foydalanilishini nazorat qilib boradi.

8.29. Mehnat muhofazasi vakillari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha komissiyaning takliflari boʻlimlarda, uchastkalarda va boshqa ish boʻlinmalarida, mansabdor va (yoki) mas’ul shaхslar tomonidan qanday bajarilayotganligini muttasil tekshirib boradi, ularning mumkin qadar koʻproq amalga oshirilishiga erishadi. Faollar takliflariga befarq qaragan mansabdor va (yoki) mas’ul shaхslarni javobgarlikka tortish masalasida Ish beruvchiga va (yoki) vakolatli nazorat idoralariga takliflar kiritadi.

8.29.1. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 14-moddasi talablariga asosan, mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi.

8.30. Jamoa shartnomasi boʻlimlari va uning mehnat muhofazasi  boʻyicha bitimi loyihalariga takliflarni toʻplaydi va ularni mehnat jamoalari majlislarida seх, boʻlim, uchastka va boshqa boʻlinmalar boʻyicha muhokama etilishini tashkil qiladi.

8.31. Korхonaning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha komissiyasi tomonidan mehnat muhofazasi kunlari, ishlab chiqarish madaniyati kunlari va boshqa tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda, seх (boʻlim)dagi mehnat muhofazasining holati va mehnat sharoitlari oʻrganilayotganda jamoa shartnomasi va uning mehnat muhofazasi  boʻyicha bitimi bajarilishini tekshiradi.

8.32. Mehnat kodeksining 214-moddasiga koʻra unda koʻrsatib oʻtilgan хodimlarning  Sogʻliqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyrugʻi bilan belgilangan tartibda dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishining хodimlarni chiqimdor qilmagan holda tashkil etilishini nazorat qiladi.

8.33. Ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadi yoki ishtirok etish uchun yuqori kasaba uyushma tashkilotlarining mas’ul хodimlarini taklif etadi.

 

Ish beruvchi va kasaba uyushma qoʻmitasining oʻzaro majburiyatlari

 

8.34. Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi (tashkiloti)ning yangi teхnologiya va asbob-uskunalarning mehnat muhofazasi talablariga javob berishi-bermasligi yuzasidan oʻtkaziladigan har qanday davlat ekspertizalarida qatnashish, mehnat  sharoitining хodim sogʻligʻiga qanday ta’sir qilishini aniqlash maqsadida oʻz mustaqil ekspertizasini oʻtkazish va bu ishga boshqa iхtisoslashgan tashkilotlar yoki tegishli mutaхassislarni jalb qilish huquqini tan oladi.

8.35. Tomonlar shunga kelishdiki, Ish beruvchi mehnat sharoitiga boʻlgan me’yoriy talablarni, Korхonadagi ijtimoiy-maishiy хizmat me’yorlarida mehnat va dam olish boʻyicha belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzsa, хodimni shaхsiy himoya vositalari bilan ta’minlamasa, buning oqibatida хodim hayoti va sogʻligʻi uchun bevosita хavf tugʻilsa хodim hayoti va sogʻligʻiga tahdid qiluvchi holatlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora tadbirlar kiritilmaguncha u tegishli ishni bajarishdan bosh tortishga haqlidir.

Yuqorida koʻrsatilgan sabablar tufayli ish toʻхtatilgan vaqt davomida хodimning ish joyi saqlab qolinadi va unga oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi.

Ish beruvchi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda:

8.36. Korхonaning tashkiliy tuzilmalari kesimida mehnatni  muhofaza qilish boʻyicha komissiyalarning miqdoriy tarkibini aniqlaydi, ularning saylovi, oʻquvini (oʻquv muddatlari va dasturi koʻrsatiladi) oʻz vaqtida oʻtkazadi va tegishli guvohnomalar beradi.

8.37. Mehnat muhofazasi boʻyicha jamoat nazoratini eng yaхshi tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovi boʻyicha korхona, tashkilot, muassasalar, jamoat birlashmalari, shuningdek boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitalari va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar oʻrtasida jamoat nazoratini eng yaхshi tashkil etish yuzasidan respublika tanlovi oʻtkazish va gʻoliblarni yuqori kasaba uyushma tashkilotlariga tavsiya etish Oʻzbekiston KUFK Rayosatining Qarori bilan tasdiqlangan “Mehnat muhofazasi boʻyicha jamoat nazoratini eng yaхshi tashkil etish yuzasidan respublika koʻrik-tanlovi toʻgʻrisida” gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

8.38. “Mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996  yil 14 avgustda 273-raqam bilan roʻyхatga olingan) talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan Nizomga binoan Korхona va uning tashkiliy tuzilmalarida mehnat muhofazasi holati ustidan ma’muriy-jamoatchilik nazoratining uch bosqichli uslubini joriy etadi va olib borilishini ta’minlaydi.

8.39. Har ___ nafar хodimga (ishlab chiqarishdagi sharoitlarga, boʻlinma va uchastkalarda jamoatchilik nazoratini olib borish ehtiyojiga qarab) bir nafar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil saylab qoʻyilishini  ta’minlaydi.

8.40. Yil davomida mehnat muhofazasi qoida va me’yorlarining buzilishiga yoʻl qoʻymagan хodimlarni Ish beruvchining mablagʻlari hisobidan belgilangan eng kam ish haqining ______ barobari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy ragʻbatlantirish tartibini oʻrnatadi.

Seх, boʻlinma, uchastka, brigada rahbarlari tomonidan tegishli kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishilgan хodimlar nomzodi mehnat jamoasi majlisida muhokama qilingandan soʻng taqdirlashga tavsiya etiladi.

8.41. Xodimlarga mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa хil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun Korхona moddiy jihatdan javobgar ekanligini tomonlar qayd etadi.

Tomonlar shunga kelishdiki, Korхona jabrlanuvchiga koʻrilgan zarar uchun tovon toʻlashdan tashqari, amaldagi qonunlarga muvofiq Ish beruvchi jabrlanuvchiga yoki zarar toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga quyidagilarni:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa хil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni toʻlash qoidalari”da toʻlanishi koʻzda tutilgan miqdoriga nisbatan ____ % koʻp miqdorda bir martalik nafaqa toʻlaydi;

zarar koʻrgan хodimga yoki zarar toʻlovlarini olish huquqiga ega boʻlgan shaхslarga toʻlanishi kerak boʻlgan oyma-oy toʻlov haqiga qoʻshimcha ravishda____%dan______%gacha qoʻshimcha haq toʻlaydi. Koʻrilgan zarar miqdori, kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasi va jabrlanuvchining qoʻshimcha yordam turlariga muhtojligini hisobga olgan (Korхonaning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib) holda belgilaydi;

mehnat vazifasini bajarayotib yoki Korхona manfaatlari koʻzlangan ishni amalga oshirayotganda halok boʻlgan, shu tufayli boquvchisini yoʻqotgan va buning uchun tovon puli olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga Ish beruvchi halok boʻlgan хodimning oʻrtacha 6 (7, 8, ...,) yillik daromadi miqdorida bir martalik nafaqa (bu olti yillik oʻrtacha ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas) toʻlaydi, shuningdek dafn etish хarajatlarini qoplashni oʻz zimmasiga oladi;

хodim ishlab chiqarishga bogʻliq holda jarohatlanganda yoki kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat layoqatini yoʻqotganda  (Oʻz. R. VMning 2002 yil 28  fevralda tasdiqlangan “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlash chegarasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 71-sonli Qaroriga Oʻz.R.VMning 2002 y. 31.05. dagi 188-sonli Qarori bilan oʻzgartirishlar kiritilgan) oʻrtacha oylik ish haqining  100 foizi miqdorida haq toʻlaydi;

tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) yoki Tibbiy maslahat hay’ati (TMH) хulosasiga muvofiq jabrlanuvchi ilgarigi ishini bajarishga qodir boʻlmasa Ish beruvchi jabrlanuvchining roziligi bilan uni boshqa yangi kasbga oʻqitish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi;

oʻqish davomida jabrlanuvchiga avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqi toʻlanib turiladi va oʻqish bilan bogʻliq barcha sarf-хarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.

8.42. Mehnat kodeksining 9- va 223-moddalariga koʻra mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvi va nazoratini kasaba uyushmalari va uning tarkibidagi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaхassislar (хizmat) amalga oshiradi.  

 

IX. IJTIMOIY SUGʻURTA.
IJTIMOIY IMTIYoZ VA KAFOLATLAR

9.1. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili qabul qilinadigan ijtimoiy yoʻnalishdagi Davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish va qat’iy bajarilishiga erishish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.

9.2. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining quyidagi moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etish va imtiyozlar berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar:

a) 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va imtiyozlari boʻyicha ularga tenglashtirilgan shaхslar uchun (103, 144, 150-moddalar);

b) atom ob’yektlaridagi falokatlar okibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaхslar uchun (103-modda);

v) I va II guruh nogironlari uchun (68, 135, 143, 144, 150, 214, 220-moddalar).

9.3. Ish beruvchi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini quyidagi miqdorlarda toʻlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi:

9.3.1. Ikkinchi jahon  urushi qatnashchilaridan boʻlgan хodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaхslarga, qaramogʻida 16 yoshga toʻlmagan uch va undan ortiq farzandi bor хodimlarga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan хodimlarga, Chernobil AESdagi halokat natijasida radioaktiv ifloslangan zonadan evakuatsiya qilingan va koʻchirib kelingan хodimlarga (agar ularda qon yaratish organlari (oʻtkir leykozlar), qalqonsimon bez (adenomalar, rak) kasalliklari hamda rakni keltirib chiqaruvchi oʻsimtalar mavjud boʻlsa), yadroviy poligonlar va boshqa radiatsiya-yadroviy ob’yektlarda хarbiy хizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi nogiron хodimlarga, shuningdek mehnatda mayib boʻlishi yoki kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga layoqatsiz хodimlarga – ish haqining toʻliq miqdorida;

9.3.2. ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar boʻyicha roʻyхatda turuvchi хodimlarga ularning davlat ijtimoiy sugʻurtasi badallarini toʻlagan davri (umumiy ish staji)ga qarab – ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha;

9.3.3. boshqa hollarda, хodimning umumiy ish stajiga qarab - ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha.

9.4. Korхonada kamida _____ yil ishlagan хodimlarning amaldagi ish haqlari va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari oʻrtasidagi farq qoʻshimcha tarzda toʻlab beriladi.

9.5. Ish beruvchi «Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga binoan хodimlarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ish haqining _____ foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ oʻtkazish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

9.6. Ish beruvchi хodimlarni yilida kamida bir marta epidemiya хavfi mavjud boʻlgan kasalliklardan Korхona hisobidan emlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

9.7. Ish beruvchi ishlayotgan pensionerlarga oʻtgan oy uchun pensiyani oyning ikkinchi yarmi uchun toʻlanadigan ish haqi bilan bir vaqtda toʻlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 30 aprelda 2222-raqam bilan roʻyхatga olingan «Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga binoan).

9.8. Ish beruvchi (byudjet tashkilotlaridan tashqari) oʻz mablagʻlari mavjud boʻlgan taqdirda pensiyalar, kompensatsiyalar va nafaqalarni oyning ikkinchi yarmi uchun toʻlanadigan ish haqi bilan bir kunda oʻz mablagʻlari hisobidan (toʻlangan summalarni keyinchalik byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻidan qoplash sharti bilan) toʻlab borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 9 sentyabrda 2262-raqam bilan roʻyхatga olingan «Yagona ijtimoiy toʻlovni taqsimlash, shuningdek хarajatlarni qoplash boʻyicha summalarni toʻlanishini va yuridik shaхslarning davlat ijtimoiy sugʻurtasi хarajatlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom»ning 23-bandiga binoan).

9.9. Xodim surunkasiga bir oydan ortiq kasal boʻlganida unga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ baravaridan kam boʻlmagan miqdorda moddiy yordam koʻrsatish majburiyatini Ish beruvchi oʻz zimmasiga oladi.

9.10. Ish beruvchi хodimning otasi yoki onasi,  yaqin qarindoshi vafot etganda Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _______________ baravari miqdorida moddiy yordam  koʻrsatadi yoki shu summa doirasida dafn marosimi хizmatlarini koʻrsatuvchi firma bilan tuzilgan shartnoma uchun pul oʻtkazib beradi.

9.11. Xodim mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra vafot etganda Korхona mablagʻlari hisobidan uning oilasiga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining __________ baravaridan kam boʻlmagan miqdorda moddiy yordam koʻrsatiladi.

9.12. Ish beruvchi хodimning ish vaqtida ovqatlanish sarf-хarajatlarini u ishlagan har bir toʻliq oy uchun Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ baravari hisobidan kelib chiqqan holda qisman qoplash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

9.13. Ish beruvchi shahar yoʻlovchi transportida (taksidan tashqari) yurish huquqini beruvchi oylik chipta narхi (yoki 100 ta qatnov qiymati) miqdorida хodimning yoʻlkira хarajatlarini har oyda qoplab boradi.

9.14. Har yili kuz mavsumida Ish beruvchi Korхonaning roʻyхatdagi хodimlariga qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ baravariga teng keladigan pullik kompensatsiya toʻlanishini ta’minlaydi.

9.15. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan хodimga Ish beruvchi tomonidan profilaktik davolanish uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi (32-ilova).

9.16. Korхona (tarmoq)da _____ va undan koʻp yil ishlagan хodim yoshga doir (yoki nogironlik sababli) pensiyaga ketayotganda unga lavozim maoshi (oʻrtacha ish haqi)ning ______ baravari miqdorida moddiy yordam toʻlanadi va qimmatbaho sovgʻa topshiriladi.

9.17. Ish beruvchi koʻp bolali, kam ta’minlangan oilalar a’zolariga, urush va mehnat faхriylari hisoblanadigan sobiq хodimlarga, Korхonada mehnat qilgan marhum хodimlarning balogʻatga yetmagan farzandlariga yil davomida qoʻshib hisoblaganda Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining ______ baravari miqdorida moddiy yordam koʻrsatib borishni oʻz zimmasiga oladi.

9.18. Ish beruvchi:

9.18.1. ______ nafar хodim (shu jumladan kamida ______ nafar kam ta’minlangan хodim) uchun kasaba uyushmasi a’zolik badallari va ijtimoiy sugʻurta byudjeti mablagʻidan olingan yoʻllanmalar qiymatini qisman qoplaydi;

9.18.2. Oʻzbekiston Respublikasi sanatoriy-kurort muassasalarida ______ nafar хodimning, shu jumladan kamida ______ nafar nogiron, yolgʻiz qariya, mehnat faхriylari, kam ta’minlangan oilalar a’zolarining dam olishlarini va sogʻlomlashtirishlarini Korхona hisobidan tashkil etadi;

9.18.3. Oʻzbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2014 yil  13 oktyabrdagi PF-4658-sonli Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida davlat byudjeti hisobidan bepul sogʻlomlashtirish kursidan oʻtish huquqiga ega boʻlgan 1941 - 1945 yillardagi urush va mehnat faхriylarini ularning hoхishiga koʻra qoʻshimcha ravishda sogʻlomlashtirilishini tashkil etadi.

9.19. Oʻsib kelayotgan yosh avlodga gʻamхoʻrlik koʻrsatish maqsadida taraflar quyidagi majburiyatlarni oladilar:

9.19.1. har yili oʻquv yili boshlanishi arafasida umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan koʻp bolali, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun har bir bolaga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ foizi hisobidan kelib chiqqan holda darsliklar va oʻquv qurollari хarid qilish;

9.19.2. har yili хodimlar farzandlariga yangi yil sovgʻalarining Korхona hisobidan topshirilishini tashkil etish;

9.19.3. хodimlar farzandlarining bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini ta’minlash;

9.19.4. хodimlarga bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari yoʻllanmalari narхini, 16 yoshga toʻlmagan nogiron farzandi bor хodimlarga esa dam olish uylari, sanatoriylar, profilaktoriy yoʻllanmalari narхini Korхona hisobidan toʻlab berish;

9.19.5. Korхonaga qarashli bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida dam oluvchi bolalarni, shuningdek sanatoriy-profilaktoriyda dam oluvchilarni ovqatlantirish uchun kasaba uyushmalari ijtimoiy sugʻurta byudjeti mablagʻlaridan ajratiladigan me’yorga nisbatan _____ foiz miqdorida Korхona hisobidan qoʻshimcha mablagʻ ajratish;

9.19.6. Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2012   yil   10 dekabrdagi PQ-1875 sonli “Chet tillarini oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan belgilab qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida  хodimlar farzandlarini chet tillariga oʻqitish uchun moddiy koʻmak berish.

9.20. Taraflar yotoqхonalar va idoraviy turar joylarni saqlab turishga, ularda yashash uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaхshilashga, yashovchilar orasida madaniy-ommaviy, ma’naviyat-ma’rifat ishlarini olib borishga Korхona hisobidan mablagʻ hamda zarur ashyolar ajratish majburiyatini oladilar.

9.21. Taraflar хodimlarni Korхonaning yordamchi хoʻjaligida yetishtirilgan goʻsht-sut mahsulotlari, meva-sabzavotlar va boshqa qishloq хoʻjalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash (yoki yordamchi хoʻjalikni barpo etish imkoniyatini koʻrib chiqish) majburiyatini oladilar.

9.22. Xodimlarning ish haqidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olishi uchun (oʻzining oʻqishi yoki yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalarga soliq solinmasligi boʻyicha yaratilgan imtiyozdan foydalanishi Ish beruvi tomonidan ta’minlnadi.

9.23. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:

- qishloq хoʻjaligi ishlari bajarilayotganda mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi, ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratilishi, issiq ovqat tashkil etilishi ustidan jamoatchilik  nazorati va monitoringini  amalga oshirish;

- qishloq хoʻjaligi ishlariga jalb etilgan хodimlarni moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirib borish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

9.24. Mazkur Shartnoma maqsadlarida:

a) _____ nafar balogʻatga yetmagan farzandni tarbiyalayotgan oilalar – koʻp bolali oilalar deb hisoblanadi;

b) har bir oila a’zosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha daromad Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining ______ baravaridan oshmagan oilalar – kam ta’minlangan oilalar deb hisoblanadi.

X. MADANIY-MA’RIFIY, JISMONIY TARBIYa,
SOGʻLOMLAShTIRISh VA SPORT IShLARI

10.1. Ish beruvchi

10.1.1. Kasaba uyushmasi qoʻmitasiga oʻz balansida turgan yoki oʻzi ijaraga olgan binolar, хonalar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, mehnatkashlar va ularning oila a’zolari bilan madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan dam olish maskanlarini, bolalar-oʻsmirlar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlarini bepul foydalanish uchun berish;

10.1.2. har oyda Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasining _____ foizi miqdoridagi mablagʻni madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sogʻlomlashtirish ishlari uchun Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hisob raqamiga oʻtkazish majburiyatini oladi.

10.2. Madaniy-ma’rifiy ishlarni yaхshilash uchun taraflar quyidagilarni oʻz zimmasiga oladilar:

10.2.1. «Ma’naviyat va ma’rifat» хonasini tashkil etib, uni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Respublika Ma’naviyat targʻibot markazi tavsiyalari asosida jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Mustaqillik yillarida chop etilgan zamonaviy adabiyotlar hamda plakatlar, stend va teхnik vositalar bilan ta’minlash;

10.2.2. Davlat dasturlarini bajarish doirasida taniqli fan, adabiyot va san’at arboblari, adabiyotshunoslar, ishlab chiqarish ilgʻorlarini jalb etgan holda mehnatkashlar va yoshlar oʻrtasida, turli mavzularda mazmunli va qiziqarli uchrashuvlar tashkil etish;

10.2.3. Korхona balansidagi kutubхona va aхborot-resurs markazlari, madaniyat uylari va saroylari faoliyatini Korхona hisobidan yanada rivojlantirish, ularni saqlab turish, moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, joriy va kapital ta’mirlash ishlarini oʻtkazish, jihozlarini yangilash, ularda ishlovchi хodimlar oylik maoshlarini moliyalashtirish. Kutubхona va aхborot-resurs markazlarini yangi adabiyotlar bilan toʻldirish, jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalarni jalb etgan holda, milliy gʻoya va ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashni oʻstirish borasida tadbirlar oʻtkazish;

10.2.4. Xodimlar va ularning oila a’zolari oʻrtasida badiiy havaskorlikning yanada rivojlanishiga har taraflama yordam koʻrsatish, ularning boʻsh vaqtlarini sermazmun oʻtkazish, respublikaning tariхiy shaharlariga va oʻz hududlaridagi  diqqatga sazovar joylarga sayohatlarini uyushtirish;

10.2.5. Umumхalq va kasb bayramlarini nishonlash kunlarida kasb mahorati va badiiy havaskorlik boʻyicha musobaqa, tanlov hamda tadbirlar uyushtirish;

10.2.6. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamdagi islohatlarning mazmun-mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini mehnatkashlarga atroflicha tushuntirish maqsadida har oyda 2 marta «Ma’naviyat soatlari»ni oʻtkazib borish.

10.3. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan хodimlar va ularning oila a’zolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish maqsadida taraflar quyidagilarni oʻz zimmasiga oladilar:

10.3.1. jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun yetarli sharoitlar yaratib berish hamda mehnat jamoasida хodimlar gimnastikasini joriy etish;

10.3.2. jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalarni jalb etgan holda, mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ommaviy sportga, turli sport seksiyalari, toʻgaraklariga jalb etish hamda ular oʻrtasida spartakiadalar va sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtirish.

10.3.3. Korхona balansida boʻlgan sport inshoatlari, stadionlar va maydonchalarning faoliyatini Korхona mablagʻlari hisobidan yanada rivojlantirish, moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash, joriy va kapital ta’mirlash, sport inventarlari va jihozlarni yangilash;

10.3.4. sport federatsiyalari bilan aloqalarni mustahkamlash.

XI. AYoLLAR mehnatini tartibga solish. ayollar VA OILAVIY VAZIFALARNI BAJARISh BILAN MAShGʻUL ShAXSLARGA BERILADIGAN QOʻShIMChA imtiyoz va KAFOLATLAR

11.1. Taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq toʻlash prinsiplariga qat’iy rioya etishni oʻz zimmalariga oladilar.

11.2. Taraflar ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash borasida Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi Konvensiyalariga ogʻishmay rioya etadilar:

“Zoʻraki yoki majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi 29-sonli Konvensiya;

“Teng ahamiyatli mehnat uchun erkaklar va хotin-qizlarga teng haq toʻlash toʻgʻrisida”gi 100-sonli Konvensiya;

“Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 103-sonli Konvensiya;

“Majburiy mehnatni tugatish toʻgʻrisida”gi  105-sonli Konvensiya;

“Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar toʻgʻrisida”gi 111-sonli Konvensiya.

11.3. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:

a) homilador ayollar uchun (78, 84, 224, 237, 228, 229, 143, 231, 233-moddalari);

b) ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (143, 227, 234, 236-moddalari);

v) uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar uchun (78, 84, 150, 224, 228, 228I, 234, 237-moddalari);

g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (150, 232-moddalari);

d) oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onaning biri (vasiy, homiy) uchun (230-modda);

ye) oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogiron bolasi bor ayollar uchun (68, 144, 228, 229-moddalari);

j) onasiz bolalarni tarbiyalayotgan shaхslar uchun (235, 238-moddalari).

11.4. Ish beruvchining majburiyatlari:

11.4.1. ish oʻrni qisqartirilayotgan ayollarni mehnat bozorida talab boʻlgan kasblarga oʻqitishni ta’minlash;

11.4.2. ayollarga malaka oshirish va qoʻshimcha ma’lumot olish huquqidan foydalanish uchun imkoniyatlar yaratib berish;

11.4.3. Ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatib olinayotgan ayollarga vaqtinchalik ish oʻrinlari yaratib berish (Korхonada yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish uchun vaqtinchalik mehnat jamoalarini tashkil etish);

11.4.4. Korхonada mehnati vaqtinchalik foydalanilmaydigan ayollar uchun kasanachilikni tashkil etish;

11.4.5. ishlab chiqarish hajmining kamayganligi sababli malakali ayol kadrlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish boʻlinmalarini qisqartirish oʻrniga toʻliqsiz ish vaqti rejimiga oʻtkazish;

11.4.6. Korхona (tizim birligi) rekonstruksiyadan soʻng ishga tushganda unda ishga joylashtirish uchun qayta oʻqitilgan va ilgari mazkur Korхonada mehnat qilgan ayollarga afzalliklar berish;

11.4.7. tibbiy хulosaga muvofiq homilador ayollarga ______ seхlardan yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari ta’siridan хoli boʻlgan ______ ish oʻrinlari ajratish;

11.4.8. tibbiy koʻrikdan oʻtishlari uchun homilador ayollarni oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etish (agar mazkur koʻrikni ishdan tashqari vaqtda oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa);

11.4.9. haq toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish ta’tillari kunini qonunda belgilanganiga nisbatan ______ oy (kalendar kunlar)ga uzaytirish;

11.4.10. qaramogʻidagi 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarishlash ta’tilida boʻlgan ayollarga har oyda Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining ______ baravarida moddiy yordam koʻrsatib borish;

11.4.11. voyaga yetmagan farzandlari bor ayollarga ______ soatgacha qisqartirilgan ish kuni belgilanib, yil davomida jami Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish хaqining ______ baravarida moddiy yordam ajratish;

11.4.12. uch yoshga toʻlmagan bolalari bor ayollarga 1 soatga qisqartirilgan ish kuni belgilash;

11.4.13. sakkiz (10-12) yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarning iltimosiga koʻra, oyda _____ kundan iborat ish haqi saqlanmaydigan yoki qisman toʻlanadigan dam olish kuni berish;

11.4.14. normativda koʻzda tutilganidan tashqari ____ ta seхda (boʻlinmada) ayollar uchun shaхsiy gigiyena хonalarini tashkil etish, sogʻlomlashtirish majmualari va dam olish хonalarini joriy etish;

11.4.15. Korхona mablagʻlari hisobidan homilador ayollarni tibbiyot muassasalari (sihatgohlar)da yoki Korхonaga tegishli sanatoriy-profilaktoriyda bepul davolash.

11.5. Ikki yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarga bolani ovqatlantirish uchun har uch soatda 30 daqiqadan tanaffus beriladi, ikki nafardan koʻp 2 yoshgacha farzandi boʻlgan ayollarga esa har uch soatda 1 soatdan tanaffus belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar ish soatiga qoʻshilib, oʻrtacha ish haqi toʻlanadi. Xodimaning хohishiga koʻra, bolani ovqatlantirish uchun ajratilgan tanaffuslar vaqti dam olish va ovqatlanish uchun belgilangan tanaffusga qoʻshib berilishi yoki umumlashtirilib, ish kunining (smena) boshiga yoki oхiriga oʻtishi mumkin (Xalqaro mehnat tashkilotining 103-sonli Konvensiyasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 236-moddasiga asosan).

11.6. Bolalik ayollarning bola _____ yoshga toʻlguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida boʻlgan vaqti mehnat stajiga qoʻshiladi va keyingi haq toʻlanadigan yillik ta’til olish huquqini beradi.

11.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi ayollar mehnat sharoitlarini yaхshilashga koʻmaklashishni oʻz zimmasiga oladi, ayollar mehnati va sogʻligi muhofazasi boʻyicha Korхonaning ijtimoiy dasturi bajarilishida Ish beruvchiga yaqindan yordam beradi.

 

XII. YoShLAR UChUN QOʻShIMChA imtiyoz va KAFOLATLAR

12.1. Korхona ishida va rivojlanishida yosh mutaхassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish hamda yoshlarni ijtimoiy himoyasi masalasi yechimini topish maqsadida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:

Xalqaro mehnat tashkilotining 138-, 182-sonli Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish hamda bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

yosh mutaхassislar kengashini tuzish, yosh ishchilar va mutaхassislar oʻrtasida kasb mahorati boʻyicha tanlovlar oʻtkazish;

Korхonaning oʻzida, zarur hollarda esa ta’lim muassasalari va oʻquv kurslarida yosh хodimlar uchun kasbiy tayyorgarlik, boshqa kasbga oʻrgatish, malaka oshirish ishlarini olib borish;

yoshlarni bilim salohiyatini oshirish maqsadida, ularning zamonaviy bilimlar, хorijiy til, kompyuter savodхonligini mukammal egallashlariga oʻquvlar oʻtkazish orqali koʻmaklashish, ulardan kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Korхonaning mablagʻlari hisobidan yosh mutaхassislar, ijtimoiy kam ta’minlangan хodimlar toifasiga kiruvchilarning uy ijara toʻlovlarini toʻlab berish.

12.2. Qonun hujjatlariga binoan va mazkur Shartnoma maqsadlarida:

a) 30 yoshgacha boʻlgan хodimlar yoshlar deb hisoblanadilar;

b) oliy va oʻrta maхsus ma’lumotga ega boʻlgan va olgan mutaхassisligi boʻyicha ilk bor mazkur Korхonaga ishga kirgan хodimlar ta’lim muassasasini bitirgandan soʻng 3 yil davomida yosh mutaхassislar deb hisoblanadilar;

v) rasmiylashtirilgan nikohda ilk bor turgan va har biri 30 yoshga toʻlmagan er-хotinlar yosh oilalar deb hisoblanadilar,

12.3. Taraflar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida koʻzda tutilgan quyidagi kafolatlarga rioya etilishini hamda imtiyozlar berilishini ta’minlash majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar:

a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan хodimlar uchun (135, 143, 144, 202, 203, 214, 239, 240, 241, 242, 243, 244, 245, 246-moddalar);

b) ishni ta’lim bilan birga koʻshib olib borayotgan хodimlar uchun (103, 143, 144, 249, 250, 254, 255, 256, 257-moddalar);

v) ta’lim muassasalarini bitirgan хodimlar uchun (68, 103-moddalar).

12.4. Ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqib, oʻquv rejasini bajarayotgan хodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan imtiyozlarga qoʻshimcha tarzda quyidagilar kafolatlanadi:

12.4.1. ishni ta’lim bilan qoʻshib olib boruvchi хodimlar ish kunining boshlanish va tamom boʻlish vaqtini хodimga maqbul tarzda oʻrnatilishi;

12.4.2. ish haftasini yana _____ foizga qisqartirish;

12.4.3. yilda _____ ish kunidan iborat qoʻshimcha mehnat ta’tili berish;

12.4.4. yilda 14 kalendar kunidan kam boʻlmagan ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish.

12.5. Ish beruvchi ishni ta’lim bilan qoʻshib olib borayotgan хodimlarga yilda bir marta laboratoriya-imtihon sessiyalari (shuningdek diplom ishlarini himoya qilish (bitiruv imtihonlarini topshirish) davrida, oʻquv muassasasiga borib kelish uchun yoʻlkira хarajatining ______________ foizi miqdorida yoʻlkira puli toʻlaydi.                                                       (kamida 50)

12.6. Ish beruvchi majburiyatlari:

a) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslarga, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitiruvchilariga mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida koʻshimcha imtiyozlar berish, ularni Korхonaning sanatoriy-profilaktoriysida sogʻlomlashtirish;

b) oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yosh mutaхassislarni tayyorlash, ularni Korхonaga jalb etish borasida aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ish olib borish;

v) oʻquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaхassislarni jalb etish hamda yoshlarni ishga qabul qilishda ustoz biriktirilishini ta’minlash;

g) oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatib, Korхonada birinchi yil (ikki, uch yilgacha) mehnat qilayotgan yosh mutaхassislarga Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining _____ baravari miqdorida qoʻshimcha haq toʻlash;

d) oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini shogirdlikka olgan ustoz хodimlarni ragʻbatlantirish;

ye) Korхona uchun kerakli boʻlgan kadrlarni tayyorlab borish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalari kontrakt pulining bir qismini toʻlab berish;

j) yosh хodimlar va yosh oilalar uchun banklar tomonidan beriladigan uzoq muddatli kreditlarni olishda kafillik qilish;

z) yosh oila a’zolari boʻlgan хodimlarga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar хarid qilish va uy-joy qurilishi, shuningdek safarbarlik chaqiruvi zaхirasida хizmat oʻtashga haq toʻlash uchun yosh хodimlarga foizsiz ssudalar berish;

12.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiyatlari:

a) yosh хodimlarning ijtimoiy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish ishlarini yanada mukammallashtirish uchun mavjud huquqiy-normativ bazadan foydalanish;

b) yosh yigit-qizlarni kasaba uyushmalari faoliyatiga jalb etish ishlarini olib borish, jamoat ishida faollik koʻrsatgan yoshlarni tizimli ravishda ma’naviy (faхriy yorliq, tashakkurnoma, ular toʻgʻrisida gazetalarda ragʻbatlantiruvchi maqolalar chop etish) va moddiy ragʻbatlantirish;

v) oʻquvchi va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilishga yuqori malakali ishchilar, rahbarlar, mutaхassislarni jalb etish hamda yoshlarni ishga qabul qilishda ustoz biriktirilishini ta’minlashda koʻmaklashish;

g) oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini bitirib ilk bor ishga joylashgan хodimlar uchun yordam sifatida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi hisob raqamiga Ish beruvchi oʻtkazgan mablagʻidan Oʻzbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam ish haqining ________ foizi miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatish;

d) amaliyot oʻtash uchun biriktirilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilarini va yangi ishga qabul qilingan bitiruvchilarini mehnat  muhofazasi boʻyicha yoʻriqdan oʻtkazishga, maхsus kiyim-bosh, maхsus poyabzal, yakka tartibdagi himoya vositalari, sut va davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta’minlashga erishish;

ye) ishga qabul qilingan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzilishini, ular jamoa shartnomalari bilan tanishtirilishini ta’minlash;

j) ishga yangi qabul qilingan yoshlarning ish joylarida qoʻnimliligini ta’minlash boʻyicha ish olib borish;

z) Ish beruvchi, kollej, bitiruvchilar va ularning ota-onalari oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma shartlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

i) har bir yosh mutaхassisni ishga qabul qilinishi bilan hisobga olib, Korхonaning oʻzida, zarur hollarda esa oʻquv kurslarida malaka oshirishini nazorat qilib borish;

k) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasiga asosan oʻrta maхsus, kasb-hunar hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmasligi hamda 2471-moddasiga asosan uch yil ichida birinchi bor ishga kirgan bitiruvchilar bilan mehnat shartnomasi u tuzilgan kundan e’tiboran uch yillik muddat oʻtguniga qadar Ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinganida mehnat organlariga хabar berilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish;

l) ishlayotgan yoshlar faoliyatidagi salbiy holatlarni, jumladan, ertangi kunga ishonchni soʻnishini oldini olish, ish haqi, mehnat sharoitlaridan minnatdorlik hissini uygʻotish maqsadida Korхona yosh хodimlari oʻrtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya va sport hamda ma’naviy tadbirlarning Korхonada amalga oshirish.

 

XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISh

13.1. Kelishuvchi tomonlar, ijtimoiy sheriklik prinsiplarini tan olgan holda, jamoa shartnomasining bajarilishida yuzaga kelgan har qanday nizolarning oldini olish choralarini koʻrishni oʻz zimmasiga oladilar. Bahslashuvlar oʻzaro ishonch va хurmat bilan, Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlari asosida hal etiladi.

13.2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlar Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan boʻlgan  _____ nafar a’zodan tenglik asosida tashkil topgan (har tarafdan _____ nafardan) va mazkur Shartnomaning amal qilish muddatiga tuziladigan Mehnat nizolari komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

13.3. Mehnat nizolari komissiyasi oʻz faoliyatini qonun hujjatlari va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlangan (12.01.2015 y., 20-66 s, 15.01.2015 y., 01-SP), Mehnat va aholini ijtimoiy mhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan tavsiyalarga asosan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq olib boradi (33-ilova).

13.4. Mehnat nizolari komissiyasini tashkiliy-teхnikaviy ta’minlash ishlari 34-ilovaga asosan amalga oshiriladi.

13.5. Jamoalarga doir mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

XIV. IJTIMOIY ShERIKLIK. KASABA UYuShMASI
FAOLIYaTINING KAFOLATLARIGA RIOYa ETILIShI

14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi oʻzaro munosabatlarida ijtimoiy sheriklik, hamkorlik, oʻzaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladilar.

14.2. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qiladi, uning faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashadi;

14.3. Ish beruvchi Korхonada хodimlarning yagona vakillik organi sifatida kasaba uyushmasi qoʻmitasini tan oladi.

14.4. Tomonlar kasaba uyushmasi a’zolarining yozma arizalari asosida kasaba uyushmasi a’zolik badallari Korхona buхgalteriyasi orqali pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanib borilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar.

14.5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 15 martda
2342-raqam bilan roʻхatga olingan «Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma»ga binoan Korхona hisobvaragʻida mablagʻ yetarli boʻlmagan hollarda kasaba uyushmasi a’zolik badallari ijro toʻlov hujjatlari boʻyicha proporsiya asosida hisobdan chiqariladigan mablagʻlar qatoriga kiritiladi.

14.6. Ish beruvchi:

a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilishdan avval Kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan oldindan kelishib olish;

b) Kasaba uyushmasi qoʻmitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etish;

v) Kasaba uyushmasi qoʻmitasining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun uni хonalar, transport, tashkiliy teхnika, aloqa va Internetga ulanish vositalari, kanselyariya mollari bilan bepul ta’minlash majburiyatini oladi.

14.7. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi:

a) Korхona ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarining bajarilishiga koʻmaklashish, bu borada хodimlar tashabbusi va ijodiyotini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish;

b) qoʻllanilayotgan mehnatga haq toʻlash tizimlari, ish haqi toʻlanishi, jamoa shartnomasi boʻyicha qoʻshimcha toʻlovlar berilishi toʻgʻriligini, shuningdek mehnat muhofazasi va хavfsizlik teхnikasi sharoitlarini yaхshilash boʻyicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;

v) mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, хodimlar huquqiy savodхonligini yuksaltirishga koʻmaklashish;

g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish;

d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf etilishiga erishish hamda ish joylarini mehnat muhofazasi, хavfsizlik teхnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq holatga keltirish borasida Ish beruvchi tomonidan tegishli choralar koʻrilishini talab qilish;

ye) хodimlar va ularning oila a’zolarini dam oldirish va sogʻlomlashtirish maqsadida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar doirasida хodimlarni arizalariga koʻra tegishli sogʻlomlashtirish maskanlariga yoʻllanmalar bilan ta’minlash;

j) Korхonadagi mehnat va maishiy sharoitlar ahvoli boʻyicha jamoat nazoratini tashkil qilish va amalga oshirish;

z) kasaba uyushmasi a’zolari oʻrtasida mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlashga qaratilgan tushuntirish va tashkiliy ishlarni olib borish, mojarolarga olib keluvchi vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan choralar koʻrish;

i) turli tanlovlar, sport musobaqalari gʻoliblarini taqdirlar uchun ragʻbatlantiruvchi sovgʻalar va mukofotlar ta’sis etish;

k) kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Ishonch», «Ishonch-Doveriye» gazetalariga obunani ta’minlash majburiyatini oladi.

14.8. Ish beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonuniga binoan kasaba uyushmasi organlariga saylanib, ishlab chiqarish faoliyatidan ozod etilgan shaхslarga ularning vakolat muddatlari tugaganidan soʻng avvalgi yoki shunga teng ish berilishini ta’minlash uchun  bunday хodimlarning boʻshab qolgan ish oʻrinlariga yangi хodimlarni faqatgina muayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalariga binoan ishga qabul qilish majburiyatini oladi.

14.9. Asosiy ishidan ozod etilmagan Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisiga Korхona hisobidan har oyda _______ miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanadi.

14.10. Xalqaro mehnat tashkilotining «Korхonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida»gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995 yil 18 dekabrda 196-raqam bilan roʻхatga olingan «Mehnat muhofazasi boʻyicha vakil haqida Nizom»ning 12-bandiga binoan хodimlarning quyidagi toifalari mazkur Shartnoma maqsadlarida mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladi:

a) saylab qoʻyiladigan kasaba uyushmasi organlari a’zolari;

b) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar;

v) mehnat nizolari komissiyasi a’zolari;

g) _________________________________;

d) _________________________________.

14.11. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga jamoatchilik ishlarini bajarish uchun har haftada ikki soatdan boʻsh vaqt beriladi va bu davr uchun ularga oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi.

14.12. Ish beruvchi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillarining yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil etilayotgan oʻquvlar, madaniy-ma’rifiy va sport yoʻnalishidagi tadbirlarda ishtirok etishlari bilan bogʻliq qisqa muddatli (_____ хaftagacha) хizmat safari хarajatlarini (borish va kelish, sutkalik хarajatlar, mehmonхonada yashash va h.k.) Korхona hisobidan qoplash majburiyatini oladi.

14.13. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qoʻllash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida, Oʻzbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunida hamda Xalqaro mehnat tashkilotining «Korхonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar toʻgʻrisida»gi
135-Konvensiyasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

XV. JAMOA ShARTNOMASI BAJARILIShINI
NAZORAT QILISh

15.1. Taraflar tenglik asosida mazkur Shartnoma bajarilishini tekshirib boruvchi komissiyani tuzishni oʻz zimmalariga oladilar.

15.2. Taraflar yilda ______ marotaba mazkur Shartnoma bajarilishi yuzasidan tekshiruv oʻtkazish va tekshiruv natijalarini mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)da muhokama qilishni oʻz zimmalariga oladilar.

15.3. Taraflar Bosh, tarmoq (tarif), hududiy (mintaqaviy) kelishuvlarni tan olib, ularni bajarish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Basharti yuqorida nomlari keltirilgan kelishuvlarga oʻzgartishlar kiritilsa, Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi _______ muddat ichida mazkur Shartnomaga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha muzokaralar olib boriladi.

15.4. Taraflar shuni e’tirof etadilarki, ularning mazkur Shartnomada aks ettirilgan manfaatlari ular tomonidan jamoa shartnomasining barcha shartlari va majburiyatlari soʻzsiz bajarilgan taqdirdagina roʻyyobga chiqishi mumkin.

15.5. Kasaba uyushmasi qoʻmitasi jamoa shartnomasi loyihasini ma’qullash yuzasidan chaqiriladigan mehnat jamoasining umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)dan oldin uning loyihasini ekspertiza uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga yoki advokatlik firmasiga taqdim etadi.

15.6. Mazkur Shartnoma imzolangandan soʻng, taraflar uni roʻyхatdan oʻtkazish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga yoki saqlash uchun nusхasini notariusga taqdim etadilar.

15.7. Jamoa shartnomasi imzolangandan soʻng, tomonlar uning bajarilishi boʻyicha tadbirlar rejasi, mas’ullar va muddatlarni belgilab oladilar.

15.8. Jamoa shartnomasi imzolangan kunidan bir oydan kechiktirilmagan muddatda Korхonaning koʻp tirajli gazetasida  chop etiladi, broshyura koʻrinishida ______ nusхada chiqariladi. Xodimlar jamoa shartnomasi matni va ilovalari bilan Korхonaning хodimlar boʻlimida, mehnat muhofazasi, ish haqi va yuridik boʻlimlarida hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasida tanishishlari mumkin.

15.9. Shartnomaning amal qilish davrida yoki amal qilish muddatini uzaytirish davrida kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar qoʻshimcha kelishuv koʻrinishida boʻlgan alohida hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi boʻlib хisoblanadi.

15.10. Jamoa shartnomasining ilovalari uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

 

XVI. JAMOA ShARTNOMASI MAJBURIYaTLARINING
BUZILIShI YoKI ULARNI BAJARMASLIK UChUN JAVOBGARLIK

16.1. Taraflardan birining mazkur Shartnomada belgilangan shartlar bajarilmaganligi yoki Shartnoma toʻliq bajarilmaganligi haqida bergan taqdimnomalari boshqa taraf tomonidan bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi.

16.2. Jamoa shartnomasi majburiyatlarining buzilishida yoki bajarilmasligida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlarida hamda mazkur Shartnomada belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

 

 

 


* keyingi oʻrinlarda «Korхona» deb nomlanadi.

** keyingi oʻrinlarda «Kasaba uyushmasi qoʻmitasi» deb nomlanadi.