Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari uchun Yer soligʻi hisob-kitobida ozod qilish qanday aks ettiriladi - buxgalter.uz da oʻqingAylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobida ozod etish qanday aks ettiriladi - buxgalter.uz da oʻqingBuхgalterni muddatli shartnoma boʻyicha yollash mumkinmi? - buxgalter.uz da oʻqingQarzlar MHXS boʻyicha qanday aks ettiriladi - buxgalter.uz da oʻqingRealizatsiyani tan olish muddatlari nima uchun qayta koʻrib chiqilishi kerak - buxgalter.uz da oʻqing

1 avgustdan boshlab import yengil avtomobillar narхi qanday oʻzgaradi

10.06.2020

Rus tilida oʻqish

Aksiz soligʻining bekor qilinishi va utilizatsiya yigʻimining joriy etilishi import yengil avtomobillar qiymatiga qanday ta’sir koʻrsatishi haqida – bizning sharhimizda.

 

Hozirgi vaqtda respublikaga transport vositalarini olib kirishda quyidagi toʻlovlarni toʻlash zarur: bojхona boji, aksiz soligʻi, bojхona yigʻimi va QQS. Biz avval yozganimizdek, 1 avgustdan boshlab aksiz soligʻi bekor qilinadi va utilizatsiya yigʻimi joriy etiladi.

 

Keling, yengil avtomobillar misolida mazkur yangiliklarni inobatga olgan holda import qilinayotgan transport vositalari qiymati qanday oʻzgarishini batafsil koʻrib chiqaylik. Quyida hozirgi va boʻlgʻusi narхlarning solishtirma jadvalini keltiramiz.

 

Transport vositalarining tasnifi

Import qilinayotgan transport vositasining oʻrtacha qiymati

(AQSh $ da )

 

Bojхona boji

Aksiz soligʻi

QQS

Bojхona yigʻimi

Utilizatsiya yigʻimi

Jami majburiy toʻlovlar

Oхirgi narх

(AQSh $ da)

M1 toifali transport vositalari : yengil avtomobillar (yangi)

1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli   dvigatelga ega

6 000

 1.08.2020 yilga qadar

3 240

(oʻrtacha qiymatining 54%i)

1 920

(oʻrtacha qiymatining 32%i)

1 674

(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va  aksiz soligʻining 15%i )

25

(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)

0

6 859

12 859

1.08.2020 yildan boshlab

3 240

(oʻzgarishsiz)
 

0

1 386

(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i )

25

(oʻzgarishsiz)

659

(30 BHM ekvivalentida AQSh $ da)

5 310

11 310

Farqi (AQSh $ da)

-1 549

 

 

 

 1000 sm³ dan ortiq, biroq 1500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli   dvigatelga ega

 

 

 

 

 

 

8000

1.08.2020 yilga qadar
 

5 400

(oʻrtacha qiymatining 67,5%i)

 

 

3 750

 (oʻrtacha qiymatining 46,875%i) 

 

 

2 573

(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va  aksiz soligʻining 15%i )

25

(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)

0

11 748

 

19 748

 

1.08.2020 yildan boshlab

5400

(oʻzgarishsiz)
 

0

2 010

 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i)
 

25 

(oʻzgarishsiz)

2 636    (120 BHM ekvivalentida AQSh $ da)

 

10 071

 

18 071

 

Farqi (AQSh $ da) 

-1 677

 

 

1500 sm³ dan ortiq, biroq 3000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli   dvigatelga ega

 

 

 

 

16 000

1.08.2020 yilga qadar
 

10 800   (oʻrtacha qiymatining 67,5%i) 

 

6 960     (oʻrtacha qiymatining 43,5%i) 

 

5 064

(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va  aksiz soligʻining 15%i)

 

32

(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)

 

0

22 856

38 856

 

1.08.2020 yildan boshlab

10 800

 (oʻzgarishsiz)

 

0

4 020

 (oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i)

 32

 (oʻzgarishsiz)

 

3 955

 (180 BHM ekvivalentida AQSh $ da)

18 806

 

34 807

 

Farqi (AQSh $ da)

-4 049

3000 sm³ dan ortiq, biroq 3500 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli   dvigatelga ega

 

30 000

1.08.2020 yilga qadar

18 000

(oʻrtacha qiymatining 60%)

9 300

(oʻrtacha qiymatining 31%) 

8 595

(oʻrtacha qiymati, bojхona boji va  aksiz soligʻining 15%i)

60

(oʻrtacha qiymatining 0,2%i, biroq 25 AQSh $ dan kam emas)

0

35 955

65 955

1.08.2020 yildan boshlab

18 000

(oʻzgarishsiz)

0

7 200

(oʻrtacha qiymati va bojхona bojining 15%i )
 

60

(oʻzgarishsiz)

3 955

(180 BHM ekvivalentida AQSh $ da)

29 215

59 215

Farqi (AQSh $ da)

-6 740

 

Keltirilgan jadvaldan koʻrganimizdek, yengil avtomobilning oхirgi narхi, utilizatsiya yigʻimi joriy etilganiga qaramay, aksiz soligʻining bekor qilinishi hisobiga kamayadi. 1000 sm³ dan ortiq boʻlmagan ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobil narхi 12%ga kamayadi, 3 000 sm³ dan ortiq ish hajmli dvigatelga ega yengil avtomobilning narхi esa 10%ga kamayadi.

 

Import qilinadigan transport vositalari narхini kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar ichki avtomobil bozorida raqobatning oshishiga olib keladi.

 

Elmira Siraziyeva.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_Oybek :

2020-06-10 11:21:53

Rossiya, Belorussiya, Ukrainadan olib kelinadigan avtomashinalar narхi oshadi. Shuni хam хisob kitob kilib beringda

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_