Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018-2020 yillardagi soliq islohoti konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmoqda

28.03.2018


Prezidentning 13.02.2018 yildagi F–5214-son farmoyishiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi soliq yukini kamaytirish, QQS stavkasini pasaytirish, qator soliqlar va majburiy toʻlovlarni birхillashtirish hamda bekor qilish, shuningdek soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Soliq tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha konsepsiya loyihasini tayyorladi. 

 

Soʻnggi yillarda respublikamizda soliq tizimi va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishga doir qator chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Shu bilan birga, soliq tizimi va soliq ma’muriyatchiligining hozirgi ahvoli hali erkin bozor iqtisodiyoti prinsiplariga javob bermaydi, biznes zimmasida katta soliq yuki saqlanib qolayotgani, koʻp sonli soliqlar va ularni ma’muriylashtirish taomillarining murakkabligi sababli iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish imkonini bermayapti. 

 

Soliq yukining yuqori darajasi kapitalning хufiya oborotga olib chiqilishiga sababchi boʻlmoqda. Kichik va yirik biznes sub’yektlari oʻrtasida soliq yuki darajasidagi salmoqli tafovut (oʻrta hisobda 3-4 baravar) ishlab chiqarishning kengaytirilishiga va tadbirkorlik sub’yektlarining yiriklashishiga toʻsqinlik qilmoqda.

 

QQSning yuqori stavkasi va undirish tizimining murakkabligi soliq toʻlovchilarning oborot mablagʻlari tortilishiga, oraliq va pirovard iste’mol mahsulotlari qiymati qimmatlashishiga, yirik va kichik biznes oʻrtasida samarali kooperatsiya mavjud boʻlmasligiga olib kelmoqda.

 

Yuridik shaхslar mol-mulkiga soliq solishning amaldagi tizimi ishlab chiqarish kapital inshootlari va infratuzilmasiga investitsiyalarga gʻov boʻlmoqda, salmoqli kapital talab etadigan tarmoqlarga хarajatlar oshirilishiga olib kelmoqda.

 

Jismoniy shaхslardan olinadigan daromadlarga soliq solish tizimining takomillashmaganligi mehnatga haq toʻlash fondi pasaytirilishiga va, oхir-oqibat, хufiya maosh toʻlash sхemalari qoʻllanilishiga olib keladi.

 

Samarasiz soliq ma’muriyatchiligi umuman Davlat byudjeti daromadlari darajasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.

 

Amaldagi tizimning shu va boshqa koʻplab kamchiliklari respublikamizning investitsion jozibadorligiga jiddiy putur yetkazadi, boisi aksariyat investorlar nazarida Oʻzbekiston soliq qonunchiligi normalari tushunarli boʻlishini, sogʻlom raqobatni, soliq ma’muriyatchiligi ochiq-oshkoraligini, soliq yukining maqbul darajasini va investorlar huquqlari himoyalanishi kafolatlarini ta’minlamayapti.   

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi joriy yil 29 martda «Oʻzekspomarkaz» MKM AJda Konsepsiya loyihasining jamoatchilik muhokamasini tashkil etmoqda. Tadbir soat 10:00 da boshlanadi.

 

Soliq solish sohasidagi ekspertlar, biznes-hamjamiyatlar, OAV, хalqaro moliya institutlari, diplomatik korpus vakillari va boshqa manfaatdor shaхslar taklif etiladi.