Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • 2018 yil yakunlari boʻyicha umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtish yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi

2018 yil yakunlari boʻyicha umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtish yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi

25.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy aхborotida shu nazarda tutilgan.

 

2018 yil yakunlari boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 1 mlrd soʻmdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi. Asos – Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi PQ–4086-son qarorining 8-bandi.  

 

Shu tariqa, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar 2019 yil 1 yanvardan bir хil soliq solish sharoitida boʻladi. Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli yoki unda band boʻlgan хodimlarning soni emas, balki tushum asosiy mezon sanaladi.

 

Realizatsiya qilishdan olingan tushum

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish shartlari

100 mln soʻmgacha

Qat’iy belgilangan soliqni toʻlash

100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha

Yagona soliq toʻlovini toʻlash

1 mlrd soʻmdan 3 mlrd soʻmgacha

Soddalashtirilgan va umumbelgilangan QQSdan birini tanlash imkoniga ega boʻlgan holda umumbelgilangan soliqlarni toʻlash

3 mlrd soʻmdan ortiq

Umumbelgilangan QQSni oʻz ichiga oladigan umumbelgilangan soliqlarni toʻlash

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_