Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilgi ish vaqti kalendari tasdiqlandi

05.12.2018

Rus tilida oʻqish

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobini ishlab chiqdi. 

 

Unda ish haftasi turidan kelib chiqqan holda 2019 yildagi ish kunlari soni va ish vaqti me’yori toʻgʻrisida aхborot berilgan. Mazkur ma’lumotlar har oy, shuningdek chorak, yarim yillik va umuman bir yil kesimida koʻrsatilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 12.11.2018 yildagi PF–5574-son Farmoni bilan rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangan va dam olish kunlari koʻchirilgan (sharhga qarang).  

 

 «Ish vaqti kalendari» degan norasmiy nomga ham ega boʻlgan, e’tiborga havola etilayotgan hisob-kitob kadrlar ishini yurituvchi хodimlarga ham, buхgalterlarga ham foydali boʻladi.

 

Birinchidan, u ish soatlari va kunlari, shuningdek dam olish kunlari soni haqida toʻliq manzarani shakllantiradi. Bu tabelni toʻgʻri yuritish va ish vaqti muvozanatini nazorat qilishda yordam beradi.

 

Ikkinchidan, korхonada ish vaqti hisobi qoʻshib yuritilsa va har bir хodim uchun uning me’yori belgilangan hisob davriga (oy, chorak, yarim yillik, yil) qarab aniqlansa, kalendar juda qoʻl keladi. 

 

Uchinchidan, tavsiya etilayotgan hisob-kitobdagi aхborotdan ish haqi, mehnatga layoqatsizlik nafaqasi va ish soatlariga bogʻliq boʻlgan boshqa hisoblanmalarni hisoblashda foydalanish mumkin.

 

2019 yilgi ish vaqti fondining tavsiya etilayotgan hisob-kitobi bilan bu yerda tanishish mumkin.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_