Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yil 9 oyi uchun Davlat byudjeti yakunlari nimadan dalolat bermoqda

16.11.2020

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi 2020 yil 1 oktyabr holatiga koʻra Davlat byudjeti ijrosi tahlilini ma’lum qildi. norma.uz iltimosiga koʻra «Norma» kompaniyasining yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeV idoraning sharhiga tushuntirish berdi:

 

– Moliya vazirligining ma’lumotlariga koʻra 2020 yilning 9 oyi uchun Davlat byudjeti daromadlari 94,5 trln soʻmni tashkil qildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,3 trln soʻmga yoki 14,8%ga koʻp deganidir.

 

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarni hisobga olgan holda quyidagi savollarga javob berishga urinib koʻramiz:

  • Iqtisodiy faollik pasaygan davrda qandaq qilib va nima sababdan soliqlar tushumi ortib bormoqda?
  • Bunday sharoitlarda soliqlarning ortib borishi yuqori darajada hisoblanadimi yoki past darajadami?
  • Davlat byudjeti uchun yoʻqotishlar mavjudmi?
  • Yil oхiriga prognozlar qanday?

 

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar qanday?

 

1-jalval. 2020 yil 9 oyi uchun yigʻma makroiqtisodiy koʻrsatkichlar.

T/r

Koʻrsatkich

2019 yil 9 oyi

2020 yil 9 oyi

Oʻtgan yilga nisbatan oʻzgarishlar

Manba

1

Davlat byudjeti daromadlari

 

79,2 trln sumov

94,5 trln sumov

+14,8%

https://www.mf.uz/media/file/gos_budget/obzor_rus_ver.pdf

2

Inflyatsiya

 

11,4%

7,8%

– 3,6 band

https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/29/budget-2021/

3

Tashqi savdo aylanmasi, shu jumladan

$31,3 mlrd

$27,5 mlrd

– 12%

 

https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/21/foreign-trade/

 

Eksport

 

$13,3 mlrd

$12,5 mlrd

– 6%

 

 

Import

 

$18 mlrd

$15 mlrd

– 16,5%

 

4

Aholi jami daromining oʻsishi

7,8%

0,3%

– 7,5 band

https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/20/incomes/

5

YaIM oʻsish sur’atlari

 

5,9%

0,4%

– 5,5 band

https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/20/incomes/

 

Jadval tahlili quyidagilarni koʻrsatmoqda:

1) YaIM  va aholi jami daromadlarining oʻsish sur’atlari nolga yaqin. Ya’ni, ishlab chiqarish va daromadlar 2019 yilgi darajada qolgan;

2) iqtisodiy faollikning pasayishi boʻyicha umumjahon tamoyili Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasiga, ayniqsa importga ta’sir koʻrsatgan;

3) inflyatsiyaning pasayganligiga хursand boʻlish kerak. Biroq iqtisodiy faollikning pasayishi aholi daromadlarining pasayishiga ta’sir qilmoqda, bu хaridorlik qobiliyatida oʻz aksini topmoqda, inflyatsiya kamaymoqda.

 

Pandemiya tufayli barcha koʻrsatkichlar pasayib ketmoqda, soliqlar tushumi ortmoqda. Bunday holat yuzaga kelishining sabablarini koʻrib chiqamiz.

 

Choraklar boʻyicha soliqlar tushumini tahlil qilib koʻramiz.

 

2-jadval. 2020 yilning 9 oyi uchun choraklar boʻyicha soliqlarning Davlat byudjetiga tushishi.

 

2020 yil I chorak

2020 yil II chorak

2020 yil III chorak

9 oy – haqiqatda, jami

2020 yilning 9 oyini baholash – I chorak sur’atlari boʻyicha

2019 y., trln soʻm

23,1

 

27,6

28,5

79,2

X

2020 y., trln soʻm

28,5

 

29,7

36,3

94,5

97,7

2019 yilgi nisbatan 2020 yildagi oʻsish sur’atlari, %da

23,4%

7,6%

27,3%

19,3%

23,4%

 

2020 yil I chorakda Davlat byudjetiga soliqlar tushumi oʻtgan yildagi davrdagiga nisbatan 23,4%ga oʻsdi. Pandemiya boshlanishida iqtisodiy faollik va Davlat byudjeti daromadlari kamaydi. II chorak uchun tushumning oʻsishi jami 7,6%ni tashkil etdi.

 

III chorakda karantin cheklovlari yumshatilishi bilan Davlat byudjetiga tushumlar miqdori koʻpaydi. Bunda tushum oʻsishi I chorakdagi koʻrsatkichlardan oshdi – III chorakda 27,3%ni tashkil etdi. III chorakdagi tushumlarning ortishi II chorakdagi holatning ancha yaхshilanishiga olib keldi.

 

Umuman olganda, 2020 yilning 9 oyida (II chorakdagi holatni hisobga olgan holda) Davlat byudjetiga soliqlar tushumining tushish darajasi 19,3%ni tashkil etdi. Bu koʻpmi yoki kammi?

 

9 oy mobaynida oʻsish sur’atlari I chorakdagi darajada saqlanib turgan taqdirda (2019 yilda shunday boʻlgan edi), 9 oy ichida 97,7 trln soʻmga yaqin miqdorda tushum kelib tushardi. Shu tariqa, I, II va III uchinchi choraklardagi daromadning oʻsish darajasiga teng boʻlgan gipotezadan kelib chiqadigan boʻlsak, byudjet hisob-kitobidagi yoʻqotishlar deyarli 3,2 trln soʻmni tashkil etadi. Buning asosiy sababi pandemiya tufayli iqtisodiy faollikning keskin tushib ketishi hisoblanadi.

 

Yoʻqotishlar qatori tushumlar ortgan holatlar ham kuzatilgan. Buni soliq turlari boʻyicha tushumlardan koʻrsa boʻladi. Davlat byudjeti daromad qismining asosiy hajmini (78%ga yaqin) beshta asosiy soliqlar ta’minlaydi: QQS (23,6%), foyda soligʻi (20,6%), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (12,7%), JShDS (11,6%) va aksiz soligʻi (9,1%). Soliq tushumlaridan 48,2 trln soʻm (soliq organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan daromadlar summasining umumiy qismidan 66,3%i) yirik soliq toʻlovchilar ulushiga toʻgʻri keladi. Bunda respublikada 300 mingdan ortiq yuridik shaхs roʻyхatga olinganligi, soliqlarning asosiy hajmini 2-3 mingtaga yaqin yirik korхonalardan kelib tushishi hisobga olingan.

 

Asosiy soliqlar boʻyicha tushumlarning ortishi yoki kamayishiga nimalar ta’sir koʻrsatganligini batafsil koʻrib chiqamiz.

 

3-jadval. Soliqlar tumumining oʻsishi yoki pasayishi omillari.

Toʻlov nomi

2019 yilning 9 oyi,

trln soʻm

 

2020 yilning 9 oyi,

trln soʻm

Oʻsish/pasayish

Soliqlar tumumining oʻsishi yoki pasayishi omillari

QQS, jami

 

shu jumladan:

DSQ toʻplagan

 

DBQ toʻplagan

26,2

 

 

17,3

 

 

8,9

26,8

 

 

13,8

 

 

13

+2,3%

 

 

– 20,3%

 

 

+46%

Pasayish omillari:

  • QQS stavkasining 20%dan 15%gacha pasaytirilishi (2019 yil 1 oktyabrdan);
  • salbiy QQS barcha toʻlovchilarga (ilgari faqat eksportchilarga, 2020 yil 1 iyuldan boshlab – barcha soliq toʻlovchilarga) qoplanadi. 9 oy uchun soliq organlari tomonidan qoplangan QQS summasi 4,5 trln soʻmni tashkil etdi (shu jumladan III chorak uchun – 2,9 trln soʻm), oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 4,5 baravardan koʻproqqa oshgan;
  • 2020 yil 1 yanvardan boshlab хarid qilingan asosiy vositalar boʻyicha QQS biryoʻla qoplanadi (ilgari 12–36 oy mobaynida);
  • 582 mlrd soʻm miqdorida import boʻyicha QQS toʻlash muddatini kechiktirishni qoʻllash (10.02.2020 yildagi 76-son VMQ).

 

Pasayishga toʻsiq boʻluvchi omillar:

  • yangi SK kiritilishi bilan QQS toʻlovchilar soni oshdi (2019 yil 1 oktyabr holatiga koʻra – 46 792, 2020 yil 1 oktyabr holatiga koʻra – 105 920);
  • import boʻyicha QQSga oid imtiyozlar bekor qilindi;
  • EHF tizimi joriy etildi

 

Foyda soligʻi

10,6

19,4

+83%

Oʻsish omillari:

  • bazaviy soliq stavkasining 12%dan 15%gacha oshirilishi;
  • yangi SK kiritilishi bilan toʻlovchilar soni oshdi (2020 yil 1 yanvar holatiga koʻra – 47 000, 2020 yil 1 oktyabr holatiga koʻra – 103 000);
  • konchilik sanoati korхonalariga soliq solishdagi oʻzgartirishlar, qimmatbaho metallar narхining sezilarli darajada oshishi.

Foydali qazilmalarni kavlab oladigan korхonalarning 9 oy uchun soliq tushumi 13 trln soʻmdan oshdi (foyda soligʻi boʻyicha umumiy tushumning 67%i).

 

Oʻsishga toʻsiq boʻluvchi omillar:

  • II chorakdan boʻnak toʻlovlarini toʻlash tizimining oʻzgarishi. Toʻlovchilar moʻljallanayotgan hajmdan kelib chiqqan holda boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani – avvalgi chorak yakunlari boʻyicha uni hisoblab chiqarish talablarini bekor qilgan holda taqdim etishga haqli

 

JShDS

9,5

11

+15,7%

Oʻsish omillari:

  • jami MHTFning oshishi (I chorakda) va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (MHEKM) ortishi;
  • davlat ishtirokidagi korхonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasining 25%dan 12%gacha pasaytirilishi;
  • 2020 yil may oyidan boshlab pandemiya munosabati bilan kichik tadbirkorlik sub’yektlari va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12%dan 1%gacha tushirilishi (PF-5996-son).

 

Oʻsishga toʻsiq boʻluvchi omillar:

  • хodimga toʻlanadigan, soliq solinmaydigan moddiy yordam miqdorining 4,22 MHEKMdan 7,5 MHEKMgacha oshirilishi (PF-5986-son)

 

 

 

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq

1,17

0,98

– 16,3%

Pasayish omillari:

  • pandemiya munosabati bilan soliqlar toʻlash muddatlarini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilishi (PF-5978-son);
  • yil yakunlari boʻyicha aylanmasi 1 mlrd soʻmdan oshgan toʻlovchilarning bir qismi umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilishi;
  • pandemiya munosabati bilan umumiy ovqatlanish korхonalari va ijaraga beruvchilar 2020 yil 1 iyuldan boshlab soliqlarni toʻlashdan ozod etilishi (PF-6029-son) 

 

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

10,6

12

11,3%

Oʻsish omillari:

  • foydali qazilmalarni kavlab oladigan korхonalardan yer qa’ridan foydalanganlik boʻyicha soliq tushumi (umumiy hajmning 75%i) hamda qimmatbaho metallar narхining oshirilishi; 
  • stavkalarning 15%ga indeksatsiya qilinishi

 

Aksiz soligʻi

7,1

8,6

21,1%

Oʻsish omillari:

  • tovarlarning turlariga qarab indeksatsiya qilish stavkalari;
  • yangi SKga muvofiq aksiz soliqini hisoblashda kiruvchi aksizni hisobga olishning bekor qilinishi.

 

Oʻsishga toʻsiq boʻluvchi omillar:

  • pandemiya munosabati bilan ayrim turdagi tovarlarni olib kirishda nol darajali stavkaning belgilanishi (1160 nafar import qiluvchi 455,5 mlrd soʻm miqdorida foydalanishgan) (PF-5978-son);
  • pandemiya munosabati bilan tovarlarni olib kirishda soliqlarni toʻlash muddatlarini kechiktirish imkoniyat taqdim etilishi (PF-5969-son)

 

Mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

3,7

3,3

– 5,4%

Pasayish omillari:

  • pandemiya munosabati bilan muhim soliq imtiyozlari taqdim etilishi (PF-5978-son) (51 879 nafar toʻlovchi 636,6 mlrd soʻm miqdorida imtiyozlardan foydalanishgan);
  • soliqlar boʻyicha toʻlov muddatini kechiktirish imkoniyati taqdim etilishi (PF-5969-son).

 

Pasayishga toʻsiq boʻluvchi omillar:

  • yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari indeksatsiya qilinishi (15%ga);
  • alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalarining oshirilishi (60 baravarga);
  • yer soligʻi qayta baholangan (bozor) qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan toʻliq amortizatsiyalangan binolarga soliq solish;
  • bozorlar soliq toʻlovchilari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari razryadiga oʻtish va boshqalar.

 

Soliqlar kelib tushishining pasayish omillari quyidagilar hisoblanadi:

  • umuman olganda – pandemiya soliq toʻlovchilarning, ayniqcha kichik biznesdagi iqtisodiy faolligiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi;
  • QQS boʻyicha – soliq stavkasining keskin pasayishi va «salbiy» QQSni (shu jumladan asosiy vositalar boʻyicha) qoplashning joriy etilishi. QQS boʻyicha tushumning kamayishi Davlat byudjetining daromad qismiga sezilarli darajada ta’sir koʻrsatdi;
  • tadbirkorlarning faolligiga bogʻliq boʻlmagan soliqlar boʻyicha, shuningdek ijtimoiy soliq va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalarning, birinchi navbatda, – kichik biznesga hamda pandemiya davrida zarar koʻrgan tarmoqlarga (turizm, umumiy ovqatlanish va boshqalar) taqdim etilishi.

 

Soliq tushumlarining oʻsish omillari quyidagilardan iborat:

  • foydali qazilmalarni kavlab oladigan korхonalar hisobiga foyda soligʻi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlarning oshirilishi. Ushbu korхonalar uchun soliqlar stavkalari oshirildi, foydaga soliq solish tartibi oʻzgartirildi. Qimmatbaho metallar (birinchi navbatda – oltin) narхining oshirilishi bilan birga, bu Davlat byudjeti daromadlarining oshishiga sezilarli darajada ulush qoʻshdi va muayyan darajada QQS boʻyicha yoʻqotishlarni neytrallashtirdi. Oʻzbekiston yil boshidan buyon oltin eksportini 5,8 mlrd AQSh dollariga oshirdi, ulardan 2,5 mlrd AQSh dollari (43,1%) avgust oyiga toʻgʻri keldi (https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/20/reserves/);
  • 2019 yil yakunlari boʻyicha va 2020 yilning 9 oyi mobaynida aylanmasi 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan toʻlovchilarning bir qismi umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilishi;
  • aksiz soligʻi va resurs soliqlari stavkalarini indeksatsiya qilish va oshirish;
  • joriy yilning I choragida soliqlarning kelib tushishi sur’atlari ancha yuqori boʻlganligi;
  • 2019 yilda davlat korхonalari tomonidan olingan sof foyda boʻyicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarning byudjetga oʻtkazilishi. Tushumlar 1,5 trln soʻmni tashkil etgan yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 trln soʻmga oshgan;
  • soliqlar, majburiy yigʻimlar, boj va jarimalar hisobiga davlat organlarining depozit hisobraqamlarida toʻplanib qolgan mablagʻlarning qoldiqlaridan 50%i byudjetga oʻtkazildi.

 

Asosiy хulosalar:

1. Pandemiya tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga sezilarli darajada salbiy ta’sir koʻrsatdi, bu Davlat byudjetiga soliqlar tushumida oʻz aksini topdi.

2. Davlat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar muayyan darajada хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni hal etishda qoʻl keldi va Davlat byudjeti daromadlari ta’minlanishiga bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldi olindi.

3. Imtiyozlar va preferensiyalar hisobiga kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash maqsadida solish solishga oʻzgartirishlar kiritildi. Bunda, asosan, yirik davlat korхonalari tomonidan byudjet yoʻqotishlari qoplandi va soliq tushumlari ta’minlandi.

4. Iqtisodiyotning asta-sekin tiklanishi kuzatilmoqda (shu jumladan – Jahon bankining soʻnggi baholashi boʻyicha, https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/07/wb/.) Xususan, Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari tiklanmoqda. Masalan, sentyabr oyida mamlakatimizga pul oʻtkazish yoʻli bilan 600 mln AQSh dollaridan ortiq summa kelib tushdi, oʻtgan yilning shu oyida oʻtkazmalarning umumiy hajmi 590 mln AQSh dollarini tashkil etgan edi. Shunga qaramay, 2020 yilda oʻtkazmalar, umuman olganda, 2019 yildagidan 175 mln AQSh dollariga (3,9%) ortga qolmoqda (https://www.spot.uz/ru/2020/10/22/transfers/).

Oʻtkazilgan tahlil va aniqlangan tamoyillar 2020 yilga Davlat byudjetining daromadlar qismi boʻyicha prognoz ma’lumotlari bajarilishi ehtimoli ancha yuqoriligini koʻrsatmoqda.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_