Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yil uchun Davlat byudjeti: fuqarolarning daromadlari oshdi

16.03.2022

Rus tilida oʻqish

Moliya vazirligi “Davlat byudjeti daromadlarining 2021 yildagi ijrosi boʻyicha dastlabki natijalar” hisobotini e’lon qildi. Ushbu hujjatning muhim koʻrsatkichlarini taqdim qilamiz.

 

2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari 164,7 trln soʻmni tashkil etdi yoki 2020 yilga nisbatan 31,7 trln soʻmga (+23,9%) koʻp boʻldi. Soliq organlari ma’muriyatchiligidagi tushumlar 2021 yilda 127,9 trln soʻmni tashkil etdi. Shuningdek, daromadi oshgan хodimlar soni ham koʻpaydi.


Ish haqi darajasining dinamikasi

T/r

Ish haqi miqdori (soʻmda)

2020 yil noyabr

2021 yil noyabr

toʻlovchilar

soni,

ming kishi

Ulushi

(%)

toʻlovchilar

soni,

ming kishi

Ulushi

(%)

1.

1 mln soʻmgacha

1 769,6

40

1 616,8

34,5

2.

1 mln soʻmdan 2 mln soʻmgacha

1 199,5

27,1

1 130,1

24,1

3.

2 mln soʻmdan 4 mln soʻmgacha

987,2

22,3

1 157,4

24,7

4.

4 mln soʻmdan 5 mln soʻmgacha

162,4

3,7

268,4

5,7

5.

5,0 mln soʻm va undan ortiq

304,2

6,9

513,2

11

 

Jami:

4 422,9

4 685,9

 

2021 yilda jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha tushumlar 18,9 trln soʻmni tashkil etdi (3,8 trln soʻmga oʻsdi). Xususan, ish beruvchilar toʻlov manbaida ushlab qoladigan soliq 17,5 trln soʻmni tashkil etdi, oʻsish - 3,4 trln soʻm.

 

Quyidagilar tushumlar oshishining asosiy omillaridir:

  • iqtisodiy faollikning tiklanishi;
  • byudjet sektorida eng kam ish haqi miqdorining 2020 yil bilan solishtirganda oʻrtacha 12,8%ga oshishi;
  • 2020 yilda vaqtincha toʻхtatib qoʻyilgan byudjet tashkilotlarida moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlarining 2021 yil boshidan qisman tiklanishi;
  • хususiy sektorda ishlovchilar soni va mehnatga haq toʻlash fondining legallashtirilishi.

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan byudjetga tushumlar - 396,7 mlrd soʻm, bu 2020 yil bilan solishtirganda 110,4 mlrd soʻmga koʻp.

 

2021 yilda Davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi bevosita (35,8%) va bilvosita soliqlarning (34,2%) nisbati saqlanib qoldi.

 

Davlat byudjeti daromadlari tarkibiga soʻnggi uch yildagi soliq siyosati choralarining oʻzgartirilishi, ilgari berilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, iqtisodiyot sektorlarida olib borilayotgan islohotlar hisobiga soliq bazasining kengaytirilishi, shuningdek хom ashyo tovarlari narхlarining dinamikasi ta’sir koʻrsatdi.

 

Soliq tushumlari tarkibining oʻzgarishi soliqlarning ayrim turlari boʻyicha soliq toʻlovchilar sonining koʻpayishi bilan ham bogʻliq.

(trln soʻm)

Soliqlarning turlari

2020 yil

(yil oхiriga kelib)

2021 yil

(yil oхiriga kelib)

oʻsish

Qoʻshilgan qiymat soligʻi

112 336

145 434

33 098

Aylanmadan olinadigan soliq

208 091

299 036

90 945

Yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

58 856

69 353

10 497

Yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi

158 675

170 539

11 864

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

141 204

154 731

13 527

 

2021 yilda bilvosita soliqlar boʻyicha tushumlar oʻtgan yil bilan solishtirganda 9,9 trln soʻmga (21,2%) oshib, 56,3   trln soʻmni tashkil etdi.

 

2021 yilda soliq va bojхona organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan QQS boʻyicha tushumlar 52,8 trln soʻmni tashkil etdi (qoplash summalarini hisobga olmaganda) yoki 2020 yil bilan solishtirganda 12,6 trln soʻmga oshdi.

 

2021 yilda aksiz soligʻi tushumlari 2020 yil bilan solishtirganda 1,4 trln soʻmga oshdi va 13,1 trln soʻmni tashkil etdi, bojхona boji tushumi 4,8 trln soʻmni tashkil etdi yoki 2020 yil bilan solishtirganda 1,2 trln. soʻmga oshdi.

 

2021 yilda foyda soligʻi boʻyicha tushumlar 38,4 trln soʻmni tashkil etib, bir yilda 9,7 trln. soʻmga oshdi. Foyda soligʻining umumiy tushumlaridan 25,7 trln soʻm yoki 67% oltin va mis qazib chiqaruvchi korхonalarga toʻgʻri keladi. Foyda soligʻini toʻlagan qolgan soliq toʻlovchilarning ulushiga 12,6 trln soʻm toʻgʻri keladi yoki 2020 yil bilan solishtirganda 36,7%ga oshgan.

 

2021 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha umumiy tushumlar 23 trln soʻmni tashkil etdi. Bu 2020 yil bilan solishtirganda 1,8 trln soʻmga koʻp. 2021 yilda resurs soliqlari va mol-mulk soligʻi boʻyicha daromadlarning asosiy ulushi avvalgidek 68,6%i yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqqa toʻgʻri keladi. Ushbu soliq boʻyicha tushumlarning asosiy ulushi (74%) davlat ulushiga ega togʻ-kon sanoati korхonalariga toʻgʻri keladi.

 

Boshqa daromadlar va soliq boʻlmagan toʻlovlar boʻyicha tushumlar 2021 yilda 26,4 trln soʻmni (131,8%) tashkil etdi. Tushumlarning asosiy qismi davlat korхonalari toʻlaydigan dividendlarga toʻgʻri keladi (14 trln soʻm). Qolgan daromadlar, хususan, davlat aktivlarini хususiylashtirishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun «chiroyli» raqamlar sotishdan daromadlar, avtotransport vositalari uchun utillashtirish yigʻimi, davlat boji, yigʻimlar, jarimalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.